Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Markazni tibbiy-biologik ta’minlash
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Markazni kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlash
- 9-bob. Markaz faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
7-bob. Markazni tibbiy-biologik ta’minlash
44. Tibbiyot punkti xodimlari trenerlar bilan birgalikda sport mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari, musobaqalar, dam olish davrida Markaz o‘quvchilarini tibbiy nazoratdan o‘tkazadilar. Tibbiy kuzatuvlar natijasidan trenerlar sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar. 45. O‘quv yili davomida o‘quvchilar ikki marta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 46. Markaz o‘quvchilarni tibbiy ta’minlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega bo‘ladi. 47. Vazirlik hamda Markaz sportchilarning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qo‘yish, davolash-profilaktika tadbirlari va o‘quvchining salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Markazni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori vositalari bilan bepul ta’minlaydi. 8-bob. Markazni kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlash 48. Vazirlik hamda Markaz o‘quvchilarni Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlaydi. 49. Markaz o‘quvchilarini kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlash me’yorlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. 9-bob. Markaz faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash 50. Markaz faoliyatini moliyalashtirish: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari; ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan, pedagogika, ishlab chiqarish hamda ularning ustavlarida belgilangan vazifalariga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 51. Markaz belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi va tasdiqlangan shtat birliklari asosida moliyalashtiriladi. 52. Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 53. Markazni tasdiqlangan ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv qurollari, kompyuter texnikasi va laboratoriya anjomlari, sport anjomlari va inventarlari, imkoniyati cheklangan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarni zarur sport hamda o‘quv qurollari bilan ta’minlash Vazirlik hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi. 54. Markaz o‘quvchilarining Vazirlik tomonidan tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalari, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar (yo‘lkira, ovqatlanish, yotoqxona) Vazirlar Mahkamasining “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-apreldagi 121-son qarorida belgilangan me’yorlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 55. Markaz o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi. 56. Markazning mablag‘lari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning mulki hisoblanadi va ulardan Markaz ustavida belgilangan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. 57. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi. 58. Markazda xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling