Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Erkin bozor munosabatlarini amalga oshirishda fanning predmeti va vazifalari
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy qonunlar
Erkin bozor munosabatlarini amalga oshirishda fanning predmeti va vazifalari
Fanning predmeti va vazifalari. Dastlab «iqtisodiyot» tushunchasi xo‘jalik yuritishning qonuniyatlari va uy xo‘jaligini boshqarish san‘ati ma‘nolarida muhim ahamiyat kasb etgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, xalq xo‘jaligida turli tarmoqlaming shakllanishi natijasida ushbu tushunchaning ma‘no-mazmuni anchayin kengayib, o‘zgarib bordi. Bu quyidagilarda aks etadi: Birinchidan, iqtisodiyot bu jamiyatni moddiy boyliklar va xizmatlar bilan ta‘minlovchi xalq xo‘jaligi tarmoqlarining majmuasidir. Ikkinchidan, iqtisodiyot bu ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari moddiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimot-almashuv va iste’mol jarayonlarida odamlar (guruhlar, jamoalar, toifalar) o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardir. Ishlab chiqarish munosabatlari iqtisodiy qonunlar orqah tartibga solinadi. Iqtisodiy qonunlar deganda iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlaoib turadigan o‘zaro bog‘liq aloqalar tushuniladi. Jamiyatning, shuningdek iqtisodiy sub‘yektlaming rivojini quyidagi qonunlar tizimi aniqlab beradi: qiyraat qonuni, talab qonuni, taklif qonuni va boshqalar. Rivojlangan ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuch- laridan samarali foydalanishga yordam beradi. Ishlab chiqarish kuchlari - bu mehnat qilish jarayonida ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltira oladigan insonlar. Uchinchidan, iqtisodiyot - bu fan. Ushbu fan o‘zining tadqiqot ob‘ektlari va ko‘lamiga ko‘ra quyidagi qismlarga bo‘linadi: makroiqti- sodiyot, mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodi, tarmoqlar iqtisodi (sanoat, transport, qurilish, savdo, qishloq xo‘jalik va boshqalar). Shuningdek, iqtisodiyot deganda ham fan, ham amaliyot tushuniladi. Iqtisodiyot fani amaliy iqtisodiyotni taqozo etib, quyidagi hayotiy muhim muammolami hal etish bilan shug‘ullanadi: nima ishlab chiqarish kerak, jamiyat ehtiyojini qanday tovarlar va xizmatlar to‘plami yanada to‘laroq qondira oladi; qancha ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayonida qanday resurslardan, qancha miqdorda foydalanish maqsadga muvofiq; qanday ishlab chiqarish; kim uchun ishlab chiqarish - shaxsiy iste’mol uchunmi yoki daromad olish maqsadidami, ishlab chiqarilgan mahsulotni qanday taqsimlash kerak? Ushbu muammolami bozor iqtisodiyoti sharoitida birmuncha tezroq hal etish mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida erkin almashuv bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga va ishlab chiqarish o‘rtasidagi erkin raqobatga tayanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilaming bir to‘xtamga kelishi moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming taqsimotini aniqlab beradi. Haqiqiy iqtisodiyot doimo o‘z ichiga bozor va davlat sohalarini oladi, ayrim hollarda davlat tomonidan boshqariladi. Aynan boshqaruv darajasi iqtisodiyotning qanday xususiyat- ga ega ekanligini belgilab beradi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fan sifatida tarmoqda iqtisodiy qonunlaming namoyon bo‘lishi, ulaming qishloq xo‘jaligi rivojiga ta’siri va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy qonuniyatlarning ishlashini o‘rganadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritish shakllari paydo bo‘ldi, agrar sohada ko‘p tarmoqli iqtisodiyot shakllandi. Bu esa agrosanoat majmuida islilab chiqarish munosabatlarining o‘zgarishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fani tarmoq fani sifatida bozor sharoitida agrar sohada iqtisodiy mmosabatlar tizimini ochib berish vazifasini bajaradi. Shunday qilib, «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti - qishloq xo‘jaligida iqtisodiy qonunlarning amal qilish mexanizmi, agrar sohada ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq qilish. Bundan tashqari, mazkur fan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabat- larining rivojlanish tamoyillari hamda tovar ishlab chiqaruvchilar amal qilishining bozor mexanizmini tadqiq qiladi. Tadqiqot ob'yekti - bu mamlakat qishloq xo‘jaligida turli qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining tashkiliy iqtisodiy shakllari faoliyati. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fan sifatida iqtisodiyot nazariyasiga tayanadi. Iqtisodiy nazariya fanning metodologik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fan awalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilish, ASM iqtisodiyoti, tadbirkorlik, marketing, iqtisodiy statistika, buxgalteriya hisobi fanlari bilan, qolaversa, boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fani ushbu fanlami o‘rganishning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligining muhim vazifasi mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash hisoblanadi. Ushbu masalani faqatgina qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali hal etish mumkin. Aynan ushbu samaradorlik darajasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini belgilab beradi, shuning uchun ham «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining birinchi galdagi vazifasi bozor sharoitida tarmoqni rivojlashtirishning iqtisodiy asoslarini va xo‘jalik yuritishning samarali usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligining rivoji ishlab chiqarish resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Resurslaming cheklanganligi va taqchilligi sharoitida fan oldida yana bir muhim masala turadi - bu resurslardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish. Shuningdek, agrar sohani isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, to‘lovga qodir emas korxonalami qaytadan tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish kabi muhim masalalami hal etish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti fani tarmoq fani sifatida quyidagi vazifalami bajaradi: agrar sohada ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish; qishloq xo‘jaligida raqobat muhitini yaratish; bozor holati, talab va taklifhi tahlil qilgan holda resurslar (yer, kapital, ishchi kuchi, investitsiyalar) bozorini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish; ilg‘or fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligida investitsion va innovatsion faoliyatning ustivor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni davlat tomonidan tartibga solish darajasi va yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan asoslab berish. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar har bir hududning xususiyatini hisobga olgan holda hal etilishi lozim. Chunki, 0‘zbekiston Respublikasining har bir hududi tabiiy-iqlim, iqtisodiy va demografik sharoiti bilan bir-biridan farq qiladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling