Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAM Rs R ( — • R 0 Rs YAM
Mm
Ko‘rsatkich xarajat birligiga pul tushumini xarakterlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarini qoplanish darajasi 100% dan ortgandagina rentabelli bo'ladi. Ishlab chiqarish resurslaridan faydalanishning iqtisodiy samaradorligi xususiy ko‘rsatkichlari ko‘rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi. Yerdan foydalanish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari - yerdan foyda olish, yerga ishlov berishning ko‘pligi, yalpi (tovar) mahsulot ishlab chiqarish hajmi, yalpi va sof daromad, daromadlar, 1 ga yer maydoniga asosiy mahsulotlar turlari, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligidan iborat. Ishlab chiqarish fondlaridan faydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari fondlardan olinadigan foyda, fondlar sig'imi, asosiy fondlaming qoplanish muddatlari, aylanma mablag‘laming aylanuvchanlik koeffitsienti, aylanma mablag'laming ta’minlanganlik koeffitsienti, bitta aylanishning davomiyligi, materiallar sig'imi. Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorlik ko'rsatkichlari - yillik, kunlik va soatlik mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotlaming sermehnatliligi, mehnat resurslaridan foydalanish resurslari - resurslardan olingan foyda va resurslar sig‘imi: YAM Rs R(— • R0~ Rs YAM bunda, Rg - resurs salohiyati kattaligi, so‘m. Ishlab chiqarish resurslaridan foylanish samaradorligining umuinlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash ham mumkin: YAMe Irs YAMm bunda, YAMe - 1 ga qishloq xo‘jaligi ekin yeridan olingan yalpi mahsulot, so‘m. YAMm - qishloq xo‘jaligi korxonasi ishlab chiqarish salohiyatlarim aks ettiruvchi yalpi mahsulot ishlab chiqarishning me’yoriy darajasi, so‘m/ga. Yalpi mahsulotning me’yoriy darajasini xo‘jalikning ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligi hisobi bilan ko‘pgina regressiyalami tenglashtirish orqaga hisoblab chiqiladi. Resurs salohiyatlari - har bir resursning soni, sifati, ichki tuzilishi bilan belgilanadigan mehnat, tabiiy va moddiy resurslar jamlanmasi. Ishlab chiqarish salohiyati - korxonaning moddiy, mehnat va natural resurslar soni, sifati va taqqoslanishgabog‘liq holda, shuningdek, xo'jalik vazifasining ob’yektiv shartlari bilan belgilanadigan, ulaming foydalilik darajasiga bog‘liq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishdagi ob’yektiv xususiyati. Ishlab chiqarish ob’yektining hisob-kitobi korxona ushbu resurslar bilan ishlab chiqara oladigan mahsulot hajmida belgilanadi. Ishlab chiqarish salohiyatini resurs salohiyati bilan taqqoslab, resurslardan foydalanishning ob’yektiv samaradorligini tashkil etuvchi bahosini olamiz, ya’ni tabiiy-iqtisodiy omillaming mahsulot ishlab chiqarish darajasiga ta’sirini bihb olamiz. Ishlab chiqarilgan mahsulotning resurs salohiyatiga nisbati esa uning ob’yektiv va sub’yektiv tomonlarini qo‘shgan holda resurslardan foydalanishning to‘liq samarasini ifodalaydi. Joriy ishlab chiqarish xarajatlarining samaradorligi ishlab chiqarish rentabelligi darajasini, mahsulot birligining to‘Uq va ishlab chiqarish tannarxining moddiy sarf hajmini ifodalaydi. Alohida turdagi mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradoriigi ulami olish uchun sarflangan resurslar yoki xarajatlami taqqoslash bilan aniqlanadi. Uning tavsifiiomasi uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 0‘simlikchilikda tovar mahsulotlar ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, 1 s mahsulotga mehnat sarfi (mehnat sig‘imi), 1 s mahsulot tannarxi, ma’lum turdagi mahsulotni sotishdan daromad, 1 ga ekindan daromad, rentabellik darajasi, tovar bo‘lmagan ozuqalar - ozuqa ekinlarining hosildorligi, 1 ga dan chiqadigan ozuqa birligi va hazm bo‘ladigan protein, natural holdagi 1 s ozuqa, bir ozuqa birligi va 1 s hazm bo‘ladigan proteinga mehnat sarfi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari - bir bosh sigirdan sut sog‘ib olish, chorva moli va parranda tirik vazinining ortishi, bitta qo‘ydan jun qirqib olish, tovuqlaming yillik o‘rtacha tuxum qo‘yishi, sotilgan bir bosh chorva molining o‘rtacha vazni, 100 ta sigirdan olinadigan buzoq, 1 s mahsulotga ozuqa sarfi, mahsulot sotishdan daromad, 1 s mahsulot yoki bir bosh qoramoldan daromad, rentabellik darajasi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun yakuniy mahsulot birligiga xom-ashyo sarfi, qishloq xo‘jalik xom-ashyosi birligiga yakuniy mahsulotning chiqishi, mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulot birligi tannarxi, mahsulot sotishdan daromad, rentabellik darajasi kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning iqtisodiy samaradoriigi ombor sig‘imi, saqlashda mahsulotning yo‘qotilishi, mahsulot birligini saqlashga qilingan moddiy-pul mablag‘lari xarajatlari koeffitsiyentlari, saqlashdan kelgan daromad va rentabellik darajasi kabilar bilan aniqlanadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling