Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 312.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1010-сон 14.12.2018
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2018-yil 14-dekabr, 1010-son Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14- dekabrdagi 1010-son qaroriga ILOVA Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda manzillar yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: manzil — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi; manzil xaritasi — Reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bog‘langan axborotni o‘z ichiga olgan bir qismi; obyektning ichki manzili (keyingi o‘rinlarda ichki manzil deb ataladi) — obyektning ma’muriy- hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi; geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi; qurilgan yer uchastkasi — asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi; manzillarni me’yorlashtirish — amaldagi manzillarni ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibga solish; aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari (keyingi o‘rinlarda ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari deb ataladi) — ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, boshi berk ko‘chalar, qiyaliklar, kirish yo‘llari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, shox ko‘chalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yo‘llar, sohilbo‘yi, avtomobil yo‘llari; Oldingi tahrirga qarang. fazoviy obyektlar — joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy, sun’iy va boshqa obyektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar); halqa avtomobil yo‘li — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l; berk ko‘chalar — boshqa yo‘llarga o‘zaro o‘tib bo‘lmaydigan, ko‘cha oxiri obyekt bilan to‘silgan ko‘chalar; geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi; ko‘chalar — aholi punktlarda ikki qator uylar orasidagi avtotransport vositalari va odamlar o‘tishga mo‘ljallangan joy; ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi; magistral yo‘llar — keng va to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar ko‘chasi, odatda jadal harakatlar bo‘ladigan ko‘chalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi ko‘chalar; tor ko‘chalar — ikkita katta ko‘chani o‘zaro bog‘lovchi kichik ko‘cha; xiyobonlar — maydon va ko‘chalarning dam olish va dekorativ bezaklar uchun ishlatiladigan kichik yashil maydonlar; chorraha — ikkita ko‘chaning kesishmasi yoki to‘rt tomondan kelayotgan yo‘llarni tutashtiruvchi qism; shoh ko‘cha — uzun, burilishsiz va keng ko‘cha; elektron hujjatlar to‘plami — elektron shaklda qayd etilgan, tizim orqali tasdiqlangan va elektron hujjatlarning ularni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatlar to‘plami; ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. Reyestrni shakllantirish va yuritish ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr agentligi: (4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26- oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965- son) manzillarni belgilash, o‘zgartirish, mavjudligini bekor qilish va Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi; axborot berish va Reyestrdan foydalanish tartibini tasdiqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. 4 . Ko‘chmas mulk obyektining manzillarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsadi quyidagilardan iborat: ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solish; yer uchastkasi, yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan bino va inshootlarning hayot siklining turli bosqichlarida yuridik jihatdan to‘g‘ri belgilangan manzillarini markazlashgan holda ro‘yxatga olishni ta’minlash; reyestrda ro‘yxatga olingan obyekt manzilining hujjatlarga muvofiqlik asosida bino va inshootlar yoki uning qismini shu bilan birga ko‘cha va yo‘llarni identifikatsiyalashni ta’minlash. 4 . Ko‘chmas mulk obyektining manzili reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng ushbu manzil ma’lumotlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun haqiqiy manba hisoblanadi. (4 va 4 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) manzillarning mavjudligini belgilash, o‘zgartirish, bekor qilish subyektlari hisoblanadi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son) 1 2 1 2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling