Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish


Download 1.2 Mb.
bet16/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

3-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
14. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli o‘quv rejasi va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar qo‘yiladi.
15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar ro‘yxati o‘quv rejasida belgilangan fanlardan o‘tkaziladi.
Mutaxassislik bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni o‘tkazish muddatlari o‘quv rejasida belgilanadi.
16. Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish jadvali Markaz direktori tomonidan, qoida tariqasida, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin tasdiqlanadi.
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning Davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarning bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
18. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o‘tkazish shakli to‘g‘risidagi ma’lumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin bitiruvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Bitiruvchilarga tayyorgarlik ko‘rish hamda maslahatlar berish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratiladi.
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib ta’lim muassasasi pedagogika kengashi qarori asosida belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin bitiruvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Bitiruvchilar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
20. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollari o‘quv dasturlar mazmunini to‘liq qamrab olgan holda Markazning tegishli uslubiy birlashmalari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan bir oy oldin pedagogika kengashiga taqdim etiladi. Pedagogika kengashi tomonidan savollar uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar beriladi.
21. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollari fan dasturlari doirasida tuzilishi hamda yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bitiruvchilarning e’tiboriga yetkazilishi lozim.
22. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tegishli uslubiy birlashmalar bilan birgalikda bitiruvchilar sonidan kelib chiqib har bir varianti 25 ta savoldan iborat, to‘rt variantli test nazorati savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi.
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi yuqori darajada ochiqlik va shaffof tarzda o‘tkaziladi, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari to‘liq videotasvirga yozib olinadi.
24. Yakuniy davlat attestatsiyasiga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lug‘at, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida ulardan foydalangan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Belgilangan tartibni buzgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtiriladi hamda komissiya a’zolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
25. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga ko‘ra topshiriqlarning 86 — 100 foizi to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa “a’lo”, 71 — 85 foizi to‘g‘ri bajarilsa “yaxshi”, 56 — 70 foizi to‘g‘ri bajarilsa “qoniqarli” baholanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchi 55 va undan kam ball to‘plagan hollarda “qoniqarsiz” baholangan deb hisoblanadi.
26. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan, yig‘ilishda ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilinadi va komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi.
28. O‘quvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga tegishli kasbni egallaganligi, Markazni tamomlaganligi va professional ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
O‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi bo‘yicha 86 ball va undan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 balldan kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri bo‘yicha kamida 86 ball o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarga “imtiyozli” diplom beriladi.
Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilari sport natijalari (qoida tariqasida, a’lo va yaxshi baholarga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchi-sportchilar orasidan) asosida Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.
29. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan bitiruvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
30. Uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida qatnasha olmagan bitiruvchilar Markaz direktorining buyrug‘i bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.
Bitiruvchining yaqin qarindoshlaridan birining (bobo-buvisi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi) vafot etishi, Vazirlikning Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilgan respublika va xalqaro miqyosdagi rasmiy sport musobaqalari va tadbirlari, shuningdek, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etishi munosabati bilan, shuningdek, sog‘lig‘i tufayli tegishli tibbiy ko‘rsatmaga asosan attestatsiyaga qatnasha olmasligi uzrli sabablar sifatida tan olinadi.
Sport musobaqalariga ishtirok etishi rejalashtirilgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini muddatidan oldin topshirishlariga ruxsat beriladi.
31. Kollejning belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan bitiruvchilar o‘qish muddati tugagandan so‘ng, uch o‘quv yili davomida bir marta yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan vaqt, 3 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’til vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
32. Yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish muddatida sinovlardan o‘ta olmagan yoki yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga akademik ma’lumotnoma beriladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling