Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari
pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota (ona) agar vafot etgan o‘gay o‘g‘il (qiz)ni 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki
boqqan bo‘lsalar, haqiqiy otasi yoki onasi singari pensiya olish huquqiga egadirlar. Bunda o‘gay ota (ona)ning
vafot etgan o‘gay o‘g‘il (qiz)ni 5 yil tarbiyalaganligi yoki boqqanligi O‘zbekiston Respublikasining Oila 
kodeksiga
muvofiq o‘gay ota (ona)ning o‘gay o‘g‘il (qiz)ni haqiqiy onasi (otasi) bilan nikoh tuzilganligi qayd etilgan sanadan
boshlab aniqlanadi.
(112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qaroriga 
asosan yettinchi
va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi (shu jumladan, boquvchisining vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga) ushbu
pensiyaga huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda
boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat
qilingan kundan boshlab tayinlanadi
Misol. Boquvchi vafot etgandan (2010-yil 10-iyun) keyin tug‘ilgan bolaning (2010-yil 6-avgust) boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasiga huquqi tug‘ilgan kunidan boshlab paydo bo‘ladi. Tegishli ravishda, boquvchining
vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab 2010-yil 10-dekabrga
(murojaat qilishning oxirgi kuni 2010-yil 9-dekabr) qadar murojaat etilganda pensiya 2010-yil 6-avgustdan
tayinlanadi.
113. Agar oilaning alohida yashaydigan a’zosining pensiyaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar
oilaning boshqa a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilganidan keyin tushsa, u holda alohida
yashaydigan oila a’zosiga pensiya ulushi ajratilgan holda oilaning barcha a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida
yangidan qaror qabul qilinadi.
Oilaning ko‘rsatib o‘tilgan a’zosining tushgan hujjatlari amaldagi pensiya ishiga qo‘shib qo‘yiladi, pensiya
ulushini ajratish to‘g‘risidagi qaror nusxasi esa uning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga
yuboriladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya ulushini ajratish uchun asos bo‘lgan barcha zarur hujjatlarning
nusxalari bilan birga pensiya ulushini oluvchiga mustaqil pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini rasmiylashtirishi
kerak.
114. Ulushli pensiyani to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya ulushini ajratgan Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga pensiya miqdorini qayta ko‘rib chiqish yoki uni to‘lashni to‘xtatish zarurligiga olib kelgan
boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha ulushli pensiya oluvchi oilaning tarkibida yuz bergan barcha o‘zgarishlar
to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Pensiya ulushini to‘lash to‘xtatilgan taqdirda, hujjatlar pensiya to‘lash davom etayotgan Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi.
115. Shaxslarning ayrim toifalari Qonunga muvofiq imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga
ega.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga qonunchilikda nazarda tutilgan ishlarni bajarish bilan band
bo‘lgan xodimlar ega bo‘ladilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq
shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, Qonunning 
9-moddasida
nazarda tutilgan 1, 2 va 3-sonli
ro‘yxatlardagi ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qaroriga 
asosan uchinchi
xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
116. Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki
ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmining qisqarishi yoxud korxona tugatilganligi munosabati
bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga yoshga doir muddatidan oldin beriladigan
pensiya Qonunning 
47-moddasida 
nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tayinlanadi.
117. To‘liq bo‘lmagan ish staji sharoitida pensiya:
a) yoshga doir pensiya — ushbu Nizomning 27-bandi 
“a”

“b”

“v”
va 
“g” kichik bandlarida 
nazarda tutilgan
kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lganda pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga;
b) nogironlik pensiyasi — pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik
oqibatidagi I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslariga (shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarga);
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — umumiy kasallik oqibatida vafot etgan va nogironlik pensiyasini
tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga tayinlanadi.
Staj to‘liq bo‘lmagandagi pensiya miqdori qonunchilikda belgilangan miqdorlardan past bo‘lishi mumkin
emas.
Staj to‘liq bo‘lmagan holda pensiya olgan vafot etgan pensionerning oila a’zolariga pensiya vafot etgan
boquvchiga pensiya undan kelib chiqib tayinlangan ish stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi.


118. To‘liq bo‘lmagan ish staji holatida pensiya quyidagi tarzda mavjud stajga mutanosib ravishda hisoblab
chiqiladi: dastlab tegishli to‘liq pensiya aniqlanadi; ushbu pensiya talab etiladigan ish staji oylari soniga bo‘linadi,
olingan summa amaldagi ish staji oylari soniga ko‘paytiriladi.
119. Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan pensiya guvohnomasi beriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling