Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Oldingi
tahrirga qarang. Ijtimoiy soliq faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi. (44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. To‘langan ijtimoiy soliq hisobi soliq xizmati organlarida yuritiladi. (44-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. 45. Soliq xizmati organi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan shaxs, soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi, band shaxs va dehqon xo‘jaligi a’zosi) to‘langan ijtimoiy soliqni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi va dehqon xo‘jaligi a’zosi) doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. (45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Ushbu shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar to‘langan sug‘urta badallari, 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov, 2020-yil 1- yanvardan keyingi davrlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib berilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. Soliq xizmati organi ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha yakunlarni: (45-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) yakka tartibdagi tadbirkordan, dehqon xo‘jaligi rahbaridan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zolari uchun — har chorakda amalga oshiradi va to‘lanmagan yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, ko‘rsatilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 116-moddasiga asosan uning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr, shuningdek, to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun qo‘shilgan penya miqdorini ko‘rsatgan holda talabnoma yuboradi; Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan shaxslardan — har yili amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq xizmati organi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan shaxsdan, dehqon xo‘jaligi a’zosidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi uchun) ijtimoiy soliq to‘lanishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi. (45-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling