Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet50/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Birinchidan, yaratilgan mulk va yetishtirilgan mahsulotlar bevosita xo‘jalik a‘zolari, mulkdorlari tasarrufida bo‘lishi va ulami ishlab chiqarish iqtisodiy pirovard natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligi sababli, xo‘jalik yuritish faoliyatlarida bozor mexanizmlari dastaklari va fan- texnika yutuqlarini tezroq o‘rganish hamda joriy etishga majbur etadi.
Ikkinchidan, har bir a‘zo umumiy mulkda o‘z payiga ega bo‘ladi va undan mulkiy paylari asosida ixtiyoriy ravishda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Pay qanchalik katta bo‘lsa, uning egasi oladigan divident ham shunchalik katta bo‘ladi. Shuning uchun, har bir mulkdor o‘z payini ko‘paytirish bilan bir qatorda, dividend manbai hisoblanmish foydani o‘stirish maqsadida o‘zi ham tadbirkorlik bilan samarali mehnat qilishdan manfaatdor bo‘ladi.
Uchinchidan, bu shakldagi xo‘jalikda awalgi mulkka nisbatan yagona tizim saqlanib qoladi va uni tashkil etgan ichki bo‘linmalar a‘zolarini ixtiyoriy asosda faoliyat ko‘rsatadigan mustaqil va erkin xo‘jalik yuritish haq-huquqlarini yangicha ma‘noda amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Tadbirkorlik va tijorat ishlari uchun keng yo‘l ochiladi. Sanoatlashgan yangi ish joylari tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan, tayyor mahsulotlarni qadoqlaydigan, o‘raydigan uskuna-jihozlami o‘matish, mahsulotlarni saqlash va iste’molchilarga yetkazish kabi muammolami birgalikda hal etish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi.
To‘rtinchidan, payli mulkdan olinadigan foydalaming muttasil o‘sib borishi o‘z navbatida, xo‘jalik hududida markazlashgan maxsus jamg‘ar- malar, kapital sarmoyalar hisobiga quriladigan ijtimoiy soha sub‘ektlari kengayishiga, uning rivojlanishiga katta moliyaviy mablag‘lar ajratishga va shu asosda qishloqlami shahar tarzidagi darajaga ko‘tarishga sharoit tug‘diradi.
Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: a‘zolaming paybay mulklariga asoslangan xo‘jalik yuritish sub‘ektlari, deganda jismoniy va yuridik shaxslaming o‘z mulklarini o‘z huquqlari bilan birlashtirib, to‘plangan mulk asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va olingan daromadni mulkdorlaming orasida adolatli taqsimlash hamda foyda olishni nazarda tutish lozim.
Shirkat xo‘jaligi jamoa mulki shakli sifatida milliy iqtisodiyotda yakka holda faoliyat ko‘rsata olmaydi. U o‘z faoliyati davomida xususiy, jamoa mulki shakllari va davlat mulki bilan hamkorlik qiladi va turli munosabatlargakirishadi. (5.3 -jadval).



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling