Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq xizmati organi soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish
beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslarning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyasida
ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida ijtimoiy soliqni to‘lash bo‘yicha oldingi yil uchun majburiyatlarni hisob-kitob
qiladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy soliqni to‘lash soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish
beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslarning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga davlat
soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini
to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta
ko‘rsatilishi shart.
Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb
hisoblanadi.
43. Yakka tartibdagi tadbirkor va yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
408-moddasida 
belgilangan tartibda
ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning
miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda to‘lash
huquqiga ega.


Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi
to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi,
otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy soliq yakka tartibdagi tadbirkorning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi soliq xizmati organlarida yuritiladi.
(43-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
44. Faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila
a’zolari va oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) kalendar oyda
ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
408-moddasida 
belgilangan
tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari
va oilaning boshqa a’zolari o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan
kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi
to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi,
otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik
subyekti oila a’zolari bo‘yicha to‘lov hujjati har bir oila a’zosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov hujjatida
davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling