Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 1.2 Mb.
bet8/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

5-bob. Markazni boshqarish
27. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, mutaxassislarni tayyorlash Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
28. Markazga oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga hamda rahbarlik salohiyatiga ega shaxslar orasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sportni rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
29. Direktor:
a) Vazirlik bilan kelishgan holda o‘rinbosarlarini tayinlaydi (sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bundan mustasno), o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
b) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trenerlar, o‘qituvchilar tarkibining tarifikatsiya jadvalini tasdiqlaydi;
v) Markaz nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
g) Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
d) o‘z vakolatlari doirasida Markaz o‘quvchilari va barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
e) Markazning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quv-mashq va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trenerlar bilan butlash hamda Markaz faoliyati bo‘yicha ayrim masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;
j) pedagoglar va boshqa barcha xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va ularni bekor qiladi;
z) sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va trenerlari bilan birgalikda har yarim yilda kamida bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni Markazga jalb qilish bo‘yicha seleksiya ishlarini amalga oshiradi;
i) xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va jamoatchilik vakillariga Markazda amalga oshirilgan quyidagi vazifalar yuzasidan har yil yakuni bo‘yicha hisobot beradi:
joriy yilda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
davlat buyurtmasiga asosan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash;
yil davomida amalga oshirilgan seleksiya ishlari;
sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga yetkazib berilgan o‘quvchilar;
Markazda tayyorlangan fan olimpiadalari, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo, O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning g‘olib va sovrindorlari.
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
30. Markazda direktor rahbarligida kollegial organ hisoblanadigan Pedagogika kengashi tashkil etiladi.
Pedagogika kengashining yig‘ilishi har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Pedagogika kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari Markaz ustavida belgilanadi.
Markazning rahbar va mutaxassis xodimlariga, shu jumladan, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, trenerlar va tibbiyot xodimlariga qo‘yiladigan lavozim malaka talablari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
31. Markazda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat Vasiylik kengashi tuziladi.
Markazning Vasiylik kengashiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
32. Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida malakali trener va xorijiy ekspertlar, shuningdek, sport sohasida yuqori tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat tarkibda Trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining 1-kursiga Olimpiya maktablarini muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchilar, shuningdek, umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan Trenerlar kengashi xulosasiga muvofiq musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Trenerlar kengashi yig‘ilishi bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi, Markazlar faoliyati tahliliy ko‘rib chiqiladi hamda aniqlangan muammolar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Trenerlar kengashi tarkibi, uning vazifa va funksiyalari hamda uning faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq boshqa masalalar sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘i bilan belgilanadi.
33. Markazni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling