Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki bosqichda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi. 14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi. Markazga o‘qish istagini bildirgan o‘quvchi-sportchilar kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida qirq foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi. Bunda Markazga kirish uchun eng past ball 40 ball etib belgilanadi. 15. Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar me’yorlari va baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. 16. Vazirlik tomonidan o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida, tegishli sport turlari bo‘yicha trener va mutaxassislardan iborat bo‘lgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin. 17. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab imtihondan o‘tmagan o‘quvchi-sportchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi. 18. Sportning olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi g‘olib va sovrindorlari (1 — 3-o‘rinlar), O‘zbekiston Respublikasining olimpiya sport turlari bo‘yicha sport terma jamoalari a’zoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar markazning 5-sinfiga, shuningdek, paralimpiya sport turlari bo‘yicha 10-sinfiga imtihon sinovlarisiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish va adolatli o‘tkazish mas’uliyati, shu jumladan ularni video tasvirga olish qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, uning o‘rinbosari, sport turi bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va a’zolari zimmasiga yuklanadi. 19. Qabul komissiyasi qarori asosida o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish to‘g‘risida Markaz direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi va o‘quvchi-sportchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 20. Markazga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, o‘quvchi-sportchilar qabulining shaffof, oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida onlayn videokuzatuv olib (yozib) boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ham jalb qilinishi mumkin. 21. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda Markazning qabul komissiyasiga yozma ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun uch nafar mutaxassislardan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon hujjatlarini ko‘rib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling