Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
196 . Pensiya oluvchiga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiyadan chegirmalar
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonunning
 80-
moddasiga 
muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Bunda Qonunning 
65-moddasi 
birinchi qismi 
“b” bandida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha pensiyadan
chegirmalar Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan talablar hisoblanib, birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”
Qonunning 
79-moddasi 
ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi
talablar to‘liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, ular har bir
undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Misol. Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensionerning kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini qoplashga
doir ijro hujjati kelib tushdi. Shu bilan birga Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan uning qaroriga muvofiq
pensiyadan pensioner tomonidan qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish oqibatida ortiqcha to‘langan
summalar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun pensiya summasining 30 foiz miqdorida
chegirma amalga oshirilib kelinmoqda. Bu holatda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qarori asosida Pensiya
1


jamg‘armasiga to‘lanadigan talablar birinchi navbat talabi, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik esa beshinchi
navbat talabi ekanligini hisobga olgan holda, tegishlicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qarori asosida chegirmalar
pensiya summasining 30 foiz miqdorida, ijro hujjati bo‘yicha esa 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
196 . Qonunning 65-moddasi birinchi qismi
“a” bandida 
ko‘rsatilgan asos bo‘yicha pensiyalardan
chegirmalar qilish to‘g‘risida hujjatlar vakolatli organlar tomonidan bevosita pensioner hisobda turgan Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga chegirma qilish va chegirib qolingan summalarni qarzdor hisobidan undiruvchiga
ko‘chirib berish qarori ilova qilingan xat bilan yuboriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar, shuningdek, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham yuborilishi mumkin.
Pensiyalardan chegirma qilish to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelib tushgan hujjatlar Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi shu’basi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijroga qabul qilinadi.
Shu’ba bir ish kuni davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan pensionerning familiyasi, ismi, otasining ismini,
shuningdek, ijro hujjati va talabnomadagi yashash manzili va summani o‘zaro solishtiradi.
Ijro hujjatini ijro uchun qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan holatda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i ijro
hujjatini rasmiylashtirgan vakolatli organga sababini (ijro hujjatini rasmiylashtirganda xatolikni aniqlaganda,
chegirmalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun undiruvchi haqida to‘liqsiz ma’lumot mavjud bo‘lganda, ijro qilish joyi
bo‘yicha ijro hujjati taqdim etilmaganda) ko‘rsatgan holda hujjatlarni uch ish kuni davomida qaytaradi.
Chegirmalarni ko‘chirib berish ijro hujjatiga talabnomada ko‘rsatilgan manzil asosida amalga oshiriladi.
Chegirib qolingan summalar undiruvchiga ko‘chirib berish xarajatlarini hisobga olgan holda qarzdor hisobidan
amalga oshiriladi. Pul o‘tkazmalarini ko‘chirib o‘tish uchun haq pensiya, nafaqa, kompensatsiya va boshqa
to‘lovlarni to‘lash xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tarif bo‘yicha undiriladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi Qonunning 
65-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha amalga
oshirilayotgan pensiya va nafaqalardan chegirmalarni pensiya va nafaqalardan chegirma qilish to‘g‘risida qaror
qabul qilgan vakolatli organning ko‘rsatmasi bo‘lmasa kamaytirish yoki ko‘paytirish, shuningdek, to‘xtatib turish
huquqiga ega emas.
196 . Pensiyalardan chegirmalar pensiya oluvchiga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida
(qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari
tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik
xato oqibatida ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi komissiyasi qarori asosida
amalga oshiriladi.
Suiiste’mollik deganda pensiya oluvchining pensiyani ortiqcha olishga qaratilgan harakatlari tushuniladi.
Hisoblashdagi xato deb pensiyalarni hisoblashdagi arifmetik harakatlar (qo‘shish, ayrish, bo‘lish,
ko‘paytirish) bilan bog‘liq xato, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritishdagi mexanik
xato, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimidagi nosozlik oqibatidagi xato tushuniladi.
Texnik xato deb Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xato
e’tirof etiladi. Bunday xato deb, shuningdek, pensiya ta’minotiga oid imtiyozlarni qo‘llashda noto‘g‘ri sharhlash
(uslubiy kitob, qo‘llanma va ko‘rsatma xatlar foydalangan holda), pensiya hisoblash uchun qo‘llaniladigan ish
haqini qayta hisoblashda koeffitsiyentlarni noto‘g‘ri tanlash, pensiya va nafaqalarni hisoblash uchun boshlang‘ich
ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, pensiya va nafaqalarni ikki marotaba o‘tkazib yuborish, bir davr uchun bir
nechta asoslarga ko‘ra to‘lashni amalga oshirish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hisob-kitob
qoidalariga rioya etmaslik ham tushuniladi.
Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz;
qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari
tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida — 30 foiz;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya oluvchi shaxslar
bo‘yicha — 5 foiz (mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan holatlardan tashqari).
Pensioner Pensiya jamg‘armasi bo‘limi komissiya qaroridan norozi bo‘lib sudga murojaat qilinganda,
chegirma qilish to‘g‘risidagi komissiya qarori to‘xtatib turiladi va chegirma miqdori sud qarorida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Pensiya (nafaqa)dan ortiqcha to‘langan summalar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda pensiya va
nafaqalardan chegirmalar pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya va
nafaqalar summalari, shuningdek, ijtimoiy (pensiya) ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilmagan
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun jo‘nab ketishgacha olti oy avval
beriladigan pensiya summalaridan ham amalga oshiriladi.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda pensiya va nafaqalar to‘lash to‘xtatilganda qolgan qarz
sud tartibida undiriladi.
196 . Barcha chegirmalarni hisoblab chiqarishda qayta hisoblashlarda aniqlangan pensiya qo‘shimchalari
summalari ham kiritilishi lozim. Agar, pensiya kamaytirilsa, to‘langan summalar joriy oyda chegirma qilinishida
hisobga olinishi mumkin emas.
Misol. Joriy oyda pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya miqdori 500 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu
pensiya bo‘yicha 25 foiz miqdorida aliment chegirib qolinmoqda.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash natijasida o‘tgan oylar uchun 1 200 000 so‘m miqdorida to‘lanmay
qolgan pensiya aniqlandi. Ushbu holatda alimentlarni olinmay qolgan summalarni hisobga olgan holda ya’ni 1
700 000 (500 000 + 1 200 000) so‘mdan aniqlash lozim bo‘ladi. Shunday qilib, chegirib qolinadigan alimentlar
miqdori 425 000 so‘mni, pensionerga to‘langan summa esa 1 275 000 so‘mni tashkil etadi.
Misol. Joriy oyda pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya miqdori 500 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu
pensiya ishi bo‘yicha 25 foizi miqdorida aliment chegirib qelinmoqda. Pensiyani qayta hisoblash asosida Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi komissiyasi qaroriga asosan 100 000 so‘m miqdorida ortiqcha to‘langan summa aniqlandi.
Ushbu holatda chegirma qilingan aliment summasi 500 000 so‘mdan 25 foizni ya’ni 125 000 so‘mni tashkil
etadi. Qolgan 375 000 (500 000 — 125 000) so‘mdan ortiqcha to‘langan summa 100 000 so‘m chegirib qolinadi.
2
3
4


Shunday qilib pensionerga 275 000 so‘m to‘lanadi.
Pensionerning yashash joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot
olinganda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi sho‘basi pensiya oid hujjatlar yig‘majildini unda ortiqcha to‘langan
pensiyaning qoldiq summasini ko‘rsatgan holda pensionerning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi
bo‘limiga yuboradi.
Ijro hujjati nusxasi pensionerning avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi, asl
nusxasi esa pensionerning yangi yashash joyini ko‘rsatgan holda ijro hujjatini yuborgan tegishli organga
qaytariladi.
Agar pensioner O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisiga doimiy yashash uchun ketganda ijro hujjati
hujjatni qaytarish sababini ko‘rsatgan holda ilova qilingan xat bilan sudning topshirig‘iga asosan ijro hujjati
hisobga olingan joy bo‘yicha uni yuborgan tegishli organga, u mavjud bo‘lmaganda esa ijro hujjatini yozib
bergan sudga yuboriladi.
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar
mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi
o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiya miqdorining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha
qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng
beriladi.
196 . Ijro hujjati bo‘yicha undirilishni tamomlanishi (ko‘rsatilgan summaning to‘liq undirilishi, ijro hujjatini
yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat bo‘yicha alimentlarning
undirilishi) yuzasidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi pensionerning Pensiya jamg‘armasining axborot
tizimi orqali amalga oshirilgan chegirmalarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida
pensionerdan chegirma qilingan miqdor va amalga oshirilgan undirishlar to‘g‘risida ijro hujjatini yuborgan sud
yoki boshqa organga ma’lumot xatini tayyorlaydi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’ba mudiriga tekshirish
uchun taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’ba mudiri chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Ijro hujjati Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i imzosi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi muhri bilan
tasdiqlanadi hamda mas’ul xodimga qaytariladi.
Undirish to‘liq amalga oshirilgan ijro hujjatlari ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi.
Sud tomonidan ijro hujjatlarini qaytarish bo‘yicha boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa, qaytarish sud
ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Ijro hujjati qaytarib olingan holatda esa uni qaytarib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organga
qaytariladi.
Pensiyani to‘lash quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtatib turilganda (to‘xtatilganda):
pensiya tayinlash shartlari qayta ko‘rilganda — ijro hujjati (ariza) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basida
to‘lov uchun yangi hujjat kelib tushgunga qadar saqlanadi;
pensiya to‘lash to‘xtatilganda (pensioner oluvchi vafoti, tayinlangan pensiyaga huquqi yo‘qolganda,
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ketganda) — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
shu’basi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi;
nogironlik pensiyasi va nafaqasini to‘lash muddati tugaganda — ijro hujjati (agar uning amal qilish
muddati tugamagan bo‘lsa) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basida pensiya to‘lash uchun yangi hujjat kelgunga
qadar saqlanadi.
Agar nogironlik pensiyasini to‘lash muddati tugagan kundan boshlab ikki oy ichida yangi hujjat qabul
qilinmasa, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling