Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Bob. Qishloq xo‘jaligida (yalpi va o'rtacha) xarajatlar, ularni kamaytirish yo‘Ilari


Download 1.68 Mb.
bet107/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Bob. Qishloq xo‘jaligida (yalpi va o'rtacha) xarajatlar, ularni kamaytirish yo‘Ilari


O'quv maqsadi: Qishloq xo‘jaligida turli xildagi xarajatlar qilishning ob’yektiv zarurligini asoslash, xarajatlaming huquqiy va me’yoriy asoslarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining xarajatlari (turlari bo‘yicha) darajasini, tarmoqda yetishtirilayotgan mahsulotlaming 0‘r­tacha xarajatlari (tannarxi)ni, o‘rtacha xarajatga ta’sir etuvchi omillami, xarajat turlarinmg mahsulot tannarxidagi salmog‘ini va qishloq xo‘- jaligida xarajatlami tejash yo‘]larini o‘rgatishdan iborat.
Tayanch iboralar: Yalpi va o‘rtacha harajat, joriy va o‘rtacha xarajat, uzoq va qisqa muddatli xarajat, qo‘shimcha xarajat, ishlab chiqarish davri, moliyaviy xarajat, tannarx, boy berilgan imko­niyatlar, xarajatlarni tejash.


  1. Qishloq xo‘jaligida turli xildagi xarajatlaming ob’yektiv zarurligi

Moddiy ishlab chiqarish jarayonida jonli va moddiylashgan mehnatlar sarflanadi. U yoki bu mahsulotlarni olish uchun sarflanadigan, jamiyat uchun zarur bo‘lgan barcha moddiylashgan va jonli xarajatlar ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlarini tashkil etadi. Ular ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy xarajatlar mahsulot tannarxiga mos keladi. Jamiyatga mahsulotlar nimalar hisobiga ishlab chiqilishini ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxi (S+V+M) quyidagilami qamrab oladi: S - awalgi mehnat bilan yaratilgan va yangidan ishlab chiqarishga o‘tkaziladigan ishlab chiqarish talab qiladigan mablag‘ qiymati (sarflangan); V +M - jonli, zarur va qo‘shimcha qilingan mehnatning bajarilish natijasi sifatida yangitdan yaratilgan qiymat (V - zarur mehnat bilan yaratilgan mahsulot qiymati; M - qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot qiymati).


Jamiyatniki bilan bir qatorda aniq korxona sarflarini aks ettiruvchi individual xarajatlar ham mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiyasiga qilingan jonli mehnat va moddiy mablag‘lar xara- jatlarining yig‘indisi - korxona xarajatlaridir. Ular mahsulot tannarxining asosini tashkil etadi.
Xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchanga bo‘linadi.
Doimiy xarajatlar - miqdori ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir. Ular korxona o‘z aktivi va ishchilari sonini o‘zgartirmagunga qadar har yili bir xil darajada mavjud bo‘ladi. Ularga asosiy vositalar amortizatsiyasi, korxonadan olinadigan ayrim turdagi soliqlar, asosiy vositalar sug'urtasi, amortizatsiya ajratmalari, ishlab chiqarishning asosiy vositalarini ta’mirlashga ketgan mablag‘lar, arugiik va ekiladigan materiallar, o'simliklar va hayvonlami himoyalash vositalari, kreditlarga foizlar, reklama xarajatlari, qo‘shimcha xarajatlar va shu kabilar kiradi.
0‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq. Ularga ish haqlari, ozuqaga, o‘g‘itga, ishlab chiqarish materiallariga (dizel yoqilg‘isi, moylash materiallari va b.), energiya, yordamchi materiallar, noqulay ob- havo sharoitidan sug‘urtalar (do‘l, qo‘rg‘oqchilik), mahsulotni realizatsiya qilish xarajatlari kiradi. Xarajatlarni doimiy va o‘zgaruvchanga taqsimlash korxona faoliyati tahlilida, shuningdek, normativ xarajatlarning hisob-kitobini osonlashtirish va berilgan parametrlaming o‘zgarishi bilan bog‘liq holda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ortishi yoki pasayishi mumkin. Bu bir tekis, jadal yoki regressiv tarzda yuz berildi. Shu sababli, o‘zgaruvchan ishlab chiqarish hajmida xarajatlarning uchta guruhi farqlanadi.
Bir tekis xarajatlar - ishlab chiqarish kengaytirilganda daromadning har bir qo‘shimcha birligi qo‘shimcha xarajatlarning teng miqdordagi sonini keltirib chiqaradi. Masalan, ijara to‘lovi 1 t donga, kartoshkaga to‘langanda 1 t donni quritishga ketgan xarajatligicha qoladi, bunda qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha maydonni ijaraga olish hisobiga yetishtiriladi.
Q‘sib boruvchi (progressive xarajatlar. Ishlab chiqarish kengayishi bilan yetishtirilgan har bir qo‘shimcha mahsulot birligiga sarflangan xarajat ham ortib boradi. Masalan, 1 ga yerdan olingan har bir qo‘shjmcha sentnyer qishloq xo‘jalik mahsulotiga sarflangan o‘g‘it xarajatini orttiradi. Konsentrasiyalangan ozuqaga xarajat har bir sigirdan qo‘shimcha olingan qo'shimcha 1 kg sut yoki bo‘rdoqiga boqilayotgan qoramolni boqish yakuniga yetgandan keyingi uning tirik massasiga qo‘shilgan qo‘shimcha, har bir kg. hisobiga ortib boradi.
Kamavib boruvchi (regressive xarajatlar. Ishlab chiqarish kengayishi bilan mahsulot birligiga xarajat kamayib boradi. Masalan, 1 ga hisobiga texnikaga qilingan doimiy xarajat, yillik ish hajmi o‘sganda kamayadi, sog‘ish ortganda 1 kg sutga sarflangan ozuqani qo‘llab turuvchi xarajat qisqaradi.
Pul shaklida ifodalangan korxona xarajati o‘zida mahsulot tarmarxini aks ettiradi.


  1. Qishloq xo‘jaligida xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi

Xarajat elementlari, deganda iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir xildagi xarajatlar tushuniladi.


Mahsulot tannarxini paydo qiluvchi hamma xarajatlar quyidagi elementlariga ko‘ra guruhlanadilar:
  • moddiy;

  • mehnatga haq to'lash;

  • ijtimoiy ehtiyojlarga chegirma;


  • asosiy fondlar amortizatsiyasi;


  • va boshqalar.


“Moddiy xarajatlar” elementida xususiy ishlab chiqarish va sotib olinadiganlarga: urug‘Iik va ekish materiallari, mineral o‘g‘itlar, mahalliy o‘g‘it, neft mahsulotlari, ehtiyot qismlar, o‘simliklar va hayvonlami himoyalash vositalari, ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlar xarajatlari, mahsulotlami saqlash va transportga yuklashda tabiiy norma chegarasidagi yo‘qotishlar va boshqa xarajatlar aks etadi.


“Mehnatga haq to‘lash” element! bo‘yicha mos keluvchi xarajatlarga ishlab chiqarish natijalariga mukofotlar, qonunchilikda ko‘zda tutilgan norma doirasida rag‘batlantiruvchi va tovon shaklidagi to'lovlar, ishchilarga natural to‘lov shaklida beriladigan mahsulot qiymati, ishga kelinmagan vaqtlarga to‘lov (ta’tillarga, shtat qisqarganda, majburiy progullarga va b.), mehnatga haq to‘lash fondida belgilangan tartibga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar kiradi.
“Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirma” element! bo‘yicha davlat ijtimoiy sug‘urta organlari, pensiya jamg‘armasi, davlat bandlik jamg‘armasi va tibbiy sug‘urtalarga davlat qonunchiligida o‘matilgan norma bo‘yicha ishchilaming mehnatiga haq to‘lovlardan chegirma qilinadi.
“Asosiy fondlar amortizatsiyasi” element! bo‘yicha qonunchilikka mos ravishda asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari summasi aks ettiriladi.

“Boshqa xarajatlar” elementi tarkibiga davlat qonunchiligida o‘matilgan tartibga muvofiq mahsulot tannarxiga soliqlar, sug‘urta fondlariga va boshqalarga ajratmalar: olingan kreditlar va boshqa qarz mablaglaming foizlariga to‘lovlar, xizmat safari xarajatlari, aloqa xizmati va boshqalarga tolovlar kiradi.


Xarajatlami elementlar bo‘yicha guruhlash ulardan foydalanishning aniq yo‘nalishini aniqlash (ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi asosiy faoliyat) va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yetarlicha toliq tahlil qilish imkonini bermaydi.
U yoki bu mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlami hisoblash uchun ular moddalar bo‘yicha guruhlanadi. Bu xarajatlar mazmunini tahlil qila olish va ulami hisob ob’yektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi.
Xarajat moddalari, deyilganda bir yoki bir necha elementlami qamrab olgan xarajatlar tushuniladi. Moddalar bo‘yicha xarajatlami guruhlash alohida elementlar yoki ulaming majmualari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tannarxga kiruvchi xarajatlar quyidagi moddalar bo‘yicha guruhlanadi:
  1. Xarajatlar 0‘simlikchilik:


  1. Ijtimoiy ehtiyojlarga chegiimalar bilan mehnatga haq to‘lash Urug‘lik va ekish materiallari


Mineral va organik o‘g‘itlar 0‘simliklami himoya qilish vositalari Ishlar va xizmatlar


Asosiy vositalami saqlash (neft mahsulotlari, amortizatsiya, joriy ta’mir)
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish Kreditlar bo‘yicha tolovlar Boshqalar П. Chorvachilik
  1. Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirmalar bilan mehnatga haq tolash Hayvonlami himoyalash vositalari


Ozuqa #


Ishlar va xizmatlar
Asosiy vositalami saqlash (neft mahsulotlari, amortizatsiya, joriy ta’mir)
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
Kreditlar bo‘yicha to‘lovlar Hayvonlarga dori-darmonlar Boshqalar
  1. Yordamchi ishlab chiqarish


V) Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirmalar bilan mehnatga haq to‘lash Ishlar va xizmatlar


Asosiy vositalami saqlash (neft mahsulotlari, amortizatsiya, joriy ta’mir)
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
Kreditlar bo‘yichato‘lovlar
Boshqalar
  1. Yordamchi sanoat bo‘linmalari


G) Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirmalar bilan mehnatga haq to‘lash Ishlar va xizmatlar


Asosiy vositalami saqlash (neft mahsulotlari, amortizatsiya, joriy ta’mir)
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
Kreditlar bo‘yicha to‘lovlar
Boshqalar
“Ijtimoiy chegirmalar bilan mehnatga haq to‘lash” moddasida haqiqiy bajarilgan ishlarga to‘langan asosiy va qo‘shimcha ish haqi, ishchilarga natural qiymati, rag‘batlantiruvchi xarakterdagi toiovlar, ish tartibi va sharoiti bilan bog‘liq holdagi tovon to‘lovlari, amaldagi qonunchilikka asosan navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillarga to‘lovlar (foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiyalar), mehnatga haq to‘lash fondida belgilangan tartibga mos holdagi boshqa turdagi to‘lovlar kiradi.
Shu moddaning o‘zida ijtimoiy ehtiyojlarga majburiy chegirmalar - ijtimoiy sug‘urtaga, Pensiya jamg‘armasi, Davlat bandlik fondi va tibbiy sug‘urtalarga ajratmalar ham qonunchilikda belgilangan normalarda aks etadi.
“Urug‘lik va ekish materiallari” moddasi urug‘lik o‘zi ishlab chiqqan va sotib olingan mos keluvchi ekinlami ekish uchun sotib olinadigan ekish materiallari va ko‘chatlar (ko‘p yillik yosh ko‘chatlardan, kapital jamg‘armalar hisobidan bog‘ yaratish kabilardan tashqari); urug'lik va ekishga uruglikka xarajatlar (zararkunandalami zaharlash, jflik ortish)ni o‘z ichiga oladi.
“Mineral va organik o‘g‘itlar” moddasi qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan yerga solinadigan o‘g‘itlar shu jumladan, sanoat yo‘li bilan
ishlab chiqariladigan mikroo‘g‘itlar, bakterial shuningdek, organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) ga xarajatlar kiradi.
“0‘simliklami va hayvonlami himoyalash” moddasiga pestitsidlar, zaharlovchi moddalar, gerbitsidlar, difaliantlar va boshqa kimyoviy hamda biologik moddalami-begona o‘t!ar, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi ishlatiladigan vositalami sotib olish xarajatlari; foydalaniladigan biopreparatlar, medikamentlar va dezinfektsiyalovchi vositalar bahosi va ularda chorvachilikda foydalanish bilan bog‘liq chiqimlar kiradi.
“Ozuqalar” moddasida o‘zlari yetishtirgan va sotib olingan ozuqalarga qilingan xarajatlar, ozuqa sexlarida ozuqa tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar aks etadi.
“Qayta ishlash uchun xom-ashyolar” moddasiga tayyorlanadigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki uni tayyorlash uchun zarur tarkibiy qism bo‘lgan xom-ashyo sotib olishga qilingan xarajatlar: kombikorma ishlab chiqarishda-bu don, aralash donlar, o‘t (ko‘chat)dan tayyorlangan un, ozuqa xamirturishi, suyak va baliq uni va boshqa komponentlardan iborat; sut mahsulotlari tayyorlashda - sutning narxi, sut mahsulotlari, shakar, valinin va boshqalaming bahosi kiradi.
“Ishlar va xizmatlar” moddasi bo‘yicha ishlab chiqarish ehtiyojlarini va tashqaridagi tashkilotlarning ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarini qoplash uchun o‘z tashkilotining yordamchi ishlab chiqarishidagi ishlarga va xizmatlarga sarflangan xarajatlar aks etadi. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining yordamchi ishlab chiqarishiga quyidagilar kiradi: avtomobil yuk tashish transporti, ot-arava, tashkilot traktorlari bilan bajariladigan ishlar, ishlab chiqarish va xizmatni, elektr, issiqlik, gaz va suv bilan ta’minlash, qurilmalarini ta’mirlash ustaxonalarini (agar u yordamchi sanoat ishlab chiqarishiga ajratilmagan bo‘lsa) ham yuqoridagilar bilan ta’minlash.
“Asosiy vositalami saqlash” moddasiga bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalami saqlash bilan bog‘liq xarajatlar: asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash (qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida band bo‘lgan traktorchi- mashinistlardan tashqari) yoqilg‘i va moylash materiallariga qilingan sarflar; asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari (eskirish); ta’mirlashning hamma turiga va asosiy vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qilingan xarajalar va boshqalar kiradi.
“Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” moddasi bo‘yicha umumishlab chiqarish (brigadalarda, fermalarda, sexlarda va korxonaning boshqa bo‘linmalarida) va umumxo‘jalik (korxona bo‘yicha umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq) xarajatlari aks etadi.
Umumishlab chiqarish va umumxo‘jalik xarajatlarini ishlab chiqarishning turli tarmoqlari va mahsulot qiymatini hisoblab chiqish ob’yektlari (ish xizmat) orasida xarajatlaming umumiy summasi proportsional taqsimlanadi (ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlaridan tashqari), bunda urug‘lik, ozuqa shuningdek, yordamchi sanoat ishlab chiqarishida xom-ashyo materiallar va yarim fabrikatlar narxi istisno qilinadi.
“Kreditlar bo‘yicha to‘lovlar” moddasi bo‘yicha banklardan olingan foizlar to‘lovi (asosiy vositalami sotib olish bilan bog‘liq ssudalar nomoddiy va boshqa oborotlar, tashqari aktivlar istisno), yetkazib berilgan tovar moddiy boyliklarga kechiktirilgan to‘lovlar foizlari, olingan qarz mablaglari bo‘yicha xarajatlar aks etadi. Ular mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarishga bevosita xarajat tarzida proportsional taqsimlanadi.
“Hayvonlarga tekkan ofatlardan yo‘qotishlar” moddasiga boquvda bolgan yosh va katta chorva mollari, parrandalar, shuningdek, asalari oilalari (aybdor shaxslarga tegishli va tabiiy ofatlar tufayli yo‘qotishlardan tashqari)ning halokati tufayli yo‘qotishlar kiritiladi.
“Boshqa xarajatlar” moddasida mahsulot ishab chiqarish bilan bevosita bog‘liq, leldn yuqoridagi moddalardan birortasiga ham tegishli bolmagan xarajatlar; yer uchun to‘lov, maxsus kiyimlar va oyoq kiyimlammg eskirishi; hayvonlarga to‘shamalarga (somon, pohol) xarajat; chorva mollarini sun’iy urug'lantirish uchun xarajatlar; fermani o‘rab olish uchun; yozgi lager (yaylov)lar qurish va ulami saqlash kabilar; yangi ishlab chiqarish ob’yektlarini ekspluatatsiyaga kiritishni o‘zlashtirish bilan bogliq ishga tushirish-sozlash ishlari (chorvachilik komplekslari, issiqxona kombinatlari, pamiklar, parrandachilik fabrikalari va boshqalar).
Boshqa bevosita xarajatlar mos keluvchi qishloq xo‘jalik ekinlari (ekinlar guruhi) ga, hayvonlar turlariga, yordamchi sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari va boshqalarga tegishli.
Tarmoqlar va mahsulot turlari bo‘yicha tannarxlar tahlil qilinganda alohida elementlar va moddalar bo‘yicha haqiqiy xarajatlaming rejadagidan ortiq bo‘lishi sabablari aniqlanadi. Tahlil natijalaridan ishlab chiqarishning kelgusida iqtisodiy samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish choralarini (ishlab chiqarishni rejalashtirishda foydalaniladi, Qishloq xo‘jaligini intensifikatsiyalash sharoitida tannarxni rejalashtirishda ishlab chiqarishning texnik darajasi ortishi), texnologiyani, hayvonlaming yuqori mahsuldor zotlarini, qishloq xo‘jalik ekinlarining gibrid va navlari natijasida xarajatlar qisqarishi ehtimolini hisobga olish lozim.
Qishloq xo‘jaligida o‘simlikchilik, chorvachilik va yordamchi ishlab chiqarishning hamma asosiy turdagi mahsulotlari tannarxi aniqlanadi. Mos keluvchi ekin va hayvon turidan olingan alohida turdagi mahsulotlaming tannarxi ushbu turdagi (guruh) ekin va hayvonlarga qilingan xarajatlardan kelib chiqib, aniqlanadi.


  1. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlaming tannarxini hisoblash usullari

Qishloq xo‘jaligida tannamri hisoblab chiqish bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, dehqonchilikda ishlab chiqishning yillik sikli, shuningdek, ishlab chiqarish va ish davri orasidagi farqlar tannarxni faqat xo‘jalik yili tugagandan keyingina hisoblab chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, o‘simlikchilik mahsulotlarininig salmoqli qismi o‘z xo‘jahgida ozuqa sifatida ishlatiladi, shuning uchun awal o‘simlikchilik mahsulotlarining tannarxi aniqlanadi, undan keyingina chorvachilikniki. Ikkinchidan, ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlardan birdaniga bir necha turdagi mahsulot olinadi va xarajatlami ular orasida taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Uchinchidan, tug‘allanmagan ishlab chiqarish hajmini faqat yil oxirida (1 yanvar holati bo‘yicha) aniqlash mumkin. To‘rtinchidan, alohida turdagi mahsulotlami ishlab chiqarish yakunlanish joyi umuman farqlanadi.


Tannarxni hisoblab chiqishda xarajatlaming umumiy miqdori mos keluvchi ekinlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha taqsimlanadi. Shu bilan quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
  • xarajatlami mahsulotlaming mos keluvchi turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish;


  • xarajatlami alohida qishloq xo‘jalik ekinlari, hayvonlarining mahsulotlari o‘rtasida mahsulot olinganlar uchun umumiy bo‘lgan belgilardan bin bo‘yicha proportsional ravishda (masalan, ulardagi mavjud to‘la qimmatga ega don, ozuqa moddasi va boshqalar);


  • maxsus yo‘l bilan olingan mahsulotning alohida turiga qilingan xarajatai baholash va ulami ma’lum nisbiy ko‘rsatkichlarda ifodalash (masalan, ozuqa kunida alohida turdagi hayvonni parvarishlash, ma’lum texnologik guruhdagi chorva mollarini parvarishlashning umumiy summadan foiz sifatidagi xarajatlari va boshqalar).


  • rejali tartibda belgilanadigan, iqtisodiy asoslangan koeffitsientlami qo‘llash yordamida xarajatlami taqsimlash; bunda mahsulotlardan birining turiga 1 boshqa turlariga asosiy turdagi koeffitsient orqali xarajatlar qabul qilinadi:


  • pul shaklida ifodalanuvchi xarajatlarning umumiy miqdoridan yondosh mahsulotlarga qilingan xarajatlami istisno etish; yondosh mahsulotlami pulda baholash normativ (hisob-kitobli) yoki haqiqiy xarajatdan kelib chiqib amalga oshiriladi;


  • xarajatlami mahsulot qiymatining realizatsiya bahosiga proportsional ravishda taqsimlash.


0‘simlikchilikda tannarxni hisoblab chiqish ob’yekti-har bir qishloq xo‘jalik ekinidan olinadigan asosiy va yondosh qo‘shimcha mahsulotlaming har xil turi paxta, g‘o‘za poyasi, don, don chiqindilari, somon, yog‘li ekinlar urug‘i, kartoshka, so‘talar, (karam) piyozlar, mevalar va boshqalar. Bundan tashqari, bu yil keyingi yilgi hosil uchun qilingan va tugallanmagan ishlab chiqarishga kiruvchi, kelgusi davr xarajatlariga kiruvchi qishloq xo‘jalik ishlarining tannarxi ham aniqlanadi.


Chorvachilikda tannarxni hisoblab chiqish ob’yektlari - sut, nasi olish, tirik vaznning oshishi, jun, tuxum, asal va boshqalar.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishlarida tannanmi hisoblab chiqish-aralash ozuqalar, ozuqa aralashmalari, qo'shimchalar (ozuqaga) donador, briketlar, un, yorma, konservalar, sharbatlar, o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari va boshqalar.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi tannarxni hisoblab chiqish ob’yekti quyidagilar. yuk tashishda tonna-kilometr, maxsus mashinaiarning ishida mashina-kun, ishning etalon gektari, issiqlik energiyasi birligi, suvning kub metri, ta’mirlash ustaxonasida tayyorlanadigan buyumlar va o‘sha yerda bajariladigan ishlar.
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblab chiqish quyidagi izchillikda bajariladi:
  • asosiy vositalami saqlash bo‘yicha xarajatlar rejalashtirish va xarajatlami hisobga olish ob‘yektlariga taqsimlanadi;


  • asosiy ishlab chiaqrishga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi va qo‘shimcha sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari (ishi xizmati) tannarxi hisoblab chiqiladi;


  • yerga ishlov berish va uni quritish bo‘yicha xarajatlar taqsimlanib, o‘sim1iklarni changlatish bo‘yicha asalarichilikning xizmati hisobdan chiqariladi;


  • brigada (fermerlik) tarmoqqa oid (sexga oid) va umumxo‘jalik sarflar taqsimlanadi;


  • rejalashtirish va hisob ob’yektlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori aniqlanadi;


  • o'simlikchilik mahsulotlari tamarxi hisoblab chiqiladi;


  • ozuqa sexlarini saqlash bo‘yicha qilinadigan sarflar taqsimlanadi;


  • chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblab chiqiladi;


  • har bosh (qoramol)ning tirik vazni tannarxi aniqlanadi;


  • qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha (sanoat) ishlab chiqarish mahsulotlarining tannarxi hisoblab chiqiladi;


  • realizatsiyaga ishlab chiqarish xarajatlari tannarxini qo‘shish yo‘li Man o‘simlikchilik, chorvachilik va sanoat ishlab chiqarishi tovar mahsulotlarining to‘liq tannarxi hisoblab chiqiladi.


Va nihoyat, hisoblangan xarajatlami, mahsulotlaming birlashtirilgan turiga taqsimlanadi va uning o‘simlikchilikdagi, keyin chorvachilikdagi birligining tannarxi aniqlanadi.


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir vaqtning o‘zida bir necha tur mahsulot olinadi: asosiy qo‘shilgan va qo‘shimcha. Asosiy mahsulot olish uchun ishlab chiqarish tashkil etilgani (masalan, don ishlab chiqarishda-don, sutchilikda-sut va boshqalar). Qo‘shilgan mahsulot - bitta qishloq xo‘jaligi ekinidan yoki bir turdagi hayvondan olinadigan ikki yoki undan ortiq turdagi mahsulot. Masalan, qoramolchilikda sut va nasi, qo‘ychilikda jun va nasi olish, parrandachilikda tuxum, go'sht va boshqalar. Qo‘shimcha mahsulot - bir
iT/ida asosiy mahsulotdan olinadigan, lekin ikkinchi darajali
ahamiyatga ega bo'ladigan mahsulotdir (somon, pohol, poya, go‘ng va boshqalar).
Qishloq xo‘jalik korxonasida hamma turdagi mahsulotlar tannarxini hisoblab chiqiladi: asosiy qo‘shilgan va qo'shimcha. Mahsulot tannarxini
hisoblash o‘simlikchilik va chorvachilik ekinlari tarmoqlari bo‘yicha yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishga ketgan xarajatlami taqsimlashdan boshlanadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlari tannarxini kalkulyatsiyalash ishlab chiqarish jarayoni tugagach, hamma xarajatlar va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy hajmi aniqlangach bajariladi: xarajatlaming hamma turini qo'shish bilan bevosita va bilvosita chorvachilik va o‘simlikchilikda ishlab chiqilgan har bir tur mahsulotga qilingan umumiy xarajatlar miqdori aniqlanadi. Keyin asosiy, qo‘shilgan va qo‘shimcha mahsulotlar soni aniqlanadi, shundan keyin xarajatlaming umumiy miqdori ana shu turdagi mahsulotlarga taqsimlanadi. Qo‘shimcha mahsulotlar tannarxi uning xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan qismi bo‘yicha hisoblanadi, holos.
Donli ekinlami yetishtirish va yig‘ib olishga qilingan umumiy xarajatlar donni tozalash va quritish xarajatlarini ham qo‘shiladi va don, don chiqindilari va somon tannarxiga kiritiladi. Xarajatlaming umumiy miqdorini (somonning qiymatini hisobga olmasdan) don va don chiqindilariga proportsional holda, ulardagi to‘liq qiymatli don ulushini hisobga olib taqsimlanadi.
Somonning tannarxi unga qilingan normativ bo‘yicha xarajatlardan kelib chiqqan (yig‘ib olish, presslash, transportda tashish va g‘aramlashga ketgan chiqimlar asosida) aniqlanadi.
1 tonnadan va don chiqindilarming tannarxi har bir turdagi mahsulotga qilingan xarajatlami, donning mos keluvchi va tozalangandan va quritilgandan keyingi don chiqindilarming natural massasiga bo‘lish bilan hisoblab chiqiladi.
Misol keltiramiz. Faraz qilaylik, xo‘jalik yiU uchun 1800 tonna (ishlov berilgandan keyingi og‘irlikda) kuzgi bug‘doy doni, 200 tonna foydalaniladigan don chiqindilari va 3000 tonna somon olindi. Chiqindilar ichida, laboratoriya ma’lumotlariga ko‘ra 50% don bor. Kuzgi bug‘doyga qilingan umumiy xarajatlar 1700 ming so‘m. Shu jumladan, somonni yig‘ib olish, transportda tashish va g‘aramlashga 100 ming so‘m sarflangan.
1 tonna don, don chiqindilari va somonning tannarxini hisoblash quyidagi tarzda bajariladi.
  1. Somonning tannarxi hisoblab chiqiladi:


100 ming so‘m.: 30001 = 33,3 so‘m/t


  1. Foydalaniladigan don chiqindilari to‘la qiymatga ega donga aylantiriladi:


(2001 50%): 100%= lOOt.


  1. Don chiqindilari hisobga olingan holda donning umumiy miqdori aniqlanadi:


1800t+100t=1900t


  1. 1 tonna donning tannarxi hisoblanadi:


(1700 ming so‘m. - 100 ming so‘m.): 1900 = 842 so‘m.


5.1 tonna don chiqindisining tannarxi hisoblab chiqiladi:
(842 so‘m. • 50 %) : 100 % = 421 so‘m.
Chorvachilikda ham mahsulot tannarxi ana shunday usulda hisoblab chiqiladi. Go‘ngga qilingan xarajatlar normativ (hisob-kitobli) xarajatlardagi uni yig‘ish va to‘shama qiymatidan keUb chiqib, aniqlanadi. 1 tonna go‘ng tannarxi xarajatlarning umumiy miqdorini uning natural massasiga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Sutchilik, qoramolchilikda sut va nasi tannarxiga sog‘in sigirlar va mahsuldor buqalami parvarishlashga (go‘ngga xarajatlardan tashqari) qilingan xarajatlar kiritiladi.
Xarajatlarning umumiy miqdoridan go‘ngning qiymati chiqarib tashlangach qolgan xarajatlar ozuqalarga almashtirilgan energiya sarfiga mos holda taqsimlanadi: sutga 90 % nasi (buzoq)ga 10%.
Chorvachilikda 1 ts tirik vaznning tannarxi hisoblab chiqiladi. Ma’lum turdagi chorva moli (parrandalar)ga mos guruh bo‘yicha uni ushbu guruhga kiruvchi tirik vaznning ortishim ushbu o‘sishning og‘irligiga bo‘lish bilan xususiy sifatida hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida tannarxning roli va ahamiyati keskin ortadi. Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazardan uning pasayishi quyidagilarga imkon beradi:
  • korxona ixtiyorida qoladigan oddiygina emas, kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga imkon beruvchi foyda (daromad)lami ko‘paytirish;


  • ishchilami moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash va ijtimoiy muammolami hal etish;


  • korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash;


  • o‘z mahsulotlarining narxini pasaytirish, shu bilan uning raqobatbardoshligini oshirish va reahzatsiya hajmini ko‘paytirish;


  • aksionyerlik jamiyatlarida dividendlar bo‘yicha to‘lovlami ko‘paytirish va ulaming stavkasini oshirish.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi bevosita korxonaga bog‘liq bo‘lgan (ichki) va bog‘liq bo‘lmagan qator omillarga bog‘liq. Tashqi omillar-inqiroz, xom-ashyo, yoqilg‘i va boshqalaming tarifi va narxi oshishi kabilardan iborat.


Ichki omillar esa korxonaning moddiy mehnat va (material) pul mablag‘lari resurslaridan to‘liqroq va tejamkorlik bilan foydalinishdir (ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish, mehnatni optimal tashkil etish va boshqarish va boshqalar).
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablari turli xil ishlab chiqarish vositalari, ehtiyot qismlar, yoqilgl moylash materiallari xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar, xizmatlarining bahosi ortib borishi, ishlab chiqarish resurslaridan yetarlicha samarali foydalanilmayotganidir. (12.1-jadval).

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling