Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


rasm. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘IIab-quwatlash mexanizmi


Download 1.68 Mb.
bet104/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

rasm. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘IIab-quwatlash mexanizmi
  • chorvachilik fermalarini mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash va elektrlashtirish darajasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklarga bardosh beia oladigan yuqori hajmli, tezpishar ypyg‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;


  • xizmat ko‘rsatuvchi korxonalaming moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.


Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi va uning ajralmas qismi xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali birinchidan, aholining turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji qondirilsa, ikkinchidan, ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash muammosining hal qilinishiga yordam beradi. Bu hozirgi agrar siyosatning g'oyat muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Qishloqda yashovchilaming ijtimoiy hayoti tubdan yaxshilansagina, butun qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, unga industrial tus berish mumkin. Shuningdek, ortiqcha mehnat resurslarini bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidan industrial sohalarga, servis va xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb qilish qishloqning eng muhim muammolaridan biridir. Har bir posyolkada, har bir qishloqda mayda ulguqi do'konlar, ta’mirlash ustaxonalari va boshqa xizmat turlariga ega bo‘Igan guzarlar barpo qilish juda dolzarbdir. Chunki, biz istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq, islohotlar nomigagina emas, balki inson manfaatlari yo‘lida o‘tkazilishini aniqlab olgan, jamiyatimizning barcha tomonlarini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ana shunga bo‘ysundirilgan edi.


Hal etilishi talab qilinayotgan yana bix yo‘nalish hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini bo‘shatib olish va ulami iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb etish. Shu o'rinda bir gap, ma’lumki, AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Janubiy Koreya va boshqa shu kabi iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlarda qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ulushi mehnatga qobiliyatli aholining 5-7 foizini tashkil etsa, bizda bu ko‘rsatkich 40 foizdan ortiq. Xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlayotganlammg ulushi rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotda band aholining 55-77. foizini tashkil etsa, bizda bu ko'rsatkich 10-15 foizga boradi, holos.
Hisob-kitoblar bugungi kunda qishloqda 6,5 million mehnatga layoqatli aholi borUgini ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligining o‘zi buncha miqdordagi ishchi kuchini ish bilan ta’minlay olmaydi. Shu sababli qishloq joylarida zamonaviy texnologiyaga ega, ish shaklini tez o‘zgartira oluvchi kichik korxonalami ochish hisobiga yangi ish joylari yaratish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qilmoqda. Bular faqat qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini qayta ishlovchi korxonalargina emas, balki boshqa sohalarga asoslangan sermehnat ishlab chiqarish, xalq hunarmandchiligi korxonasi ham bo‘lishi kerak. Shuningdek, respublikamiz xo‘jalMarida uncha katta bo‘lmagan, lekin zamonaviy texnologiya va texnika asosida xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalar qurish va ulami mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan yerlarda joylashtirish choralarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tugatilayotgan shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda va infratuzilmani rivojlantirishda o‘ziga xos muammo va kamchiliklar hamon uchrab turibdi.
  1. Tugatilayotgan shirkat xo‘jaliklarining qarzlari fermer xo‘jaliklariga taqsimlanib, shu yilning o‘zidayoq qarzlami to‘lab berish shartlari qo‘yilmoqda. Bn esa yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy qiyinchilikka olib keladi. Bizning fikrimizcha, yangi tashkil etilgan fermerlami qo‘llab-quwatlash uchun qarzlami toMab berishni kamida 5 yilgacha kechiktirish lozim.




  2. Ayrim tugatilayotgan shirkat xo‘jaliklarming asosiy vositalarini tugatilishidan oldin arzon narxlarda xususiylashtirish holatlari uchra- moqda. Qayta tashkil etilishi rejalashtirilayotgan shirkat xo‘jalikiarimng asosiy vositalarini noqonuniy yoilar bilan o‘zlashtirilishi va talon- torojlikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish lozim.
  3. Fermer xo‘jaligi tugatilgan shirkat xo‘jaligidan qo‘shimcha yer olgan bo‘Isa, unga qo‘shib berilgan yer uchun 2 yil davomida soliq to‘lash uchun imtiyoz berish kerak.


Umuman olganda, respublika agrar sohasida amalga oshirilayotgan juda katta ko‘lamdagi o‘zgarishlar asta-sekin o‘z natijalarini bermoqda. Ammo ayrim xo‘jaliklaming ichki ishlab chiqarish munosabatlari sekin o‘zgarmoqda. Joylarda ba’zi amaldorlar tomonidan qabul qilingan qonunlar va farmonlarga e’tibor bermaslik, mahsulot ishlab chiqaruvchilaming huquqlarini kamsitish hollari mavjud. Shu bois, agrar islohotlami chuqurlashtirishning yangi bosqichdagi asosiy vazifasi islohotlarning borishini sekinlashtirayotgan sabablami tezroq bartaraf etishdan, agrar munosabatlami yangilashni yanada jadallashtirishdan iborat bo ‘lib turibdi.




  1. Qishloq xo‘ja!igida ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi samaradorligini ta’minlash yo‘nalishlari

Hozirgi kunda respublikamizda qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘r- satayotgan infratuzilma muassasalarining aksariyati texnika, yonilg‘i, mineral o‘g‘it va shu kabi boshqa ishlab chiqarish infratuzilmasi tizimga mansub tashkilot va korxonalardir. Axborot-maslahat, konsalting, auditorlik va boshqa bozor infratuzilma muassasaiari, ular umumiy sonining 20 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Shu bilan birga, respublika viloyatlari bo‘yicha bozor infratuzilmasi muassasaiari (bank tizimlaridan tashqari) joylashuvi hozirgi talab darajasida emas. Hozirgacha qishloq tadbirkorlari konsalting, axborot va shu kabi xizmatlar uchun viloyat markaziga, aksariyat hollarda esa Toshkent shahriga qatnashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu borada ayrim viloyatlarda ushbu soha korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalami o‘rganish va boshqa hududlarga keng joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Qishloqda bozor infratuzilmalarini rivojlantirish asosan sohada ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ulaming kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish bilan bog‘liq. Shuni hisobga olganda viloyatlarda mayjud oliy o‘quv yurtlari hamda boshqa o‘quv tizimlarda investitsion loyihalami tuzish, mulkni baholash, brokerlik, korxona menejeri, marketing sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ulami qayta o‘qitishni kengaytirish zarurdir.


Bu sohada yana bir muhim masala - bozor infratuzilmasi muassasalarining xizmatlari uchun to‘lanadigan haq doimo o‘sib bormoqda. Shu tufayli ko‘plab kichik korxonalar, dehqon, fermer xo‘jaliklari, bozor infratuzilmasi muassasaiari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Viloyatlarda faoliyat ко‘rsatayotgan aksariyat bozor infratuzilma muassasalarining bosh tashkilotlari Toshkent shahrida joylashgan, shuni hisobga olganda, ular o‘z tasarrufidagi viloyat bo‘limlariga xizmat xarajatlarini pasaytirishga har tomonlama yordam berishlari lozim. Shu bilan birga, viloyatlarda qishloqdagi tadbirkorlarga turli xizmatlar ko‘rsatayotgan konsalting, axborot-maslahat, auditorlik markazlarga soliq bo‘yicha imtiyozlar berish ham bu yo‘nalishdagi ishlar rivojiga muhim iqtisodiy asos bo‘lar edi.
Yana bir muhim masala, bu Oliy Majlis tomonidan 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan ’’Kredit ittifoqlari to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuni amal qilishini tezlashtirish hisoblanadi. Gap shundaki, Osiyo
Taraqqiyot banki hamda Jahon kredit ittifoqlari kengashi hamkorlikda 0‘zbekistonning qishloq joylarida kredit ittifoqlari tashkil etish loyihasini amalga oshirmoqda. Qonunga asosan kredit ittifoqlari qishloqda dehqon, fermerlar va shu kabi yuridik shaxs maqomiga ega hamda alohida qishloq fuqarolarining ixtiyoriy birlashuvi orqali amalga oshirilishi mumkin. Qonunda ko‘zda tutilgan ushbu mexanizmni respublikaning hamma viloyat tumanlarida faol amalga oshirish, joylarda fenner xo‘jaliklari va yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolaming o‘z biznesini rivojlantirish yoki yangidan o‘z ishini tashkil etishini tezlashtiradi. Bu esa shu hududda aholi bandligi va daromadi oshishiga katta imkon yaratadi.
Shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiyotning erkinlashuvi bozorda raqobatni yuzaga kelishini tezlashtiradi, ana shunday sharoitda xizmatlar ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari xizmatiga, ayniqsa, konsalting, axborot va shu kabi xizmatlarga bo‘lgan talab yanada oshadi. Shuni hisobga olganda, ular ishini yanada faollashtirish chora-tadbirlarini hozirdan belgilash va amalga oshirish kerak.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi o‘z faoliyatini yuritish uchun bozor haqida aniq va to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Bunday ma’lumotlar xilma-xil bo‘lib, ular rejalashtirish, investitsiyalami jalb etish, baholar belgilash va shu kabi boshqa jarayonlarda foydalanilishi mumkin. Yoki dehqon, fermer xo‘jaliklari o‘zlarini sodda bo‘lsa-da, aniq rejalarmi, hisobot balanslarini tuzishlari, yoki soliq to‘lashlari lozim. Ana shu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga bozor haqida moliyaviy, iqtisodiy axborotlami to‘plab, maslahatlar berishni axborot-konsalting muassasalari amalga oshiradi.
Hozir ushbu faoliyat bilan Respublika savdo-sanoat palatasi tizimiga kiruvchi tuman va shahar palatalari qoshida tashkil etilgan axborot- maslahat markazlari shug‘ullanmoqda. Bulardan tashqari, mulkni baholash bilan shug‘ullanuvchi mustaqil markazlar ham axborot-maslahat ishlarini ohb borish imkoniyatiga ega.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, respublika bo‘yicha bitta axborot-maslahat markaziga murojaat qilgan va bitta murojaat qilgan tadbirkorga ko‘r- satilgan pul hisobidagi axborot-maslahat xizmati hali past darajada.
Yuqoridagilar shuni ko‘rsatadiki, respublika tumanlarida qishloq xo‘jalik korxonalariga va tadbirkorlarga axborot-maslahat xizmati ko'rsatish faoliyati bilan band boigan muassasalar shakllanish jarayonida bo‘lib ular faoliyatini takomillashtirish quyidagilami hal etishni taqozo etadi:
  • axborot-maslahat markazlari faoliyatiga malakali kadrlami jalb qilishni tashkil etish, shujumladan huquqshunoslami;


  • tuman hududida fermer, dehqon va boshqa toifadagi tadbirkorlarga axborot-maslahat, auditorlik xizmatlari ko‘rsatuvchi xususiy korxonalami tashkil etish;


  • faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-maslahat markazlarining xizmat turlarini ko‘paytirish, ular faoliyatini tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot qilish va ulami hokimiyat va boshqa davlat boshqaruv idoralari tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;


  • tadbirkorlarda axborot-maslahat markazlari xizmatlaridan foyda- lanishga ehtiyoj uyg‘otish va unga ko‘maklashish.


Ushbu va boshqa tadbirlami faol amalga oshirish tuman hududida faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlarining ish samaralarini oshirish bilan birga, ulaming tezroq bozorga moslashishi va bozor ko‘nikmalarini hosil qilishiga imkoniyat tug‘diradi.


Respublika qishloq xo'jaligi amaliyotiga lizingning kiritilishi, foydalanishdagi texnika ijarasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar turlarini kengaytirishni talab etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, to‘liq servis xizmati ko‘rsatilgan holdagi lizing eng istiqbolli hisoblanadi. Bu mavjud ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish korxonalarining bajariladigan xizmatlaming qishloq tovar ishlab chiqaruvchisiga yaqinlashuvida ko‘proq ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Lizing bo‘yicha sotiladigan texnikaga texnik holatni inobatga olgan holda kredit stavkalarining belgilanishi ulaming samaradorligmi oshirish imkonini beradi. Lizingning ushbu sxemasi tovar ishlab chiqaruvchilaming xizmatlarga bo‘lgan xarajatlarini 5-7 foiz kamaytiradi, qishloq xo‘jaligi ishlarining talab etilayotgan agrotexnik muddatlarda o'tkazilishini ta’minlaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatishda dilerlik tizimini amalda keng joriy qilish uchun quyidagilar talab etiladi:
  • tayyorlovchi zavodlaming texnik servisda ishtirok etishi;


  • tuman servis markazlarida iqtisodiy faoliyatning texnik xizmat ko‘rsatishni hisobga olgan holdagi lizing, texnika ijarasi va shu kabi yangi shakllarini joriy qilish;


  • ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish korxonasi negizida dilyerlik punktlari barpo etishga davlat dotatsiyalari ko‘rinishidagi investitsiyalar bilan ta’minlash.


Qishloq tovar islilab chiqaruvchilari uchun texnik servisning bunday fiyimini barpo etish davrida mintaqalarda talab etiladigan investitsion muhit, xorijiy sarmoyadorlaming ishtiroki zarur.


Bunda investitsion jozibadorlikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim Investitsiyalardan samarali foydalanish uchun ulami optimal- lashtirish ham juda muhim. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun investitsion dasturlaming ishlab chiqilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Texnik servis tarmog‘i va ASM ning butun muhandislik-texnikaviy sohasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida muhandislik- texnikaviy sohani jalb etishning huquqiy, yuridik va qonuniy asoslarini yaratish zarur.
Shu sababli "0‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining muhandislik-texnikaviy sohasi to‘g‘risida", "Texnik servis to‘g‘risida", "Mashina-traktor parklari to‘g‘risida", "Agrosanoat majmuasini texnik vositalar bilan ta’minlash to‘g‘risida", "Agrosanoat majmuasidagi texnikadan foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilish va insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida" va shu kabi boshqa qator qonunlami ishlab chiqish hamda qabul qilish lozim.
  • Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasi va uni mustah- kamlash bo‘yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ulaming mohiyati hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘lami.


  • Respublika hududlari kesimida fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish va ta’minot yo‘nalishidagi infratuzilma sub’yektlarining turlari, ulami tashkil qilish va rivojlantirish darajasi.


  • Qishloq hududlarida infratuzilma subyektlarming samarali faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar va ulami bartaraf qilish yo‘llari.


  • Fermer xo‘jaliklarining talablarini hisobga olgan holda infratuzilma sub’yektlarini rivojlantirishda tuman hokimlarining, shuningdek, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlarining asosiy vazifalari.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling