Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet12/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Taqqoslama tahlil usuli. Eng yaxshi natijalarga erishish maqsadida xususiy va umumiy ko‘rsatkichlami taqqoslash. Tadbirkor o‘zi qilgan xarajatlar bilan raqiblarining xarajatlarini solishtirishi, muqobil variantlami topib taqqoslab borishi kerak. «Xarajatlar-natija» singari mashhur bo‘lgan yondashuv ham taqqoslama tahlil usuliga asoslanadi.
Eksperiment (tairiba) usuli tabiiy fanlar ichida asosiylaridan hisoblanib, iqtisodiy voqea-hodisalami o‘rganishda keng qo‘llaniladi. O‘rganilayotgan voqea-hodisaga omillar ta’sirini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishda qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligida mehnatga haq to‘lash, xo‘jalik hisobi, ijara pudrati va boshqalarda eksperimentlar o'tkazilgan.
Hisob-konstruktiv usuli. Kelajakda muammoni hal etishning ilmiy asoslangan yo‘llarini aniqlab beradi. Ushbu usul ASM tarmoqlarini rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Iqtisodiv-matematik usul o‘z ichiga matematik statistika, ishlab chiqarish funktsiyalari va iqtisodiy-matematik modellashtirishni oladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Respublika qishloq xo‘jaligi jahon iqtisodiyotida qanday o‘rin tutadi?


  2. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotida qanday o‘rin tutadi?


  3. Qishloq xo‘jaligining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?


  4. Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini amalga oshirishdagi xususiyatlar nimadan iborat?


  5. Hukumatning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlari nimalardan iborat?


  6. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kontseptsiyasi deganda nimani tushunasiz?


  7. Qishloq xo‘jaligida rivojlangan davlatlarning tajribasini qo'llash imkoniyatlari nimadan iborat?


  8. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari nimalardan iborat?


  9. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining qanday tadqiqot usullari mavjud?





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling