Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

10-bob. Yakunlovchi qoidalar
195. Pensiya olish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlarning (ish staji
to‘g‘risida, ish haqi to‘g‘risida va shu kabilarning) ishonchliligi va asoslanganligi uchun ushbu hujjatlarni bergan
tashkilotning mansabdor shaxsi hamda pensioner qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
196. Ishonchsiz ma’lumotlar, pensiyaga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
hujjatlardagi ma’lumotlarni buzuvchi tuzatishlar aniqlanganda, shuningdek, pensiyalarni tayinlash va to‘lash
uchun ish beruvchi yoki arxiv tomonidan berilgan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar soxtalashtirilganda va
qalbakilashtirilganda davlatga yetkazilgan zarar summasini undirish uchun javobgarlik qonunchilikda
belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni bergan tashkilotlar va arxivning mansabdor shaxslariga yuklanadi.
Ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga asosan axborot tizimlaridan olingan, fuqarolarga pensiya hisoblash
va to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblangan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgarlik axborot
tizimlariga ma’lumotlarni kiritgan yuridik va jismoniy shaxslarga yuklatiladi.
Pensioner tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim
etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida
ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi tufayli davlatga
yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati pensionerga yuklanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyalardan chegirmalar Qonunning 
65-moddasida 
belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.
Pensiya yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va
nafaqalar summalarini ko‘proq miqdorda, shu jumladan to‘liq miqdorda yo‘naltirish huquqiga ega. Pensiya yoki
nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz ko‘rinishidagi miqdor yoki qat’iy summa
ko‘rsatiladi.
Pensiya yoki nafaqa oluvchi ixtiyoriy asosdagi arizasiga asosan qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilayotgan
miqdorni ko‘proq miqdorga o‘zgartirish huquqiga ega.
Pensiyalardan chegirmalar, pensiya va nafaqa to‘lash uchun qaydnomalarni shakllantirishda o‘tgan oyning
30-sanasiga qadar kelib tushgan (qabul qilingan) ijro hujjatlari yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’basi
tomonidan ushbu Nizomga 
21-ilovaga 
muvofiq tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi. Bunda qarzdorlikni to‘lovchi
pensiya yoki nafaqa oluvchi ortiqcha to‘lashning sababi va davri, chegirmaning har oylik miqdori va foizi
ko‘rsatiladi hamda qabul qilingan qaror bo‘yicha amalga oshiriladi.
Pensiya yoki nafaqadan chegirmalar ushlangan taqdirda, chegirmalar uchun asos bo‘lgan ijro hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar)
bo‘limiga qaytariladi. Qaytarishda qaytarish sabablari va pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili
yoki manzil-koloniyasi joylashgan manzil ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.
Pensiya yoki nafaqadan chegirmalar bo‘yicha ijro hujjatlar ijrosining o‘z vaqtida amalga oshirilishi
yuzasidan nazorat, shuningdek, uning saqlanishi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu’ba mudiriga yuklanadi.
(196-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli 
qaroriga 
asosan
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y.,
09/23/119/0160-son)
Ortiqcha to‘langan pensiya summasi qarzdorlik aniqlangan sanadan boshlab ko‘pi bilan uch yillik davr
uchun undiriladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdoridan qarzdorlik aniqlangan hollarda axborot tizimidagi mavjud
pensionerning mobil telefon raqamiga pensiya miqdoridan qarzdorlik kelib chiqish sababi, pensiya miqdori
qayta hisoblangan muddat, qayta hisoblangan pensiya miqdori, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi qabul qilingan
qaror va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan “SMS” xabarnomani yuborishi shart.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling