Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi


Download 1.68 Mb.
bet91/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi

Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradoriigi birinchi navbatda mehnat unumdorligi bilan izohlanadi.


Mehnat unumdorligi - aniq mehnatning ish vaqti birligi ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish xususiyati.
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi tizimli ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi. Asosiy ko‘rsatkichlar - mahsulot ishlab chiqarish va uning mehnat sig‘imi (sermashaqqatliligi) dir.
Mehnat unumdorligi - ish vaqti birligida yoki ma’lum davrda (soat, smena, oy, yil) ishlab chiqilgan mahsulot hajmidir. Mehnat unumdorligi mahsulot hajmi natural va qiymat ifodasida o‘lchanishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi. Soatli (kunduzgi) mehnat unumdorligi vaqtning ishchi birligi hisobidagi natural yoki pul ifodasidagi yalpi mahsulot hajmi, kishi/soat, kishi/kun:
YAM
Mu =
T
Mehnat unumdorligi - bitta o‘rtacha yillik ishchi hisobiga to’g’ri keladigan pul ko‘rinishidagi yalpi mahsulot hajmi - so‘m:
YAM
4 =
tu
Mehnat imumdorligini aniqlashda ko‘pincha ishlab chiqarishga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich - mehnat sig‘imi (sermehnatlilik) olinadi. Mehnat sig‘imi - mahsulot birligiga kishi/soat, ish vaqtining sarfi - kishi/soat, s:
T
Ms =
YAM
Mehnat unumdorligining bilvosita ko‘rsatkichlari ma’lum ish hajmini bajarishga qilingan mehnat sarfini izohlaydi. Ularga: 1 ga yerga ekin bog‘ va rezavor ekinlar ekishga, hayvon turlariga qarab, bosh soniga, har bir ishchiga ekin ekishga sarflangan vaqt; vaqt birligida bajarilgan ish hajmi; alohida operatsiyalami bajarishga sarflangan mehnat (yer haydash, kultivatsiya, ekish va boshqalar), bilvosita ko‘rsatkichlar mahsulot ishlab chiqarishning oraliq davrlarida hisoblanadi va yil davomida mehnat sarfining o'zgarishini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklami tezkorlik bilan bartaraf etish va shu yo‘l bilan mehnatnig yakuniy natijalariga faol ta’sir o‘tkazishga imkon beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat jonli inson mehnati shuningdek, awalgi ishlab chiqarish vositalariga sarflangan mashinalar, ekish materiallariga, yoqilg'iga, urug‘likka, yem-xashakka va boshqalar ham kiradi. Ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish shunda ko‘rinadiki, jonli mehnat ulushi qisqaradi. Moddiy ishlab chiqarish o‘sadi. Shu tariqa mahsulot birligidagi mehnatning umumiy-massasi kamayadi.
Jonli mehnat sarfi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvositaga bo‘linadi. Mehnatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarfi - bu ishchilaming (mexanizatorlar, chorvadorlar va boshqalar) ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq mehnati. Ular turlicha mos keluvchi tarmoq mahsulotiga tegishli bo‘ladi. Mehnatning bilvosita sarflari-tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va xo‘jalikni boshqarish bilan butunlay band bo‘lgan ishchilaming (agronomlar, zootexniklar, muhandis-texnik xodimlar va boshqalar) mehnati. Bilvosita xarajatlami mahsulot turlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish haqi summasiga proportsional tarzda taqsimlanadi.
Mehnat sarfi ish vaqti bilan ifodalanib, kishi/soat va kishi/kun bilan hisobga olinadi.
Faqat jonli mehnatning unumdorlik darajasini hisobga olish qabul qilingan. Bevosita ish vaqtidagi moddiylik mehnat sarfi hisobga olinmaydi, ulaming hisobi mahsulot tannarxi hisoblanayotganda pul ifodasida bajariladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarishga jami mehnat sarfini hisobga olish (jonli va moddiy) metodi taklif etilgan. Metodning mohiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalariga aylantirilgan (mashinalarga, uskunalarga, qurilishlarga va boshqalar) va pul sifatida ifodalanuvchi awalgi mehnatni qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlarda ishchilarga o‘rtacha ish haqiga taqqoslash bo‘yicha ish vaqtiga aylantiriladi (kishi/soat, kishi/kun).
Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqishga jami mehnat sarfini hisoblab chiqish davomida moddiylashgan mehnatga tegishli - 60,9 %, jonli mehnat ulushiga 39,1 % to‘g‘ri keladi, shu jumladan, undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat sarfi 24,3 % dan iborat.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlami ham qo‘llash mumkin: kunning ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti, bir ishchi tomonidan yil davomida ishlangan kishi/soat soni, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi.
Kunning ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti ish kunining o‘rtacha haqiqiy davomiyligi 1^ ning xo‘jalikda o‘matilgan normativ Tn ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ih
F]f=
Im
Наг bir ishchining qishloq xo‘jaligicla ishlagan kishi/kuni soni quyidagiga teng:
’ lik
Mrf =
Mr
Bunda I* ~ hamma ishchilar tomonidan ishlangan kishi/kun.
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi - yil davomida ishchining haqiqiy ishlagan kishi/kunlari sonining, mavjud ish vaqtining fondiga nisbati;
Md
Mrf= x 100
In
Bunda In - ish vaqtining mayjud tutilgan fondi (290-320 kun).
Agrar islohotlar o‘tkazish davrida qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi oshdi. Qishloq xo‘jaligining bir ishchiga yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi deyarli 25 % ga ko‘paydi. Shunday bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagidan deyarli 2-3 marta kam.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini ayniqsa, jun, chorva mollari tirik vaznning o‘sishi, sut, paxta va g‘alla yetishtirishda mehnat sig‘imi sezilarli o‘sdi. Bu mahsulotlar birligiga qilingan mehnat sarfi deyarli 2 martaga ko‘paydi. Mehnat sig‘imining sezilarli o‘sishiga asosan chorva mollari mahsuldorligining va ekinlar hosildorligining pasayishi sabab bo‘ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tasniflovchi asosiy iqtisodiy kategoriyalar mehnat unumdorUgidir. U ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari orasidagi aloqani ifodalaydi. Mehnat unumdorligi, deganda aniq jonli mehnatning birlik sifatida olingan vaqtning qandaydir davrida (soat, ish kuni, smena, yil) mahsulotning malum sonini ishlab chiqishni tushuniladi.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling