Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 312.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana09.05.2023
Hajmi312.18 Kb.
#1448082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1010-сон 14.12.2018

1
2


yer uchastkalari chegaralari haqida poligon obyektlar sifatida berilgan axborotga ega qatlam;
boshqa fazoviy bog‘langan axborotga ega qatlamlar.
58. Manzilli elektron xarita ma’mur tomonidan raqamli ko‘rinishda geografik asosda yuritiladi
hamda geodezik koordinatalar tizimidagi axborotga ega bo‘ladi.
59. Manzilli xarita qatlamlari:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestrining;
Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrining;
boshqa manbalarning ma’lumotlari asosida shakllantiriladi va yangilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
60. Ma’lumotlarning Reyestrga kiritilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlar:
ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarida;
hududiy boshqarmalar arxivlarida saqlanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
61. Reyestrning birlamchi shakllantirilishi quyidagi usullar bilan (bitta yoki bir nechta) amalga
oshiriladi:
manzillar haqidagi ma’lumotlarni ko‘chmas mulk obyektlari Davlat reyestridan konvertatsiya
qilish;
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestridan olib
kiritish;
manzillarni asosiy imoratlar pochta kodlari (indekslari) bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlarni olib
borish;
ma’lumotlarni manzillar haqida ishonchli axborotga ega bo‘lgan boshqa manbalardan olib
kiritish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
62. Reyestrda ro‘yxatga olish hududiy boshqarma tomonidan bevosita manzil aniqlangandan
keyin yoki manzil mavjudligi bekor bo‘lgani aniqlangandan keyin Reyestrning axborot tizimiga
berilgan, o‘zgartirilgan mavjudligi to‘xtatilgan manzil haqida yozuv kiritish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-
oktabrdagi 620-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-
son)
Qurilayotgan va barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va inshootlar manzillari oldindan
belgilanadi.
Faqat ma’muriy-hududiy mansubligi va ichki manzili ma’lum bo‘lgan manzillar belgilab
qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, ammo Reyestrda ro‘yxatga olinmaydi.
Belgilab qo‘yilgan, ammo ro‘yxatga olinmagan manzil o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki
ro‘yxatga olinishi mumkin.
Oldindan berilgan manzil o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
63. Reyestrga tuzatishlar kiritishga Reyestrdagi ma’lumotlarda mavjud manzilda xatolar borligi
asos bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
64. Reyestrga tuzatishlarni kiritish hududiy boshqarma tomonidan:
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-
oktabrdagi 620-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
hududiy boshqarmaning tashabbusi bilan — texnik xato bo‘lganda;


(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-
oktabrdagi 620-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-
son)
Reyestr ma’murining bildirgisi bo‘yicha;
manfaatdor shaxsning, shu jumladan, davlat organining asosli murojaati bo‘yicha amalga
oshiriladi.
65. Reyestrga tuzatishlarni kiritish manzillarning belgilanishi, o‘zgartirilishi, mavjudligi bekor
qilinishi asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
66. Ushbu Nizomning 64-bandi 
uchinchi
va 
to‘rtinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan
holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan e’tiboran uch
ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
67. Manfaatdor shaxs, shu jumladan, davlat organining murojaati bo‘yicha Reyestrga
tuzatishlar kiritilgan taqdirda ushbu shaxs (davlat organi) hududiy boshqarma tomonidan bu
haqida ular Reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
68. Reyestrni yuritish:
a) quyidagilarga:
Reyestr ma’lumotlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Reyestr
ma’lumotlari bilan boshqa manbalardan olingan manzillar haqidagi ma’lumotlarda qarama-
qarshiliklar bo‘lganda, sud tomonidan boshqacha tarzda aniqlanmasa, Reyestr ma’lumotlari
ishonchli deb hisoblanadi;
Reyestrda ro‘yxatga olingan obyektlar manzillari haqidagi axborotning geofazoviy
bog‘langanligiga muvofiq amalga oshiriladi (alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari
bundan mustasno) — manzil xaritasida aks ettiriladi;
b) axborot xavfsizligining:
axborotdan zaxira uchun nusxa olinishi (Reyestrni yuritishning dasturiy ta’minoti, Reyestr
ma’lumotlar bazasidan zaxira uchun nusxa olish);
axborotni himoya qilish;
reyestrdan foydalanishni cheklash;
manzillar reyestri axborotining yaxlitligini baholash talablariga rioya qilgan holda amalga
oshiriladi.
69. Reyestrni yuritish maqsadida manzilni yozishning quyidagi tartibidan foydalaniladi:
pochta kodi (indeks), davlatning nomi, ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, qo‘shimcha
ma’lumotlar. Agar manzilning qandaydir elementi bo‘lmasa, keyingi mavjud element ko‘rsatiladi.
70. Obyektning barcha ichki manzillari teng bo‘ladi. Bitta hujjatda bir nechta ichki manzillar
qismlari birga qo‘shilishidan, shu jumladan, asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha
raqamlaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
71. Asosiy imorat raqami va asosiy imorat korpusi raqami oraliqsiz kasr belgisi (/) bilan
ajratiladi.
Bino korpusining raqami raqamli belgiga ega.
Asosiy imoratlar va alohida ajratilgan joylar raqamlari “-” belgi bilan ajratiladi.
72. Manzillarni yozishda faqat arab raqamlaridan foydalaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Indekslar quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:
a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-
son)


73. Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining nomi Reyestrda bir xil aks ettirilishi maqsadida
bunday nomlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda berilishi kerak:
alohida nomlar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining tabiiy to‘siqlar (daryolar, jarliklar va shu
kabilar) bilan kesishishi hollarida yuzaga kelgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari uchastkalariga
berilishiga yo‘l qo‘yiladi;
faqat raqamlari bilan farq qiladigan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlarining tartib
raqamlari izchil ketma-ketlikda beriladi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementining nomiga kiritilgan tartib raqamlarini belgilash uchun arab
raqamidan, “-” belgisidan va tegishli sonning qo‘shimchasidan foydalaniladi;
bir aholi punkti doirasida bitta toifadagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining bir nechta elementlariga bir
xil nomlar berilishiga, shuningdek, jiddiy farqlash belgilariga ega bo‘lmagan yoki idrok etilishi qiyin
bo‘lgan (so‘zlarning bosh harflari, qisqartmalar, ko‘p so‘zlardan iborat birikmalarga ega bo‘lgan)
nomlar, shuningdek, “nomi yo‘q”, “nomli”, “n.” ishtirokidagi so‘zlar va so‘z birikmalaridan tuzilgan
nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 312.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling