Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Agar dehqon xo‘jaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo‘shimcha hisoblansa uning mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) asosiy ish joyida yuritiladi. 46. Jismoniy shaxs tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan 2021-yil 1-iyundan keyingi davrda ishlamaydigan eri (xotini) uchun ixtiyoriy asosda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi. Jismoniy shaxs mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda to‘lash huquqiga ega. Jismoniy shaxs tomonidan to‘langan to‘lov hujjatida uning ishlamaydigan eri (xotini)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Ijtimoiy soliq jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi. (46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi. 47. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ish stajiga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidagi ishga to‘g‘ri keladigan stajning uchdan biridan ortiq bo‘lmagan doirada kiritiladi. Misol. Chet el fuqarosining umumiy ish staji 40 yilni tashkil etadi, shundan 21 yili O‘zbekiston Respublikasi hududiga, 19 yili esa xorijiy davlat hududiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji pensiyani hisoblash uchun 7 yil (21 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish staji 28 yilni (21 + 7) tashkil etadi. 48. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi, ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh bo‘yicha belgilanadi. 49. Umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasi nogironlik boshlangan vaqtda nisbatan quyidagi ish staji mavjud bo‘lganda tayinlanadi: Yosh Ish staji (yillarda) 20 yoshdan 23 yoshga yetgunga qadar 2 23 yoshdan 26 yoshga yetgunga qadar 3 26 yoshdan 31 yoshga yetgunga qadar 5 31 yoshdan 36 yoshga yetgunga qadar 7 36 yoshdan 41 yoshga yetgunga qadar 9 41 yoshdan 46 yoshga yetgunga qadar 11 46 yoshdan 51 yoshga yetgunga qadar 14 51 yoshdan 56 yoshga yetgunga qadar 17 56 yosh va undan katta yosh 20 50. Ish davrida yoki ish to‘xtatilgandan keyin 20 yoshga to‘lgungacha umumiy kasallik oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiya, ish staji davridan qat’i nazar, tayinlanadi. Agar umumiy kasallik oqibatida nogironlik boshlangan vaqtga nisbatan ushbu Nizomning 49-bandida belgilangan yoshga nisbatan talab qilinadigan ish staji mavjud bo‘lmagan taqdirda va ish stajiga qo‘shimcha ravishda erishish sharti bilan talab qilinadigan ish staji pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kundagi yoshga nisbatan belgilanishi mumkin. 51. Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxs uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqish uchun ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. 52. Ish staji ish, xizmat, o‘qish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar bo‘yicha belgilanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling