Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Pensiyalarni to‘lash tartibi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

8-bob. Pensiyalarni to‘lash tartibi
140. Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi.
Pensionerlarga pensiya ularning xohishiga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joydagi Pensiya
jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali naqd pulda
yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini bank kartasiga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat
bankining filiali orqali to‘lanadi.
Shaxs pensiya va nafaqa to‘lovini naqd pul shaklida olish uchun ushbu Nizomga 
14-ilovaga 
muvofiq
shakldagi ariza bilan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga, naqd pulsiz shaklda olish uchun tijorat banki filialiga yoki
bank mobil ilovalari orqali murojaat qiladi. Bunda ushbu ma’lumotlar tijorat banklari tomonidan o‘zaro axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron tarzda Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.
Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya
to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov shakli shaxs tegishli ariza taqdim etgan yoki elektron shaklda murojaat etgan oydan keyingi oyning
birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya
to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy
hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Manzil-koloniya ma’muriyati har oyning 1-kunida joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan,
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu
Nizomga 
15-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan joydagi Pensiya
jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
141. Pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi
hududiy boshqarmasi tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va
Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan qaydnomalar asosida amalga oshiriladi.


Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim
etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan
pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
142. To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
tayinlangan pensiya summasini tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun
to‘lov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar
kunlari soniga ko‘paytiriladi.
143. Qaydnomalar quyidagi tartibda shakllantiriladi:
asosiy qaydnomalar — pensiya va nafaqalar, vafoti munosabati bilan olinmay qolingan pensiya va
nafaqalar, xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga
chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash, pensiya va
nafaqalardan aliment va jarimalar, oylik to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov oyi uchun bir marotaba;
qo‘shimcha qaydnomalar — O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ko‘chib ketish oldidan 6 oy avval
beriladigan pensiya to‘lovi tayinlangan kunda, bir martalik moddiy yordam, qonunchilikda nazarda tutilgan yillik
to‘lanadigan bir martalik kompensatsiya va mukofot pullari.
144. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish shu’basi
inspektori tomonidan qaydnomalar axborot tizimida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot
va tijorat banklari filiallari bo‘yicha alohida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini va tijorat banki filiali bo‘yicha
shakllantiriladi.
145. Qaydnomalar:
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot uchun — har to‘lov oyining 2-kuniga qadar
shakllantiriladi va 3-kuniga qadar taqdim etiladi;
tijorat banklari filiallari uchun — har to‘lov oyining 3-kuniga qadar shakllantiriladi va 4-kuniga qadar
axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling