Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet93/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Is (Mm Vn) Sd
Bunda Is - ishchilar soni kishi; Mm - smenada qayta ishlangan xom- ashyo yoki ishlab chiqiladigan mahsulot, kg (sht); vn - olinadigan mahsulot birligiga vaqt normasi, r / kg (r /sht); Sd - smenaning davomiyhgi, r(soat).
Shu jumladan bir smenada bitta ishchiga mahsulot ishlab chiqarish normasi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lganda quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiq:
Mm
Is=
Ijchn
Bunda Iichn- bitta ishchining bir smenada ishlab chiqarish normasi, kg, dona.
  1. misol. Tegirmonda bitta ishchi tomonidan donni qayta ishlab, yillik o‘rtacha un ishlab chiqarilishini hisoblaymiz. Ushbu tegirmonning unumdorligi 1200 kg/soat, bug‘doy unining umumiy chiqishi 70-75%, shujumladan oliy navli un 50% gacha, 1 navli un 55 % gacha.


Tegirmon yordamchi oziq-ovqat ishlab chiqarishda donni oliy va 1 navli unga qayta ishlashga mo‘ljallangan. Tegirmonni boshqarish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ikki kishi kerak bo‘ladi, umumiy zarur ishchilar soni 7 kishi.


Tegirmon ishlayotganda bitta smenada ish kunining o‘rtacha davomiyligi 8 soatdan iborat. Bitta ishchi bir yilda 300 kun ishlaydi (bayram va dam olish kunlaridan tashqari). Tegirmonning texnik unumdorligiga muvofiq o‘rtacha bir soatda un ishlab chiqarish 1,2 t.ga teng.
Bitta ishchi tomonidan donni yillik ishlab chiqish:
300x8-1,2
=411,41.
7
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillariga quyidagilar kiradi:
  • tabiiy-iqlim sharoiti;


  • yer maydonlariga ekinlami oqilona joylashtirish, lalmi va sug‘oroladigan yerdan samarali foydalanish;


  • ishlab chiqarishni jadallashtirish;


  • moddiy-texnik resurslar sifatini oshirish;


  • ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarmi joriy etish;


  • ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash;


  • kadrlar malakasini oshirish;


  • mehnatni tashkil etish va moddiy rahbatlantirishni takomillashtirish.


Qishloq xo‘jaligida mehnatning intensivligini oshirish masalasi o‘ta


muhim bo‘lib, u ushbu tarmoqning o‘ziga xosligi bilan asoslanadi:
Birinchidan, qishloq xo‘jaligi uchun mavsumiylik va iqlim sharoitiga bog‘liqlik xarakterli, fasllarda mehnatning intensivligi bir xil emas. Ish davri yil bo‘yi davom etadi, ish vaqtidan intensiv va ekstensiv foydalanish shartli, o‘zaro almashib turuvchi. Jadal mehnat davri past intensivlik bilan almashinib, ba’zan uni to‘ldirib turadi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi hozirgi paytda iqtisodiyotning xo‘jalik yuritish shakllari bo‘lgan eng ko‘p ukladli sektor. Bu mehnat intensifikatsiyasi muammosi har yerda, har xil hal qilinadi, demakdir: ayrim holatlarda stimul sifatida o‘ziga o‘zi mehnat qilinadi (fermerlik, o‘z hududida; bu yerlarda mulk egasi ko‘pincha tekinga ishlaydi) boshqa joylarda - yuqoriroq ish haqi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlash bo'yicha Rossiya jahonning rivojiangan mamlakatlaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda. Masalan, 1000 ga haydaladigan yer 10 dona traktor bilan ta’minlangan, shu vaqtning o‘zida AQSH da, bu ko‘rsatkich 36 donaga yetadi. Qishloq xo‘jaligining texnika bilan past ta’minlanganligi sabab o‘simlikchilikda 250 dan ortiq texnologik operatsiyalar qo‘lda bajariladi. Shu bilan birga mehnat sarfi amerikalik fermerlamikiga nisbatan 4 marta yuqori.
AQSH qishloq xo‘jaligida qishloq xo‘jalik mahsulotiarining o‘sishi asosan, moddiy-texnik bazani o‘stirish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, qishloq xo‘jalik mehnatini intenfikatsiyalash hisobiga yuz beradi. Ana shu asosda keyingi 20 yilda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishinmg alohida tarmoqlarida mehnat sarfi 2-3 martaga qisqardi.
Qayta ishlash tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshiruvchi omillar:
  • ITT ni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqarishga mehnat sarfining qisqarishi, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan uskunalarni eng yangi samaralirog‘i bilan almashtirish, ish vaqti yo‘qolishini qisqartirish va boshqalar.


  • korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘liqroq foyda­lanish, chunki ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishda, ish vaqtini sarflashning o‘zgaruvchan qismigina ko‘payadi, doimiysi o‘zgarishsiz qoladi. Natijada mahsulot birligini chiqarishga vaqt sarfi kamayadi.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling