Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
2-bob. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor
qilish 6. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: manzilni aniqlash yoxud manzilning mavjudligi bekor qilingani faktini aniqlash; manzil belgilanganligi, o‘zgartirilganligi va mavjudligi bekor qilinganligini Reyestrda ro‘yxatga olish. 7. Tegishli yozuv Reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran, Reyestr tuzilgunga qadar esa — tegishli ma’lumotlar Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda ko‘chmas mulk reyestri deb ataladi) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish hududiy boshqarma tomonidan: (8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26- oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) Oldingi tahrirga qarang. ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini rasmiylashtirish jarayonida; (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tushganda; manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 8 . Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilanadi: yer uchastkasiga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno; ko‘p kvartirali uylardagi kvartiraga (har bir kvartira uchun); bino va inshoot hamda uning bir qismiga. (8 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 9. Quyidagilar manzilni belgilashning asoslari hisoblanadi: tuman (shahar) hokimining obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori; Oldingi tahrirga qarang. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma; (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi; (9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26- oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) bino, inshoot, qurilishi tugallanmagan obyekt joyini belgilovchi ma’lumotlarning kadastr hujjatlariga kiritilishi. 10. Quyidagilar manzilni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi: obyektning ma’muriy-hududiy mansubligi o‘zgarishi (tashkil etilishi, o‘zgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar); 1 1 ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi; qurilgan yer uchastkasi chegaralari o‘zgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining o‘zgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini bo‘lish yoki qo‘shib yuborish); qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishi; qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan; binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shilishi munosabati bilan o‘zgarishi; qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi munosabati bilan o‘zgarishi; alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan o‘zgarishi — alohida xona(lar)ning bo‘linishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida ko‘p sonli alohida ajratilgan xonalar paydo bo‘lgan taqdirda; asosiy imoratning obyekt geokodi o‘zgarishiga olib kelgan o‘zgarishi; manzillarning me’yorlashtirilishi. 11. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan obyekt mavjudligining to‘xtatilishi (obyektning buzilishi) manzil mavjudligining bekor qilinishiga asos bo‘ladi. 12. Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari); huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun; ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar; boshqa ishonchli axborot. Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin. 13. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12- bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda amalga oshiriladi. Download 312.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling