Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Reyestrdan axborot berish hamda uning axborotidan foydalanish tartibi
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
4-bob. Reyestrdan axborot berish hamda uning axborotidan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. 74. Reyestrdan axborot berish, shuningdek, Reyestrdan foydalanishga ruxsat berish, jumladan, boshqa axborot tizimlari bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan, pullik asosda amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa. (74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 75. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Elektron hukumat” axborot tizimi bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan Reyestrdan foydalanishga ruxsat beriladi. “Elektron hukumat”da quyidagilar: saylovchi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari hamda ma’muriy- hududiy chegaralar va manzillar aniqlangan holda ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar; obyektlarning geokodlari; saylovchilarni uchastkalar bo‘yicha taqsimlash uchun geografik asos aks ettiriladi. 76. Axborot hajmidagi so‘ralayotgan manzillar haqidagi yoki ularning Reyestrda yo‘qligi haqidagi, manzilning maqomi haqidagi (dolzarb manzil — Reyestrdan axborot berilayotgan paytda mavjud manzil; dolzarb bo‘lmagan manzil — ilgari mavjud bo‘lgan manzil) ma’lumotlar, shuningdek, manzilning holati haqidagi ma’lumotlar barcha shaxslarga yoki davlat organiga beriladi. So‘ralayotgan manzillar haqidagi axborot hajmi ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, pochta kodi (indeks), qo‘shimcha ma’lumotlarni (agar bo‘lsa) o‘z ichiga oladi. 77. Geokodlar haqidagi axborot davlat organlariga milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ularning vakolatiga muvofiq holda maxsus vakolatli organning roziligi bilan berilishi mumkin. Ma’mur geokodlar haqidagi axborotning saqlanishini ta’minlaydi, uning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaydi, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 78. Ma’mur tomonidan quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot: ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan manzil haqidagi ma’lumotlarni — so‘rovlar bo‘yicha; Reyestr ma’lumotlarini maxsus qayta ishlashni talab qiladigan so‘rovlar bo‘yicha berilishi mumkin. 79. Ma’mur tomonidan standart so‘rov bo‘yicha quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot: agar standart so‘rovda Reyestrda ro‘yxatga olingan dolzarb yoki dolzarb bo‘lmagan manzil ko‘rsatilgan bo‘lsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma; agar so‘ralgan manzil Reyestrda ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa — Reyestrda manzil haqida ma’lumotlar yo‘qligi haqida ma’lumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilishi mumkin. 80. Reyestrdan olinadigan axborot elektron shaklda beriladi, standart so‘rovlar bo‘yicha esa qog‘ozda ham berilishi mumkin. 81. Reyestrdan foydalanish ma’mur bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Download 312.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling