Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Qishloq xo‘ja!igi iqtisodiyoti fanining maqsadi va tadqiqot usullari


Download 1.68 Mb.
bet11/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Qishloq xo‘ja!igi iqtisodiyoti fanining maqsadi va tadqiqot usullari

Iqtisodiy tadqiqotlar o‘rganishning murakkab jarayoni hisoblanib, mavzuni asoslash, maqsad va vazifalami belgilab olish, tahlil qilinadigan ob‘ektlami tanlab olish, tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha nazariy va arnaliy tavsiyalami ishlab chiqish kabilami o‘z ichiga oladi.


Iqtisodiy tadqiqotlar asosida uslubiyot yotadi.
Fanning uslubiyoti bu ilmiy bilimning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalaridir. Tadqiqotlaming nazariy va uslubiy asosini mamlakatimiz va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari hamda iqtisodiy fan yutuqlari tashkil qiladi.
Uslubiyot fan tomonidan qo‘llanilayotgan usullarga tayanadi. Uslubiyot umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘z ilmiy bilim usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va xususiy bo‘ladi. Umumilmiy usullar: iqtisodiy- statistik, monografik, hisob-konstruktiv, balans, iqtisodiy matematik usullardir.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fanini o‘rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Ilmiy abstraktsiva usuli. Ushbu usulda o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratilib, tahlil vaqtida chalg‘itishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalar nazardan chetlashtirladi (masalan, talab qonuni o‘rganilayotgan vaqtda faqatgina talab va baho o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, boshqa holatlar - davlatning narx siyosati, raqobat, bozoming to‘yinganlik darajasi va boshqalar e’tiborga olinmaydi).
Induktsiya va deduktsiva usuli bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikming xususiy faktlardan umumiy faktlarga tomon harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga qarab harakatlanishi deduktsiya deb ataladi. Induktsiya va deduktsiya usullari gipoteza haqidagi fikrlami ilgari suradi. Gipoteza - biror bir voqea-hodisaning ilmiy nazariya bo‘la olishligi uchun uni tajribada sinab ko‘rish va nazariy jihatdan asoslab berish uchun beriladigan ilmiy taklif.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling