Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
1991-yil 1-yanvardan keyin ish stajini belgilash uchun Pensiya jamg‘armasiga:
(57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar,
shuningdek, ijodiy uyushmalardagi mavjud ma’lumotlar asosida ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan
berilgan ijodiy faoliyat davri to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qabul qilinadi.
Ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblanmagan boshqa ijodiy xodimlarning ijodiy faoliyatini tasdiqlash uchun
Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar qabul
qilinadi.
58. Harbiy xizmatni, davlat xavfsizligi organlaridagi xizmatni, shuningdek, asirda bo‘lganlik vaqtini
tasdiqlash uchun:
harbiy guvohnomalar (harbiy biletlar);
mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarning, yuqori harbiy qismlarning, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining shtablari va muassasalarining
ma’lumotnomalari;
arxiv ma’lumotnomalari va harbiy-davolash muassasalarining ma’lumotnomalari qabul qilinadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan harbiy xizmat to‘g‘risidagi
yozuvlar ham tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
Jangovar harakatlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy xizmat, shu jumladan, baynalmilal
burchni bajarishdagi harbiy xizmat ushbu Nizomga 
6-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarning
ma’lumotnomalari asosida imtiyozli hisoblab chiqilgan holda mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmatni tasdiqlash uchun mehnat daftarchasiga
kiritilgan bunday xizmat to‘g‘risidagi yozuvlar, yozuvlar bo‘lmagan taqdirda esa — ushbu Nizomga 
7-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda
beriladigan ma’lumotnomalar qabul qilinadi.
59. Oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy-ta’lim
tashkilotlarida) aspiranturada (stajorlar — tadqiqotchilar izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy
xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy
ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qish vaqti diplomlar, shuningdek, ma’lumotnomalar va arxiv
ma’lumotlari asosida berilgan va o‘qish davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan
tasdiqlanadi.


Hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘qish davrining isboti sifatida, hujjatlarda
to‘liq o‘quv yilini tamomlaganlikka ko‘rsatma mavjud bo‘lishi sharti bilan, tegishli yillarda mazkur ta’lim
tashkilotida o‘qish davri davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar taqdim qilinadi.
60. Ish davrida boshlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri davomiyligi ushbu ish joyi bo‘yicha
beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan (tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan
tasdiqlangan) davr ish stajiga faqat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan
taqdirda kiritiladi.
61. I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, 80
yoshga to‘lgan keksalarga qarab turish vaqti:
qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi;
nogironlikda bo‘lganlikni (I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun), yoshni
(keksalar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun) tasdiqlaydigan hujjatlar va o‘zganing parvarishi zarurligi to‘g‘risida
(keksalar uchun) davolash muassasasining tibbiy xulosasi asosida belgilanadi.
Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
xodimlaridan va shaxslardan so‘rab chiqish, shuningdek, ularning qo‘shnilaridan so‘rab chiqish asosida Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tuziladi.
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini
tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har 12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy
holatlarini tekshirish dalolatnomalari I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarning
ma’lumotlari saqlanayotgan pensiya ishiga tikib qo‘yiladi va/yoki Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga
yuklanadi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Qarab turishning holati nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi uchun ham tatbiq
qilinadi.
Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari mavjud bo‘lmaganda qarab turish holati
sudning qarori asosida belgilanadi.
62. Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha)dagi mavjud
mehnat staji to‘g‘risidagi yozuvlar (ma’lumotlar) asosida ushbu bandning 
5 — 7-xatboshlarida 
belgilangan
davrlarga muvofiq hisoblanadi.
Shaxs mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) bo‘lmagan yoki ushbu bandning 
5 — 7-
xatboshlarida 
belgilangan muddatlar asosida hisoblangan bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti
davomiyligidan norozi bo‘lgan hollarda uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti Pensiya jamg‘armasi
bo‘limining so‘rovi asosida olinadigan yoki fuqaro tomonidan taqdim qilinadigan tashkilot yoki arxiv tomonidan
beriladigan uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lishi va qaytishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar asosida
belgilanadi.
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish to‘g‘risidagi
ma’lumotnomalar yoki buyruqlar mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, buyruqlarda zarur yozuvlar bo‘lmaganda
yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar bo‘lganda, ushbu davr
uchun oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrining tasdig‘i sifatida
qabul qilinadi.
Arxiv va/yoki tashkilot tomonidan tasdiqlangan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda
bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri quyidagi davrlarni tashkil etadi:
1 yil — 1971-yil 1-yanvardan 1983-yil 1-noyabrgacha tug‘ilgan bola uchun;
1,5 yil — 1983-yil 1-noyabrdan 1990-yil 1-iyulgacha tug‘ilgan bola uchun;
3 yil — 1990-yil 1-iyuldan keyin tug‘ilgan bola uchun.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling