Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


ll.l-jadval Faoliyat ko‘rsatayotgan infratuzilma ob’ektlarining soni to‘g‘risida


Download 1.68 Mb.
bet103/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

ll.l-jadval
Faoliyat ko‘rsatayotgan infratuzilma ob’ektlarining soni to‘g‘risida
MA’LUMOT


Infratuzilma ob’ektlari


2006 у


2007 у


2008 у


2009 у


Mini bank


895


1207


1094


1478


Muqobil MTP


1562


1779


1777


1757


Mineral o‘g‘itlar sotish shahobchasi


1051


891


928


935


Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi


1271


1676


1676


1712


YOMM sotish shahobchasi


1110


1340


1373


1389


Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish shahobchasi


581


443


424


424


Zooveterinariya punktlari


381


2180


2278


2411


Axborot ta’minoti va konsalting xizmati ko‘rsatish shahobchalari


317


295


300


300


Transport xizmati ko‘rsatish shahobchasi


77


82


82


82


Tara idish va qadoqlash materiallari bilan ta’minlash shahobchalari


73


78


78


78


Agrofirmalar


195


203


193


262

Qishloq xo‘jaligining boshqa sohalardan farqli ravishda o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, shunga muvofiq ravishda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini tashkil etishda mayjud quyidagi shart-sharoitlar hisobga olinishi kerak, albatta.


  • qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, uni boshqa joyga ko‘chirish imkoni yo‘q va shuning uchun ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlarini xo‘jaliklarga qulay joylarda tashkil etish lozim bo‘ladi;


  • qishloq xo‘jaligida mavsumiy xususiyatidan kelib chiqqan holda, ya’ni ekin ekish, sug‘orish, o‘g‘itlash, agrotexnika, hosilni yig‘ib olish va yerlami keyingi yil mavsumga tayyorlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun, shunga mos ravishda xizmat ko‘rsatuvchi infrastruktura tarmoqlari faoliyatida ham mavsumiylik xususiyati mavjud;


  • tabiiy-biologik sharoitning ta’siri natijasida, ob-havo iqlimining o‘zgarib turishi (qurg‘oqchilik yoki yog‘ingarchilik va boshqa shu kabi holatlar) natijasida ayrim ishlab chiqarish infrastruktura xizmatlariga bo‘lgan talab turli hudud va davrlarda turlicha bo‘ladi va ular o‘zgarib turadi;


  • qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlaming asosiy qismi yilning kuz faslida pishib yetiladi. Lekin mahsulotlar bilan iste’molchilami yil davomida uzluksiz ta’minlash maqsadida ulami saqlash uchun moljallangan omborxona va sovutgichlar quwatlarini tashkil etishda bu omil e’tiborga olinishi kerak va hokazo.


Biroq ishlab chiqarish infrastruktura tarmoqlari rivojining hozirgi holatining tahlili, ulaming samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun quyida- gilami e’tiborga olish lozimligmi taqozo etmoqda: •


  • ayni paytda ishlab chiqarish infrastrukturasining ko‘plab obyektlari monopolistik sharoitda xizmat ko‘rsatayotganhgini e’tiborga olgan holda, ular faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilib va tartibga solib turish lozimligi;


  • ishlab chiqarish infrastrukturasi obyekdarining, ular xizmatidan foydalanuvchi sohalarga qulay joylashganligi va ko‘rsatiladigan xizmatlaming narxi arzon hamda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishliligi;


  • ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish uchun moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash darajasini to‘g‘ri tashkil etish zarurligi;


  • qishloq joylarida muqobil xizmat turlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlami vujudga keltirish zarurligi.


Shunday qilib qishloq xo‘jaligi va unga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda hamda mavjud muammolami hal etish orqali ular xizmatini bozor talablaridan kelib chiqib tashkil etish lozim. Hayotiy tajribalar shuni ko‘rsatyaptiki, bugungi kunda ishlab chiqarish infratuzilmasi tizimdagi, jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikalari, meliorativ qurilmalaming aksariyati ishga yaroqsiz holatga kelib qolganligi, agro-kimyo, elektr energiyasidan foydalanish va texmka xizmatlari narxining keskin oshib ketganligi, shuningdek, mahsulotlarni saqlash quvvatlarining yetishmasligi va mavjudlarining talab darajasida emasligi, ushbu sohadagi kamchiliklami tubdan bartaraf etish va ular faoliyatini rivojlantirishni talab etadi.


Fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda eng muhim omil ulami moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni yaxshilashdir. Buning uchun davlat fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirib borish lozim bo‘ladi. Bu mexanizm tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy dastak va vositalami o‘z ichiga oladi (11.3.-Rasm).
Davlat fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini qo‘llab- quwatlash mexanizmida raqobat muhitini, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi muhim ahamiyatga ega. Huqiqiy jihatdan qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga doir qonun, me’yoriy hujjatlar, dasturlar qabul qilish hamda ulami amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi. Fermer xo‘jaliklarim moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda davlat tomonidan xo‘jaliklami imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, moddiy-texnika ta’minoti korxonalarini subsidiyalashtirish, ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu tizim bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib boriladi.
Endilikda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, rivojlantirish uchun asosiy yo‘nalishlami belgilab olish kerak bo‘ladi. Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini rivojlan- tirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • har bir qishloq xo‘jaligi zonasiga mos keladigan iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan texnika ishlab chiqarish va shu asosda ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish;


  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish;


  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish va iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga yondoshish;


  • ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj oldirish va qurilishni takomillashtirish;


  • yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligini suv bilan to‘la ta’minlanishiga erishish, ya’ni yerlarga mahalliy o‘g‘itlar solish hamda sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash;







  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling