Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
-jadval Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (2006-2009 yillarda)
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
4.3-jadval
Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (2006-2009 yillarda)
Qishloq xo‘jaligida yer, mulk, baho, soliq, moliya, kredit islohotlari va ularning natijalari Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti agrar sohadagi iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. 0‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti Islom Karimov qishloq xo‘jaligini isloh qilishning ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda 0‘zbekistonning bozorga o‘tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini ta’minlashni, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tildashni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik”7. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida ushbu sohada katta va ahamiyath ishlar amalga oshirilmoqda. Mulkchilik munosabatlari tubdan qayta qurildi, ko‘p ukladli, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar vujudga keldi, ulaming maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning asosiy maqsadi - inson omilining roli va ahamiyatini, uning ishlab chiqarishning pirovard natijalarini yuksaltirishdan manfaatdorUgi va javobgarligini oshirishdan iborat. Iqtisodiy islohotlarning mohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish hamda haqiqiy yer, mahsulot va mulk egalarini shakllantirish; cheklangan yer-suv va boshqa moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga imkon yaratuvchi xo‘jalik yuritish tizimini joriy etish; fermer xo‘jaliklari va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizim - ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish; shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning manfaatdorligini va javobgarligini ta’minlash; sanoat va aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarning yo‘na!ishlari: Yerdan foydalanish islohoti; Suvdan foydalanish islohoti; Mulk islohoti; Moliya-kredit va soliq islohoti; Narx-navo islohoti. Yerdan foydalanish islohoti Fermer xo‘jaliklarini tashkil qilishning ilk yillarida qabul qilingan "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunga asosan "fermer xo'ialiklariga yer uchastkalarini merossa qoldirish huquqi bilan umrbod esalik qilish. kamida 10 yil muddat bilan foydalanish yoki iiarasa ver uchastkalari airatish" belgilangan bo‘lsa, 1998 yil avgust oyida qabul qilingan "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq "fuqarolarea fermer xo ‘ialiklarini yuritish uchun ver uchastkalari 50 vilsacha bo'lsan. lekin 10 yildan kam bolmaean muddatga iiarasa berilishi " ko‘zda tutildi. 2003 yillardan boshlab fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ustuvor yo‘nalish sifatida barqaror rivojlantirish jarayonlari boshlanib, yer uchastkalarini fermer xo'jaliklariga biriktirish, egalik qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘lami kengaytirildi. 2004 yil avgust oyida qabul qilingan yangi tahrirdagi "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq "fermer xo ‘ialiklari yuritish uchun ver uchastkalari tanlov asosida iiarasa 50 vilsacha bo‘lsan. lekin 30 vildan kam bo ‘Imasan muddatsa biriktirilishi " belgilandi. Yer islohoti natijasida: 2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi; xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga yer uchastkalari faqat tuman hokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo‘yildi; yer uchastkalari ijaraga 30 yildan 50 yil muddatgacha berilishi qonuniy belgilab qo‘yildi; yer uchastkalaridan foydalanish huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi; o‘z mablag‘i hisobidan yer maydonlarini o‘zlashtirishni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling