Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — vafot etgan
boquvchining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga oshiriladi.
(98-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
99. Har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik
bo‘yicha pensiyalarni oshirish pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining o‘n baravari, 2023-yil 1-yanvardan o‘n
ikki baravari miqdori doirasida har ikkala ota-onaning ish haqi umumiy miqdoridan amalga oshiriladi.
Bunda har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) tayinlanadigan boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda
aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-
onaning umumiy ish staji miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda
hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin yetim maqomini saqlab
qolgan holda, murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan
holda hisoblangan pensiyaning eng ko‘p miqdori tayinlanadi.
100. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan
shaxslarga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda ushbu
Nizomning 
49-bandida 
nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi.
101. Qonunning 
28-moddasiga 
muvofiq shaxslarning ayrim toifalari pensiyaga ustama haq olish huquqiga
ega.
Pensiyaga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) I guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining
150 foizi;
b) II guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslariga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining
125 foizi;
v) ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslariga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining
100 foizi;
g) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslariga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 75 foizi;
d) II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslariga — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 75 foizi;
e) urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning bazaviy
miqdorining 50 foizi;
j) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 30 foizi;
z) vafoti harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar organlarida hamda O‘zbekiston
Respublikasi Milliy gvardiyasida xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari
hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan
beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 30 foizi;
i) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega bo‘lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha;
k) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish
masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 
1-ilovada 
ko‘rsatilgan tashkilotlarda ishlagan imtiyozli
pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga, Qonunning 10-moddasi
“g” bandiga 
muvofiq, yoshidan qat’i
nazar — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 75 foizi;
l) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish
masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 
2-ilovada 
ko‘rsatilgan lavozimlarda va tashkilotlarda
ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar uchun kamida 20 yil) teatr, konsert tashkilotlarining artistlari va
badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bo‘lgan ta’lim
tashkilotlarining professor-o‘qituvchilar tarkibiga va konsertmeysterlariga — pensiyani hisoblashning bazaviy
miqdorining 50 foizi.
102. Ustamalar tayinlanadigan pensiyalar turidan qat’i nazar, tayinlanadi. Agar pensiya tayinlashni so‘rab
murojaat qilgan ushbu Nizomning 
101-bandida 
nazarda tutilgan bir necha ustama haqni bir vaqtda olish
huquqiga ega bo‘lsa, u holda ustama haqlar quyidagi hollarda bir vaqtning o‘zida tayinlanadi:
a) pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsga ushbu Nizomning 101-bandi 
“a”
yoki 
“b”-bandlarida
nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 101-bandi 
“z” — “l” kichik bandlarida 
ko‘rsatilgan
ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin;
b) pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning tanlovi bo‘yicha ushbu Nizomning 101-bandi 
“v”

“g”
yoki 
“d” bandlarida 
nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 101-bandi
“e” — “l” kichik
bandlarida 
ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


103. Ushbu Nizomning 101-bandi 
“i” kichik bandiga 
asosan pensiyaga ustama O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini belgilash va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi
Qonuni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni to‘g‘risidagi 
Nizomga
muvofiq hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishlarida belgilangan miqdorlarda ushbu 
Nizom
qoidalari asosida tayinlanadi va to‘lanadi.
(103-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
104. Faxriy unvon uchun belgilangan to‘lov faxriy unvon egasining vafoti munosabati bilan uning oila
a’zolari uchun tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdorini hisoblashda inobatga olinmaydi.
105. Ushbu Nizomning 
101-bandida 
nazarda tutilgan ustama haqlardan tashqari pensionerlarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil
17-dekabrdagi PF-3942-son 
Farmoniga
ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qo‘shimcha haq, 100 yoshga
to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni
ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son 
Farmoniga
muvofiq pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining
100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov qo‘shib hisoblanadi.
Ilgari amal qilgan qonunchilikka asosan berilgan faxriy unvonlarga ega bo‘lgan shaxslarga to‘lovlar
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Faxriy unvon uchun, shuningdek, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensionerlarga qo‘shimcha to‘lov,
pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
106. Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan doimiy yashash
uchun ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda
pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya miqdori hisobga qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda
amalda bo‘lgan qonunchilik talablariga muvofiq hisoblanadi.
Pensiya Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi va to‘lanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling