Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Investitsiya, kapital qo‘yilma, ichki va tashqi investitsiya, irrigatsiya va melioratsiya, yangi texnika, samarali texnologiya, kapital qo‘yilmalarni loyihalashtirish
- Investitsiya
0‘quv maqsadi: Investitsiya haqida tushuncha, uning iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini yoritish, investitsiyalaming huquqiy asoslarini, investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) dan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlami, qishloq xo‘jaligida investitsiyalarga bo'lgan talabni aniqlash, ichki va tashqi investitsiyalami jalb etishning hozirgi holatini tahlil etish va investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Tayanch iboralar: Investitsiya, kapital qo‘yilma, ichki va tashqi investitsiya, irrigatsiya va melioratsiya, yangi texnika, samarali texnologiya, kapital qo‘yilmalarni loyihalashtirish Investitsiya haqida tushuncha, iqtisodiy mazmuni va ahamiyati Qishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zarur sharti ulami yetarlicha investitsiyalashdir. Agrar siyosatning muhim vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalash darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Investitsiya - daromad (foyda) olish maqsadida pul mablaglari (kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzoq muddatga qo‘yishdir. Ular o‘zlarida asosiy vositalami yaratish, kengaytirish rekonstruktsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlashni, shuningdek bular bilan bog‘liq aylanma fondlar o‘zgarishini aks ettiradi. Bundan tashqari, investitsiyalar - bu qimmatli qog'ozlarga patentli intelluktual huquqlarga ega bo‘lish va boshqalar. Investitsiyalar daromad (foyda) shakllantimvchi yoki ma’lum ijtimoiy samaraga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo‘viladi, Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar uchun quyidagi xarakterli tuzilishlarga ega: u qishloq xo‘jaligida va tarmoqlaming iqtisodiy rivojlanishiga bogliq bo‘lad i; resurslami sarflash va samara olishni ko‘zda tutadi; investitsiya qo‘yilmalaridan kelishi mumkin bolgan samara ehtimoli, tavakkalchilik xarakteriga ega; resurslami sarflash va samara olish orasida ma’lum (qoidaga ko‘ra, uzoq muddatli) vaqtinchalik (olchov birligi) mavjud bo‘ladi. Investitsion faoliyat o‘zida yuridik shaxs, fiiqaro va davlatning investitsiyalami realizatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlari yig‘indisini ifodalaydi. Investitsion faoliyat ob’ektlari quyidagilar: yangitdan tashkil etilgan va rekonstruktsiya qilingan asosiy vositalar, shuningdek, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlaridagi aylanma mablag‘lar; qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa); maqsadli pul qo‘yilmalari; ilmiy-texnika mahsulotlari va xususiy mulkning boshqa ob ’ ektlari; mulkiy huquq va intellektual mulk huquqi. Moliyaviy va real investitsiyalar farqlanadi. Moliyaviy investitsiyalar - bu aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olish, pullami foiz hisobiga bankiardagi depozit hisob raqamlariga qo‘yish. Real investitsiyalar-pul mablag‘larini kapital qurilishlar ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirish uchun qo‘yishlar. Real investitsiyalar bu xalq xo‘jaligi tarmoqlariga kapital qo‘yish. Kapital qo'yilmalari investitsiyaning asosiy turi bo‘lib, o‘zida harakatdagi asosiy vositalami yaratish, kengaytirish rekonstruktsiyalash va modemizatsiyalashga qilingan xarajatlar. Kapital qo‘yilmalar ob’ekda- mi ekspluatatsiyaga berilgunga qadar bo‘lgan davrdagi qurilishlami amalga oshirishga qilingan xarajatlar. Foydalanish yo‘nalishlariga qarab kapital qo‘yilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab chiqarish kapital qo‘yilmalari mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishga, noishlab chiqarish kapital qo‘yilmalari esa ijtimoiy muhitni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlar qurilishi; texnika (qishloq xo‘jaligi mashinalari, traktorlari) uskunalar va transport vositalarini sotib olish; ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, ulami ekspluatatsiya yoshigacha (hosilga kirguncha) o‘stirish; mahsuldor va ishchi chorva hayvonlarining asosiy podasini shakllantirish; yemi yaxshilash (inshootlarsiz). Asosiy fondlami takror ishlab chiqarish shakli bo‘yicha kapital qo‘yilmalar quyidagicha farqlanadi: yangi qurilishlarga; harakat (amal) dagi ob’ektlami rekonstruktsiyalash va texnika jihatdan qayta jihozlash; harakatdagi ob’ektlami kengaytirish; uskunalami modyemizatsiyalash; Kapital qo‘yihnalardan foydalanish samaradorligi salmoqli darajada ulaming strukturalariga bog‘liq. Kapital qo‘yilmalarining texnologik takror ishlab chiqarish tarmoqqa oid va hududiy strukturalari farqlanadi. Texnologik struktura deganda umumiy smeta qiymatidagi alohida xarajatlar ulushi (qurilish - montaj ishlari, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha - sinov ishlar va boshqa) tushuniladi. Mohiyatan texnologik struktura asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismi orasidagi nisbati bilan shakllantiradi. Takror ishlab chiqarish kapital qo‘yilmalarining ulardan foyda- lanishdagi turlicha yo‘nalishlar bo‘yicha ulushlarini ko'rsatadi (yangi qurilish, ishlab chiqarishni rekonstruktsiyalash va texnik qayta jihozlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish). Rekonstruktsiya va texnik qayta jihozlash yangi qurilishga nisbatan ancha foydaliroq, chunki ishlab chiqarishga quvvatlami kiritish muddati qisqaradi va taqqoslama kapital qo‘yilmalar sezilarli qisqaradi. Tarmoq strukturalari deyilganda kapital qo‘yilmal aiming ASM ning turli tarmoqlari va xalq xo‘jaligiga butunicha nisbati tushuniladi. Yuzaga kelgan sharoitlarda kapital qo‘yilmalaming qoplanish muddatlari eng kam va mahsulot ishlab chiqarishni tez o'stirish imkoniyatiga ega (parrandachilik, qoramolchilik, qorako‘lchilik va boshqalar) tarmoqlarga qo'yish afzal ko'rilmoqda (10.1-Rasm). Ummiiiy va tarmoqdagi kapital qo‘yilmalar bo‘yicha farqlanadi. Umumiy kapital qo‘yilmalar - qaysidir bir davrdagi kapital qo‘yilmalarining summasi, - lga qishloq xo‘jalik ekinlari (ekinlar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqalar) bir bosh chorva hayvoni o‘mi hisobidan mahsulot birligiga qo‘yilgan kapital qo‘yilma miqdori (10.1-jadval). Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling