Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari to‘g‘risida


Download 1.2 Mb.
bet3/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Markaz o‘rta va professional davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari (kattalar va yoshlar) dasturidan o‘rin olgan sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi, milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari bundan mustasno.
Markazdagi noolimpiya sport turlari bo‘yicha yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu Markazni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitiladi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
Markazning ustavi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi.
4. Markazga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi.
Markazlarda o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda: 1-bosqich 5 — 11-sinflar uchun Olimpiya maktablarida, 2-bosqich 1-2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziriga hududning sport turlariga ixtisoslashuvidan kelib chiqib, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining sport turlari bo‘yicha kontingentining umumiy soni doirasida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
5. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
6. Vazirlik Markazga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
7. Markazda xorijiy mamlakatlar fuqarolari o‘qitilmaydi, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling