Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
So‘zboshi Qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi, bu - ishlab chiqarishning barqaror ishlashini ta’minlash
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
So‘zboshi
Qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi, bu - ishlab chiqarishning barqaror ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste’moli 55-70 foizni tashkil qilmoqda. Chakana savdoda oziq-ovqat mahsulotlari importi salmog‘i 40 foizdan ziyod. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...iqtisodiy islohotlami, mamlakatni modemizasiya qilishni davom ettirish hamda chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va shu asosda o‘z fuqarolari uchun munosib turmush sharoitini yaratishni o‘zining istiqboldagi muhim vazifalari deb biladi.”2 Qishloq xo‘jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlar maydoni, sifati, moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari, mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) bo‘yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish, xarajatlami tejash, mahsulotlaming va xizmatlaming baholarini belgilash va qishloq xo‘jalik korxonalarining daromadlarini ko‘paytirish yo‘llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor shakllariga o‘tildi va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilaming salmog‘i oshdi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy sog‘lom- lashtirish, davlat byudjeti subsidiyalari orqali kredit tizimidan foydalanish, hosilni sug‘urtalash va boshqa bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qishloq xo‘jaligining barqaror va jadal rivoji hozircha ta’minlangani yo‘q. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida innovatsiya, zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda xo'jalik yuritishning yangicha shakllaridan foydalanish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin. Shu bilan bir qatorda, qishloq va boshqa ASM korxonalari mutaxassislarining iqtisodiy tayyorgarlik darajasiga keskin talablar qo‘yilmoqda. Ushbu talablarga javob berish uchun «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. 0‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ohb borilayotgan iqtisodiy islohotlar yo‘nalishlarining mazmun va mohiyatini yoritishda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun- larga, Prezident I.A.Karimov asarlariga, Prezident farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslandik. Agrar sohada amalga oshirilayotgan asosiy iqtisodiy munosabatlaming ahamiyatini Respublika Makroiqtisodiyot va Statistika qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlaridan foydalangan holda jadvallar, rasmlar, diag- rammalar, grafiklar yordamida yoritilishga harakat qildik. Darslik 0‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari va Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan tasdiqlangan (2008 yil 20 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi asosida №BD-53401A01 bilan ro‘yxatga olingan) «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, ushbu darslikda o‘qitishning yangi usullari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda- lanilgan holda har bir mavzuning maqsadi, mazmuni, mohiyati va ahamiyati yoritilgan, hamda mavzu bo‘yicha nazorat va muhokama uchun savollar, tayanch iboralar va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» darsligi asosan Ohy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti muammolari bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvcliilar, talabalar, tadqiqotchilar, aspirantlar va tadbirkorlar ham foydalanishi mumkin. Ushbu darslik qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti bilan bog‘Uq muammolar, masalalar va ulami tarmoq ishlab chiqarishiga joriy etish uchun imkoniyatlami kengaytirishga yordam beradi degan fikrdamiz. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining darsligi sifatida unga bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflami minnatdorlik bilan qabul qilamiz va ulami keyingi nashrlami tayyorlash va chop etish jarayonida e’tibordan qochirmaymiz. Shuningdek kitobni tayyorlash va chop etishda yordam berganlaming barchasiga samimiy minnatdorchilikbildiramiz. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling