Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish


Download 1.2 Mb.
bet17/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

4-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish
33. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
34. Yakuniy davlat attestatsiyasida olgan baliga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
35. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlarida bitiruvchi bergan javoblarni aks etgan videotasvirlarni qayta ko‘rish orqali qayta tekshiruvdan o‘tkazadi. Apellatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchini qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bitiruvchining arizasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qo‘yilgan ballarni o‘zgarishsiz qoldirish;
qo‘yilgan ballarni o‘zgartirish.
Bitiruvchining apellatsiya shikoyatini ko‘rishda uning ilgari olgan balini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Apellatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga shu kunning o‘zida ma’lum qiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
37. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarini o‘rta maxsus professional bosqichida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Markazda yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish ishlarini tashkil etish
SXEMASI


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling