Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2022-yil 13-oktabr, 592-son Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13- oktabrdagi 592-son qaroriga 1-ILOVA Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq davlat pensiyalarini tayinlash, pensiya imtiyozlarini qo‘llash, qayta hisoblash, tiklash, to‘lash, pensiyadan chegirma qilish, fuqarolarni pensiya va boshqa to‘lovlar bilan ta’minlashga doir masalalarni hal qilish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi: Oldingi tahrirga qarang. band shaxs — o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlaydigan va ish vaqtini hisobga olish mumkin bo‘lmagan jismoniy shaxs, tadbirkor, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar, 2021-yil 1-iyundan keyingi davr uchun turmush o‘rtog‘ining mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadidan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘langan jismoniy shaxs, jazoni ijro etish muassasasi tomonidan har qanday bajargan ishi uchun ijtimoiy soliq to‘langan shaxs, qonunchilik hujjatlariga asosan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, bevosita qoramol o‘stiradigan hamda chorvachilik mahsulotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotadigan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan shaxs, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyekti; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) ish staji — mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) va ish joyidan, xizmatdan, o‘qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan qat’i nazar, qonunchilikka muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi; ish haqi — shaxsning pensiyani hisoblash (qayta hisoblash) uchun qabul qilinadigan ish haqi; maxsus ish staji — xalq xo‘jaligining muayyan tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonunchilikka muvofiq imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davomiyligi; nafaqa — Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga nafaqa yoshiga to‘lishi, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi; pensiya — uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi; pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi turadigan joy — pensioner yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi); pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi (pensiya ishi) — ular asosida pensiya so‘rab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan hujjatlarning tikilgan turkumi va/yoki Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) saqlanadigan pensiya so‘rab murojaat qilgan shaxsning elektron ko‘rinishdagi pensiyaga oid hujjatlari va/yoki ma’lumotlari; pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish, shuningdek, ilgari to‘xtatib qo‘yilgan (to‘xtatilgan) pensiya to‘lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza berish; shaxs — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs; yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg‘iz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‘lmagan (doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish) joyi; qonuniy vakil — qonunchilikda belgilangan tartibda shunday deb e’tirof etilgan ota-onalar, farzandlikka oluvchi, yetim bola va/yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani oilaga tarbiyaga (patronat) oluvchi, vasiy yoki homiylik qiluvchi; qaydnoma — pensioner va/yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport (identifikatsiya ID-karta) ma’lumotlari, pensiya va/yoki nafaqa to‘lov muddati, miqdoriga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, pensiya va/yoki nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan elektron shakldagi hujjat. 3. Bir vaqtning o‘zida Qonun bo‘yicha va Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan alohida toifadagi fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga pensiyaning bir turi uning tanlashi bo‘yicha tayinlanadi. 4. Fuqarolarning pensiya tayinlash va to‘lash, shuningdek, pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlari va/yoki ushbu Nizomda nazarda tutilgan shartlar va me’yorlar asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling