Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 1.2 Mb.
bet6/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

amaliy mashg‘ulot — o‘qituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga o‘rgatish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
19. Markazda sport mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari, guruh va yakka tartibdagi (individual) o‘quv-mashq mashg‘ulotlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
o‘quv-mashq mashg‘uloti — bu sport tayyorgarligi jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, sport tayyorgarligi ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqlik shakli, sport tayyorgarligining maqsadi, mazmuni usul va vositalarini o‘zida mujassam etgan tizim sifatida quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik (bular umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, ko‘chirish (o‘tkazish) nazorat sinovlari, nazorat musobaqalarida ishtirok etish, yo‘riqchilik va hakamlik amaliyoti, musobaqalarda ishtirok etish, tiklanish tadbirlari va tibbiy nazorat shakllari hisoblanadi);
nazariy tayyorgarlik — o‘quvchilarga shaxsni anatomik va fiziologik rejalashtirish, sport tayyorgarligiga oid sanitariya-gigiyenik talablar, o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining texnik xavfsizligi, shuningdek, ularning tanlangan sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligiga taalluqli turli nazariy ma’lumotlar doirasida nazariy bilimlar beriladi;
umumiy jismoniy tayyorgarlik — o‘quvchilarning yoshi, jinsiga oid sport tayyorgarligiga, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida umumiy jismoniy mashqlarni o‘rganish va o‘zlashtirishga, umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlarini bajarish va nazorat qilishga qaratiladi;
maxsus jismoniy tayyorgarlik — o‘quvchilarning tanlangan sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligiga oid maxsus jismoniy mashqlarni o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida o‘rganish va o‘zlashtirishiga, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlarini bajarishiga yo‘naltiriladi;
texnik-taktik tayyorgarlik — o‘quvchilarni tanlagan sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligi o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish jarayonida texnik-taktik mashqlar, usullar, hujum va himoyalanish amallarini o‘rganishiga, shu jumladan, ularning o‘zlashtirish holatlarini nazorat qilishga qaratiladi;

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling