Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Markazda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish


Download 1.2 Mb.
bet5/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

4-bob. Markazda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
13. Markazda o‘quv jarayoni Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan o‘quv rejaga asosan amalga oshiriladi.
14. O‘quv jarayoni jadvali, o‘quv mashg‘ulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Markazda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
16. Markazda o‘qish kunduzgi shaklda amalga oshirilib, o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq belgilanadi.
17. Markaz o‘quv rejasi o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvali, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
18. O‘quv dasturlari o‘quv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
o‘quv darsi — o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqlik shakli, ta’limning maqsadi, mazmuni usul va vositalarini o‘zida mujassam etgan tizim;
ma’ruza — o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo‘lib, o‘quvchilarga o‘quv materialining asosiy holatlari haqida tushuncha beradi, o‘quvchilarni yo‘naltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni ta’minlovchi mashg‘ulot shakli;
laboratoriya ishi — o‘quvchilarning mustaqil ravishda eksperimentlar o‘tkazgan holda fanlarni o‘zlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga bo‘lingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus o‘quv materiallarini o‘zlashtirish maqsadida qo‘llaniladigan o‘quv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda og‘zaki yoki yozma ravishda qo‘llanilishi mumkin;

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling