Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish


Download 1.2 Mb.
bet19/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
NORMALARI
1-bob. Umumiy qoida
1. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan Markazning boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur me’yorlarga muvofiq kiritiladi.
2-bob. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida alohida lavozimlarni kiritish me’yorlari
2. Markaz o‘quv rejasida o‘quv-laboratoriya amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish uchun jihozlangan har bir o‘quv-laboratoriya xonasi uchun — 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
3. Markazning lingafon, kompyuter va o‘quv-texnika jihozlari o‘rnatilgan xonalariga xizmat ko‘rsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va o‘quv-texnika jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
4. Markazning garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
5. Markazning 2 500 kv.m va undan ortiq qoplama to‘shalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama to‘shalgan maydonning keyingi har 2 500 kv.m uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
6. Markazning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga.dan 2,0 ga.gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga. maydon uchun — 1,0 birlik bog‘bon lavozimi kiritiladi. Ijaraga berilgan maydon bundan mustasno.
7. Markazni kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir kirish darvoza postiga 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda, Markaz hududidan tashqarida joylashgan binolarning ham har bir darvoza posti uchun alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Markazni kecha-kunduz qo‘riqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4997-son qaroriga muvofiq shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlaridan foydalanish mumkin.
8. Har bir alohida bino, shu jumladan o‘quvchilar turar joyi, sport inshootlari, futbol stadioni uchun — alohida komendant 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi (ochiq sport maydonlari bundan mustasno).
9. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi:
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (ta’lim muassasasi balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik (biroq ta’lim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda);
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq ta’lim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda);
duradgor lavozimi — Markaz binosining foydalaniladigan 3 500 kv.m. va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (ta’lim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi.
Markaz balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
10. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, majlislar zali va sport zali hamda o‘quv-auditoriya (yotoqxonaning o‘quvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
11. Binolarning ichki qismidagi, sport zallaridagi hojatxona va cho‘milish xonalarini tozalovchi farrosh lavozimi har 50 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
12. Uy-joy kommunal xo‘jalik tizimiga o‘tkazilmagan Markazlarda isitish mavsumida (5 oy) o‘t yoquvchi lavozimi:
lokal isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’iy nazar) kecha va kunduz dam olish, bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan (bunda har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq bo‘lsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qo‘shimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi.
13. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har 25 nafar o‘quvchilarga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
14. Jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilarni doimiy kuzatib yurish maqsadida 12 nafar paralimpiya o‘quvchi-sportchilari uchun ish vaqti hisobga olingan holda 1,0 birlik hisobidan tarbiyachi lavozimi kiritiladi.
15. Markazning har bir alohida joylashgan o‘quvchilar turar joyi uchun ularning har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 birlik o‘rin almashish ish vaqtidan ortiq bo‘lmagan holda) o‘quvchilar turar joyining navbatchi tarbiyachisi lavozimi kiritiladi.
16. Markazning o‘quvchilar turar joyida 300 nafar va undan ortiq o‘quvchilar istiqomat qilayotgan bo‘lsa — 0,5 birlik pasportchi lavozimi kiritiladi.
17. Xo‘jalik bekasi lavozimi Markaz o‘quvchilar turar joyida yashovchi o‘quvchilar soni 150 nafardan 300 nafargacha bo‘lsa — 1,0 birlik, 300 nafardan ortiq bo‘lsa — 2,0 birlik shtat kiritiladi.
18. Huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq yengil xizmat avtomashinalari cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
19. Markaz balansiga kiritilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” musobaqasida va boshqa sport tadbirlarida g‘olib bo‘lganlik uchun berilgan transport vositalari uchun ta’lim muassasasining xarajatlar smetasida yoqilg‘i-moylash materiallari uchun mablag‘lar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Ta’lim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
20. Markaz o‘quvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport (avtobus) vositasi mavjud bo‘lsa, ularning har biri uchun alohida 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
21. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud bo‘lgan Markazda 1,0 birlikdan har biriga alohida suvdan qutqaruvchi, ta’mirlovchi va tozalovchi lavozimlari kiritiladi.
22. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlari nasos stansiyasi operatorlari hamda basseynlari mavjud bo‘lgan 1,0 birlikdan operator kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik operator lavozimi kiritiladi.
23. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlariga alohida xlor bilan ishlov beruvchi 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi.
24. Markaz tibbiyot punkti uchun har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan tibbiyot punktining navbatchi hamshirasi lavozimi kiritiladi.
25. Futbol, kamondan otish maydoni mavjud bo‘lgan Markazda har bir alohida joylashgan futbol maydoni, kamondan otish maydonini ta’mirlovchi va tozalovchi uchun — alohida 1,0 birlik shtat birligi kiritiladi.
26. Markazning balansidagi mavjud soz holatdagi traktor texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish traktorist lavozimi kiritiladi.
27. Har bir alohida joylashgan sport inshootlari va sport maydonlari uchun tozalovchi, ta’mirlovchi 1,0 birlik shtat birligi lavozimi kiritiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling