Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Markazning maqsadlari va asosiy vazifalari


Download 1.2 Mb.
bet4/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

2-bob. Markazning maqsadlari va asosiy vazifalari
8. Markazning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
o‘quvchilarga jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish, ularni har tomonlama kamol toptirish va sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini ta’minlash;
o‘quvchilarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularda o‘z Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy an’analarni hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish.
9. Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-ta’lim muassasalarining sport sog‘lomlashtirish tayyorgarligidan o‘tgan o‘quvchilar orasidan tanlov asosida Markazda o‘qishni davom ettirish uchun tanlab olish;
davlat buyurtmasi asosida sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud bo‘lgan sport turlari bo‘yicha razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
o‘quvchilarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan kasbiy moyilligini, mahorati va ko‘nikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi ta’limining navbatdagi bosqichlarida o‘qishini, shuningdek, egallangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishini davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlarni ta’minlash;
davlat ta’lim standarti doirasida umumiy o‘rta ta’lim va professional ta’lim o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Markazning huquq va majburiyatlari
10. Markaz:
Vazirlik hamda boshqa tashkilotlar orqali respublika va xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq respublika hamda chet davlatlarda o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish;
Vazirlik ko‘rsatmasiga muvofiq olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, sport zaxiralarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida Markazda yangi sport turlari bo‘limlarini ochish yoxud sport zaxirasini tayyorlashga oid belgilangan sport ko‘rsatkichlari darajasi past bo‘lgan sport turlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish;
Vazirlik bilan kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga o‘z faoliyati ixtisosligiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pullik xizmatlar ko‘rsatish (sport inshootlaridan foydalanish, pullik sport xizmati), ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq to‘lash miqdorini belgilash;
Vazirlik bilan kelishgan holda Markazning trenerlar tarkibi, xodimlari va o‘quvchilarini almashish, qo‘shma sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar va shu kabilarni o‘tkazish bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz o‘quvchilar va trenerlarni sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq sport tadbirlarida, xalqaro musobaqalarda qatnashish, shuningdek, chet davlatlarda tajriba almashish uchun yuborishi, o‘quvchilar ishtirokida mahorat saboqlari, seminar, konferensiya va davra suhbatlarini o‘tkazishi mumkin.
12. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
ta’lim-tarbiya va sport tayyorgarligi o‘quv-mashq jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash, trenerlar tarkibi va pedagog xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning o‘z faoliyatiga oid topshiriqlari bajarilishini, shu jumladan, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z majburiyatlari doirasida tanlangan sport turlari bo‘yicha ta’lim va sport tayyorgarligi o‘quv dasturlari bosqichma-bosqich o‘zlashtirishini ta’minlash;
ta’lim standartiga muvofiq tasdiqlangan o‘quv dasturlari, sport tayyorgarligi dasturlari asosida yillik o‘quv rejasini, o‘quv jadvalini va o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqish;
ta’lim va o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayoni o‘tkazilayotgan davrda ta’lim oluvchilar va trenerlar tarkibi, pedagog-xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning mehnat xavfsizligini ta’minlash;
ta’lim-tarbiya va sport tayyorgarligi o‘quv-mashq jarayonini joriy nazorat qilish, o‘quvchilarning nazorat normativlari topshirishini ta’minlash;
moddiy-texnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling