Bob. Jahon, respublika qishloq xo‘jaligi, uning joylashishi, ixtisoslashishi, kooperatsiyalashuvi, ularning rivojlantirilishi
0‘quv maqsadi: Qishloq xo‘jaligini jahon, respublika hududlarida maqsadga muvofiq joylashtirish, samarali ixtisoslashtirish hamda kooperatsiyalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini, mehnat taqsimotini amalga oshirishda uning tutgan o‘mi, qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirishning tamoyillari, omillarini, ixtisoslashtirish turlarini, tarmoqda kooperatsiyalashtirish va agrosanoatni integratsiyalashtirishning, gorizontal hamda vertikal integratsiyalash- tirishning mazmunini, joylashtirish, ixtisoslashtirish darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash uslubiyotini va jahon, respublika hududlarida qishloq xo‘jaligini joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlami shakllantirishdan iborat.
Tayanch iboralar: joylashtirish, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalashtirish, mehnat taqsimoti, agrosanoatni integratsiyalashtirish, gorizontal va vertikal integratsiya, ixtisoslashtirish darajasi.
Qishloq xo‘jaligini joylashtirishning, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish bu alohida tur mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo‘ylab taqsimlash bo‘lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Qishloq xo‘jaligining eng to‘liq joylashtirilishi ushbu hududda ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlaming hissasi kabi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi.
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |