3-bob. Markazda sport tayyorgarlik bosqichlari, o‘quv-sport guruhlari, unga qo‘yilgan talablar va trenerlarning ish hajmini hisoblash
14. Sport turlari tayyorgarlik bosqichlari quyidagilardan iborat:
o‘quv-mashq bosqichi — bu bosqichda sportning tanlangan turi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan o‘quvchi-sportchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi o‘quv yillariga o‘tkazish o‘quvchi-sportchilar tomonidan sport razryadining bajarilganligi bilan amalga oshiriladi;
sport takomillashtirish bosqichi — ushbu bosqichda o‘quv-mashq bosqichidan o‘tgan, sport razryadi talablarini bajargan o‘quvchi-sportchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi o‘quv yillariga o‘tkazish sport ko‘rsatkichlari dinamikasining ijobiy o‘sishi sharti bilan amalga oshiriladi;
oliy sport mahorati bosqichi — ushbu bosqichga sport mahoratini takomillashtirish bosqichidan o‘tgan, tegishli sport razryadiga ega bo‘lgan hamda sportda barqaror yuqori natijalar ko‘rsatadigan o‘quvchi-sportchilardan guruhlar jamlanadi.
15. Sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha o‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘ulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi o‘quvchi-sportchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
(Olimpiya sport turlari bo‘yicha)
|
O‘quvchi-sportchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
|
O‘quv yili
|
O‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘uloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)
|
Sport turlari guruhlari
|
I
|
II
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |