Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Markazda ta’lim jarayoni qatnashchilari
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
6-bob. Markazda ta’lim jarayoni qatnashchilari
34. O‘qituvchilar, trenerlar, psixolog va sport psixologlari, instruktor-metodistlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va o‘quvchilar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar. 35. Markaz o‘quvchilari davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul ta’lim olish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish, ta’lim muassasasining ustavida belgilangan shaklda ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega. Markaz o‘quvchilari Markazning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart. 36. Markazga qabul qilingan o‘quvchilar: umumiy o‘rta ta’lim, professional ta’lim, umumkasbiy hamda maxsus sport fanlari bo‘yicha o‘qish; o‘quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish; o‘quvchilar uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq hafta kunlari davomida doimiy oziq-ovqat bilan ta’minlanish (iste’mol qilish); Markaz moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish; o‘quvchilar turar joyida bepul yashash; belgilangan tartibda o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishga haqli. 37. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisligiga, kasbiy tayyorgarlik va yuksak axloqiy fazilatga ega bo‘lgan shaxslar Markazda pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. 38. O‘qituvchilar va trenerlar, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlarini Markazga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 39. Markazning o‘qituvchilar va trenerlar tarkibi, psixolog, sport psixologi, tarbiyachilar va tibbiyot punkti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 40. O‘qituvchilar va trenerlarning pedagogik (trenerlik) yuklamasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi. 41. O‘qituvchilar, trenerlar, psixologlar, sport psixologlari, tarbiyachilar, tibbiyot punkti xodimlari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida sport-ta’lim muassasalarining psixologlari, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida sport-ta’lim muassasalarining sport psixologlari, tarbiyachilari tarkibi malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi. 42. Pedagog xodimlar va trenerlarning huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga va Markaz ustaviga muvofiq belgilanadi. 43. O‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Markazning ta’lim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling