Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 312.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.05.2023
Hajmi312.18 Kb.
#1448082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1010-сон 14.12.2018

Oldingi
 tahrirga qarang.
50 . Manzillar reyestri tuzilgunga qadar raqamlashtirilgan manzillar ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — ko‘chmas mulk
1


reyestri) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan
deb hisoblanadi.
50 . Raqamlashtirilgan manzillar Manzillar reyestriga mutaxassis tomonidan bosqichma —
bosqich kiritib boriladi. Bunda mulkdor tomonidan ariza va to‘lov talab etilmaydi.
(50 va 50 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli
qaroriga
 asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
51. Manzilda:
aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari hamda temir yo‘l
shoxobchalari polosalari chegarasidan chiqib ketgan asosiy imoratlar va ularda joylashgan alohida
joylar uchun;
inshootlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
3-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish
Oldingi
 tahrirga qarang.
52. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat
kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — ma’mur) Reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi
axborotning yaxlitligi uchun mas’uldir.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
53. Ma’mur hududiy boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-
oktabrdagi 620-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-
son)
Reyestrdagi manzillarning O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona
reyestridagi o‘zgarishlar bilan, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘zgarishlari
monitoringini olib boradi;
Reyestrda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi
o‘zgarishlar, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar munosabati bilan o‘zgartirilishi talab qilinishi
mumkin bo‘lgan manzillarni qayd etadi;
shartnoma asosida Reyestrdan foydalanish imkonini beradi va undan ma’lumot beradi.
54. Reyestr ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan shakllantiriladi, buni ma’mur:
Reyestrni birlamchi shakllantirish;
manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish;
Reyestrga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiradi.
55. Reyestr ma’lumotlar bazasidan hamda Reyestrga, shu jumladan, manzil xaritalariga
ma’lumotlarni kiritish uchun asos bo‘lgan hujjatlar yig‘indisidan iborat.
56. Reyestrning ma’lumotlar bazasi ushbu Nizomga 
2-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha
shakllantiriladi.
57. Manzil xaritasi quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy-hududiy bo‘linish qatlami, unda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan
bo‘ladi;
obyektlar geokodlari qatlami, u Reyestrga obyektlar geokodlari haqida ma’lumotlar
kiritilganda avtomatik tarzda shakllantiriladi va yangilanadi;
geografik asosi.
Manzilli xarita qo‘shimcha tarzda quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
bog‘dorchilik shirkatlari, dala hovli kooperativlari chegarasining poligon obyektlari sifatida
ko‘rsatilgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari elementlarining o‘q chiziqlariga
ega ichki manzillar elementlari qatlami, temir yo‘lning alohida punktlarini tasvirlovchi nuqtali
obyektlar, shuningdek, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlari va boshqa axborot qatlami;
2

Download 312.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling