Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Mehnat va mehnat resursi, mehnat bozori, mehnat balansi, mehnat unumdorligi
- Mehnat resurslari
0‘quv maqsadi: Respublika qishloqlaridagi aholi va mehnat resurslari tarkibi, mehnat resurslarining huquqiy asoslarini, mehnat bozori segmentini o‘rganish, mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlami aniqlash, mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi darajasini tahlil qilish, mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillami aniqlash, rivojlangan davlatlardagi mehnat unumdorligiga oid ilg‘or yutuqlami joriy etish va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlami shakllantirishdan iborat.
Tayanch iboralar: Mehnat va mehnat resursi, mehnat bozori, mehnat balansi, mehnat unumdorligi, Respublika qishloqlaridagi aholi, mehnat va mehnat resurslari Mehnat - bu insonning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, uning jarayonida moddiy va ma’naviy qiymatga ega mahsulotlar yaratiladi. Mehnat resurslari mamlakat aholisining bir qismi bo‘lib, ular xalq xo‘jaligida ishlash uchun jismoniy imkoniyatlar, bilim va amaliy tajriba yig‘indisiga ega bo‘ladi. Ular o'zlariga aholining 16 dan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollami, 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan mehnatga qobiliyatli erkaldami, shuningdek mehnatga yaroqlilik yoshidan katta yoki kichik xalq xo‘jaligida haqiqatan band bo‘lganlami (ishlaydigan pensionyerlar va maktab o‘quvchilari) qamrab oladi. Mehnat resurslari jamiyatning asosiy va mahsuldor kuchi sifatida oqilona foydalanilganda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mahsu- lotlarining o‘sishini va ulaming iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi)-moddiy qiymatliklar ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etishga imkoniyatli shaxslaming yig‘indisi. Band aholi ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan shaxsdir. Aholining band qismiga yollanib ishlaydiganlar, tadbirkorlar, erkin kasb egasi bo‘lgan shaxslar, harbiy xizmatchilar, kasbiy ta’limning kunduzgi shaklida o‘qiyotganlar kiritiladi. Qishloq xo‘jaHgidaband aholi soni 15-16 mln. kishini tashkil etadi. 15-16 mln. kishi yoki xalq xo‘jaligida band bo‘lganlaming 48 % i qishloq xo‘jaligida band. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida 4,1 mln. kishi yoki 38 % i ishlaydi. Bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida ish joyi bilan ta’minlash va xo‘jalik faoliyatida ishtirok etish bo‘yicha odamlar orasidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi. Aholining bandligi-odamlaming o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va ularga mehnat daromadlari keltixuvchi, shuningdek, haq to‘laydigan ishlami bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan (bola tarbiyasi, uy xo‘jaligini yuritish ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish ijtimoiy faoUyati) faoliyatlardir. Bandlik odamlaming faoliyat turlari bo‘yicha taqismlashni izohlaydi. Aholining salmoqli qismi iqtisodiy faoliyat bilan bandlami tashkil etadi. Iqtisodiy faoliyat bilan bandlar tovar ishlab chiqarish va turli xil xizmatlar ko‘rsatishda qatnashib, shunga bog‘liq holda o‘z daromadlari borasida boshqa odamlar guruhi, shaxslar yoki jamiyat bilan munosabatga kirishuvchi shaxslar. Ularga quyidagi shaxslar kiradi: haq olish uchun yollanib to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ish vaqtida ishlovchilar; kasallik, kasalni parvarishlaganlik, ta’til, ish tashlash va shunga o‘xshash sabablar bilan vaqtincha ishga bora olmaydiganlar; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar; oilaviy korxonalarda ish bajaruvchilar (haq olmasdan). “Bandlik” atamasi zamirida odamlaming jamiyat uchun foydali faoliyat bilan turli ko‘rinishlarda shug‘ullanishlari, ulaming zarur moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi intilishlari darajasi va ish joyi bilan ta’minlamshlari tuhuniladi. Bandlikning ikki shakli mavjud: to‘liq va to‘liqsiz. To‘liq bandlikda odamlar yil davomida ish bilan ta’minlangan bo‘ladilar. To‘Hqsiz bandlik ish kuchidan to‘liq foydalanmaslik bilan aniqlanadi. To‘liqsiz bandlikda odamlar to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, to‘liqsiz ish yili tartibida ishlashga majburlar. Bandlikning miqdoriy ko‘rsatkichi quyidagilar: bandlaming umumiy soni; . - to‘liq ish kuniga qayta sanalganda bandlar soni; ma’lum davrda (qoidaga ko‘ra, yilda) ishlangan odam/kunlar yoki odam/soatlar. Ishsizlar deb, 0‘zbekiston Respublikasi aholining bandligi haqidagi qonunchiligiga ko‘ra, rasmiy ravishda mehnat qilish xususiyatiga ega, lekin ishi va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo‘lmagan, davlat bandlik xizmatidan ish qidirayotgan ish qobiliyatiga ega va ishlashga tayyor shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fiiqarolarga aytiladi. Ishsizlarga biror sabab bilan ishdan bo‘shatilganlargina emas, o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shab, yangi ish topishga urinayotgan shaxslar ham kiradi. Ishsizlami to‘rtta toifaga ajratadilar: bo‘shatilish natijasida ishini yo‘qotganlar; o‘z ixtiyori bilan ishini tashlab ketganlar; dam olish (ta’til) dan keyin mehnat bozoriga kelganlar; mehnat bozoriga birinchi marta kelganlar. Ishsizlikning son ko‘rsatkichi uning darajasi va davomiyligi hisoblanadi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining soniga nisbatan rasman ro‘yxatga olinadi. Ishsizlar ulushi foizlarda aniqlanadi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling