Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Mehnat bozori, mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- K-mm = E I MM: - MM: £ MM;
Mehnat bozori, mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi
Qishloq xo‘jaligida va qayta ishlovchi tarmoqlarda mehnat resurslaridan foydalanishning o‘ziga xosligi ishlab chiqarish davrlarining bir-biriga mos kelmasligi natijasi bo‘lgan mehnatning davriyligidir. Davriylik ekish, o‘simliklami parvarishlash, hosilni yig‘ib olish, qishloq xo‘jaligi xom-ashyolarini qayta ishlash davrida mehnatga ehtiyojning ortishi va uning qish davrida kamayishida ifodalanadi. Chorvachilikda, sanoat ishlab chiqarishida, avtotransportda mehnat sarfi yil davomida deyarli bir xil. Mehnatning davriyligi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlami keltiramiz. Yillikka nisbatan mehnat sarfming oylik taqsimlanishi (foizlarda). Mehnatdan bir tekis foydalanishda o‘rtacha xarajatlar 8,33 % (100:12) ni tashkil etadi. Davriylik faoliyat davri ko‘lami (tebranish) oylik maksimal mehnat sarfining (MMmaj.) minimaliga odam/soat; nisbatidir. MMmax. Dfd= Mehnat resurslaridan foydalanishning davriylik koeffitsienti xo‘jalikning o‘rtaeha oylik xarajatlari bilan (X,,},) maksimal yoki minimal ish hajmiga oylik xarajatlari nisbati bilan xarakterlanadi: ММщах- MMmin Dk = yoki Dk = Xoh* Hoh Mehnat mavsumiyligining yillik koeffitsienti - mehnatning oylar bo‘yicha haqiqiy sarflanish summasi og‘ishining (MM:) yillik mehnat sarfi 0‘rtacha oyligiga nisbatidir (X MM:): K-mm = E I MM: - MM: £ MM; Qishloq xo‘jaligida mehnatning davriyligini hozircha oldini olish imkoni yo‘q. Biroq ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalarining ko‘p yillik ish tajribalari uni minimumga tushirish mumkinligini aniqladi. Amaliyotda davriylikni yumshatishning turli-tuman yo‘llari ishlab chiqildi: eng sermehnat ishlab chiqarish jarayonlrini iloji boricha maksimal darajada mexanizatsiyalashtirish, eng dolzarb davrda yuqori imumdor texnika va uskunalami joriy etish mehnatni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi; turli muddatlarda ekiladigan navlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarim va mehnat sarfini tenglashtirishga yordam beruvchi tarmoqlami birga qo‘shib olib borish; qishda ishchilami band qilish imkonini beruvchi yordamchi va qayta ishlash korxonalarini; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqilgan joyida qayta ishlash va uzoq muddatli integratsiyani rivojlantirish; qayta ishlash korxonalarida kam mehnat talab qiladigan va yarim fabrikat xom-ashyolami ommaviy keltirish davridagi ishlab chiqarishda uncha ko‘p kuch talab qilinmaydigan davrda (qishki, bahorgi) yakuniy mahsulotlar ishlab chiqish; ASM tarmoqlarida mehnatning davriyligini yengillashtirish ishchi kuchi soni optimal bo‘lganda yil davomida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligida mehnatning mavsumiy xarakterida qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha ishchi kuchiga talabni aniqlash zarur (ekish, yig‘ib olish, ishlov berilgan ekinlar parvarishi va boshqalar). Buni formula orqali aniqlash mumkin: Ih It = In Bunda Ih - ish hajmi. t. ga; In - ishlab chiqarish normalari t.ga; Am - agrotexnika ishlarini o‘tkazishning optimal muddatlari, kunlari. 0‘simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari bo‘yicha mehnat resurslariga talab har bir ekin va har bir chorva moli turi bo‘yicha tuzilgan texnologik karta asosida belgilanadi. Chorvachilikda mehnat kuchiga talab, shuningdek, chorva molining bir ishchiga to‘g‘ri kelishi me’yorini hisobga olib ham aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ishning ko‘p qirraliligida va bajarish muddati qisqa bo‘lgan mehnat fuxiksiyalarining ishchilar tomonidan birga olib borilishida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishi bilan agrar mehnat asta-sekin sanoatning bir ko‘rinishiga aylanmoqda. Bu alohida ishlab chiqarish jarayonlari - sanoat asosida yo‘lga qo'yilgan (parrandachilik, chorvani sanoat asosida bo‘rdoqiga boqish va boshqa) chorvachilikda aniq ko‘rinadi. Biroq qishloq xo‘jahgi mehnatining o‘ziga xosligi tarmoqni sanoatlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlariga ta’sir etadi. Qishloq xo‘jaligida ishchi kuchidan foydalanish darajasiga va agrosanoat ishlab chiqarishi samaradorligida ta’sir etuvchi muhim omil korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligidir. Ishchi kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi bajarilmasligiga, dala ishlarini o'tkazishning optimal agrotexnik muddatlariga amal qilmaslik, oxir-oqibatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan keragidan ortiq ta’minlanganlik esa ishchi kuchidan to‘liq foydalanmaslik va mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi va ASM laming boshqa tarmoqlari mehnat resurslari bilan, mehnat bilan ta’minlanganlik va ta’minlanmaganlik koeffitsientini izohlaydi. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini mavjud talablarga yoki yer maydoni birligiga zarur ishchi sonini taqqoslash bilan aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligining mehnat bilan ta’minlanganligi 100 ga yer maydoniga to‘g‘ri keladigan ishchilar soni bilan izoblanadi. Mr Mt = x 100 s Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti mavjud mehnat resurslarining (MR^ ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun ulaming talab qilinadigan soniga nisbati bilan aniqlanadi (MR*): MR,* Mtk = MRt Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi haqida qishloq xo‘jalik ekini maydonining bir ishchiga to‘g‘ri keladigan hisobida ham aniqlash mumkin. Biroq 100 ga qishloq xo‘jaligi ekiniga ishchilar soni yoki bir ishchiga qishloq xo‘jaligi ekini maydonining hisob-kitobi mehnat resurslari bilan ta’minlanganlikni yetarlicha aniq ravishda xarakterlay olmaydi. Chunki, bunda qishloq xo‘jalik korxonasining intensifikatsiya va ixtisosligi darajasi bo‘yicha farqi hisobga olinmaydi. Xo‘jalikning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti yaxshiroq aniqlanadi. Qishloq xo‘jalik korxonasini ishchi kuchi bilan ta’minlash muammosini hal etishda mehnat bozori muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling