Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Markazda sport turlari bo‘yicha tahsil oluvchi o‘quvchi-sportchilarni attestatsiyadan o‘tkazish
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
4-bob. Markazda sport turlari bo‘yicha tahsil oluvchi o‘quvchi-sportchilarni attestatsiyadan o‘tkazish
22. Markaz o‘quvchi-sportchilarini o‘quv yili davomida ikki marta (qishki va yozgi) attestatsiyadan o‘tkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga (kursdan-kursga) o‘tkazish hamda o‘tkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan o‘quvchi-sportchilarni o‘qishdan chetlatish Markaz direktorining buyrug‘i asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 23. Attestatsiya Markaz o‘quvchisining o‘quv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasining o‘sib borishini tahlil qilish, Vazirlikning sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq o‘tkaziladigan sport musobaqalarida erishgan natijalari, o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quvchi-sportchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 24. Attestatsiya komissiyasi a’zolari soni 7 yoki 9 kishini tashkil etadi. Bunda Markaz direktori — komissiya raisi, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — komissiya raisi o‘rinbosari hisoblanadi. Komissiyaning qolgan a’zolari direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha, o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘quv bo‘limi mudiri, sinf rahbarlari, trenerlar, tibbiyot punkti mudiri, instruktor-metodistlar va sport psixologlaridan shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport-ta’lim muassasalari hamda sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. 25. Sport turlari bo‘yicha trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida o‘n kun oldin attestatsiyadan o‘tuvchilarning attestatsiyaga oid ma’lumotlari va hujjatlarini to‘playdi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi. 26. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari ko‘rib chiqiladi: yil (o‘quv yili) davomida erishgan natijalari; yil boshidagi va attestatsiya o‘tkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi yoki unvoni; yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va ko‘rsatgan natijalari tahlili; terma jamoaga aloqadorlik darajasi; ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi; trenerlar jamoasining tavsiyasi; yil (o‘quv yili) davomida o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi; yil (o‘quv yili) davomida o‘quvchi-sportchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi; sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokor xulosasi; paralimpiya sport turlari bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchi-sportchilarning IPC (Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi), IBSA (Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi) funksional-tibbiy sinflari talablariga mosligi. 27. Attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi-sportchilarning attestatsiya varaqasi hujjatlari bo‘lim instruktor-metodisti hamda bosh trenerlar tomonidan Attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Attestatsiya komissiyasi hujjatlarni tahlil qilib, attestatsiyadan o‘tuvchining sport, ma’naviy-ma’rifiy va o‘qish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida ma’lumotnoma-attestatsiya varaqasini tayyorlaydi. 28. Attestatsiya varaqasi sport turlari bo‘yicha bosh trener, o‘quvchining shaxsiy treneri, bo‘lim instruktor-metodisti, bo‘lim tarbiyachisi, sinf rahbari va shifokor tomonidan imzolanadi. 29. Attestatsiya natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 30. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varag‘iga yoziladi va attestatsiyadan o‘tuvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan so‘ng e’lon qilinadi. 31. Attestatsiya natijalariga ko‘ra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: “loyiq” yoki “noloyiq”. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi va o‘quvchiga Markaz tomonidan ma’lum qilinadi. 32. Attestatsiya o‘tkaziladigan o‘qish davrida o‘quv fanlaridan birini o‘zlashtira olmagan o‘quvchi-sportchiga nisbatan komissiya “noloyiq” deb xulosa qabul qilishi lozim. 33. Attestatsiyadan o‘tuvchi attestatsiyaga uzrli sabab (betobligi tufayli yoki yaqin qarindoshi vafot etgan hollarda) bilan kelmagan taqdirda, attestatsiyadan o‘tkazish boshqa muddatga ko‘chiriladi. 34. Attestatsiyadan o‘tuvchi attestatsiyaga uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda o‘quvchi-sportchilar safidan chetlashtiriladi. 35. Attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘quvchi-sportchilar safidan chiqarilgan o‘quvchi-sportchilar o‘rnini to‘ldirish sport turlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘quvchi-sportchilar kontingentidan chiqmagan holda, har oy yakuni bo‘yicha Markaz qabul komissiyasi tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling