Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar darajasi va samaradorligi
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar darajasi va samaradorligi
Chorvachilikni joylashtirishda mehnat resurslarining mavjudiligi, fermani mexanizatsiya bilan ta’minlash kabilar ham hisobga olinadi. Sutchilikka ixtisoslashgan chorvachilik bu sohaning eng sermehnat tarmoqlaridan hisoblanadi va nisbatan ko‘p mehnat sarfi talab qiladi. Sigirlami sog‘ib olish uchun mehnat sarfi yiliga bir bosh sigirga 40-50 kishi/soat, ya’ni sigirlarga xizmat qilishdagi umumiy mehnat sarfining 32% gacha tashkil etadi. Bu sohada mehnat sarfini faqat taraqqiy etgan texnologiyani joriy etish bilangina pasaytirish mumkin. Sut ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradoriigi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: 0‘rtacha bir yilda bir sigirdan sut sog‘ib olish, 11 sut uchun qilingan ozuqa sarfi, 11 sut tannarxi, 11 sut va ishlab chiqarishning yillik hajmi hisobiga sof foyda va rentabellik. Qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiyasi moddiy-pul resurslari va jonli mehnat sarflari (mehnatga haq to‘lash shaklida hisobga olinadigan) bilan bog‘liq. Bu xarajatlaming yig‘indisi ishlab chiqarish xarajatlari degan nom bilan yuritiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari individual (alohida tashkilotlar) va ijtimoiy (mamlakat miqyosida, umuman, jamiyat) ga bo‘linadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy sarfi ustama qiymat bilan mahsulot (tovar) qiymatini tashkil etadi. Ular mahsulot (tovar) narxining iqtisodiy asoslari hisoblanadi. Mahsulot tannarxi deyilganda mahsulot ishlab chiqarish uchun pul shaklida qilingan hamma xarajatlar (ishlab chiqarish xarajatlari) va xarajatlarga qo‘shilgan ustama qiymatning bir qismi (ish haqiga, ijtimoiy ehtiyojlar uchun ustama) tushuniladi. Tannarxlaming quyidagi turlari mavjud: individual, ijtimoiyga oid, ishlab chiqarishga oid, to‘liq (tijorat), rejali, haqiqiy, mahsulot birligiga, hamma mahsulotga. Ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ijtimoiy ehtiyojlarga va yerga soliq to‘lovlari kiradi. To‘liq (tijorat) tannarx - bu realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi. U ishlab chiqarish tannarxi va mahsulot realizatsiyasiga qilingan sarflardan iborat. Ishlab chiqarish sarflari va mahsulot tannaxxidagi xarajatlar o‘z tarkibi, iqtisodiy vazifasi va ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra bir xil emas. Hisob- kitob va hisobotlami yuritishni soddalashtirish uchun xarajatlar klassifikatsiyalanadi. Xarajatlar klassifikatsiyasi ulami elementlar va moddalar bo‘yicha bo‘lishni ko‘zda tutadi. Xarajatlaming iqtisodiy elementlari - bu xarajatlaming eng past, dastlabki hisobga olish shakli. Ular turlicha tarkibiy qismlarga, masalan, urug‘lik va ekish materiallari, ozuqa, yoqilg‘i-moylash materiallari kabilarga ajralmaydi. Mahsulot tannarxini hisoblashda (klassifikatsiyalanganda) xarajat elementlari xarajat moddalariga qo‘shiladi, masalan, o‘simliklami, hayvonlami himoyalash vositalari, asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar va b. Xarajatlaming ayrim moddalari bir xil elementlardan iborat, shu bois ular o‘z nomlari bilan xarajat elementlaridan farqlanmaydi. Masalan, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq toiash, ozuqa, urug‘lik va ekish materiallari, mineral va organik o‘g‘itlar. Bu - xarajatlaming oddiy moddalari. Undan tashqari, xarajatlaming kompleks bandlari ham mavjud. U bir xil bo‘lmagan elementlardan tashkil topgan. Ularga asosiy vositalami saqlash uchun qilingan chiqimlar, ishlar, xizmatlar, ishlab chiqarish va boshqarishm tashkil etish uchun xarajatlar kiradi. Xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shilish xususiyatiga ko‘ra bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvositaga bo‘linadi. Bevosita xarajatlar mahsulot tannarxiga to‘liq, qayta taqsimlashlarsiz (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash, urug‘lik va ekish materiallari, ozuqa) o‘tkaziladi. Bilvosita xarajatlar esa mahsulot tannarxiga qo‘shilishidan oldin mahsulotlaming turli xillari orasida qayta taqsimlanadi. Masalan, “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish” bo‘yicha xarajatlar moddasida umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari o'simlik- chilikda - urug‘lik va ekish materiallaridan, chorvachilikda - ozuqa, mahsulotlami qayta ishlashda xom-ashyo, materiallami istisno qilganda, xarajatlaming hamma moddalariga bevosita proportsional taqsimlanadi. Ishlab chiqarishdagi ahamiyati bo‘yicha xarajatlar asosiy va qoplamaga bo‘linadi. Qoplamaga umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari, asosiyga esa qolgan hamma xarajatlar kiradi. Bitta tarmoqdagi turli xil mahsulotlaming tannarxi xarajatlaming bir xil turdagi moddalaridan iborat bo’ladi. Chorvachilikdagi mahsulotlar tannarxi xarajatlaming quyidagi moddalaridan jamlanadi: Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash Umg‘lik va ekish materiallari Mineral va organik o‘g‘itlar 0‘simliklami himoya qilish vositalari Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar Ishlar va xizmatlar Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar Va boshqalar Chorvachilik mahsuloti tamarxiga xarajatlarning quyidagi moddalari kiradi: Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash Ozuqa
0‘simliklami himoya qilish vositalari
Asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar Ishlar va xizmatlar Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar Chorva mollarining halok bo‘lishidan yo‘qotishlar Va boshqalar Yordamchi sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxi xarajatlarning quyidagi moddalaridan iborat: Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirma bilan mehnatga haq to‘lash Xom-ashyolar va materiallar Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar Ishlar va xizmatlar Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha xarajatlar Va boshqalar Qayta ishlash sanoati tashkilotlarida mahsulot tannarxi xarajatlarning quyidagi moddlaridan iborat: Xom-ashyo va materiallar Qaytadigan chiqitlar Tashqaridagi tashkilotlaming ishlab chiqarish xarakteridagi xarid mahsulotlari, yarim fabrikatlar va xizmatlari Texnologik maqsadlarga yoqilg‘i va energiya Ishlab chiqarishdagi ishchilar mehnatiga haq to‘lash Ishlab chiqarishdagi ishchilaming qo‘shimcha ish haqlari Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar Ishlab chiqarishga tayyorgarlik va uni o‘zlashtirish chiqimlari Uskunalami saqlash va ekspluatatsiyasi chiqimlari Umumishlab chiqarish xarajatlari Umumxo‘jalik xarajatlari Brakdanyo‘qotishlar Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar t sut va nasi olishdagi 1 bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sutchilikka yo‘naltirilgan asosiy poda bo‘yicha hamma xarajatlardan go‘nglarni tozalashga ketgan xarajatni hisoblash kerak. Qolgan xarajatlami sutga (90%) va buzoqga (10%) nisbat beriladi. Shundan keyin 1 t sut va 1 bosh buzoq tannarxi hisoblab chiqiladi. Misol. Xo‘jalikda sog‘in sigirlaming asosiy podasiga qilingan sarflar 4291 ming so‘mni, shu jumladan, go‘ngni tozalash xarajatlari 40 ming so‘mni tashkil etdi. 1379.3 t sut yetishtirilib, 421 bosh buzoq olindi. Mahsulotlaming tannarxini hisoblash kerak bo‘ladi. Hamma xarajatlardan go‘ngni yig‘ish uchun ketgan xarajatni ajratib olamiz: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling