Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadval Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal iste’mol normasi (1 kishi hisobiga)


Download 1.68 Mb.
bet9/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

1.2-jadval
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal iste’mol normasi (1 kishi hisobiga)




Mahsulot turlari


O‘lchov birligi


Minimal iste’mol normasi

1.

Sabzavot

kg/yil

109,2

2.

Kartoshka

kg/yil

54,6

3.

Poliz

kg/yil

19,6

4.

Meva

kg/yil

76,7

5.

Uzum

kg/yil

13,9

6.

Go'sht (so‘yilgan vaznda sub mahsulot bilan)

kg/yil

40,2

7.

Sut

kg/yil

136,7

8.

Tuxum

dona/yil


296,0

9.

Un

kg/yil

99,0

10.

0‘simlik yog‘i


kg/yil

6,6

11.

Meva-sabzavot
konservalari

kg/yil

13,0

Dehqonlarga paxta, g‘alladan tashqari boshqa mahsulotlami yetishtirish imkoni yaratildi, ularga o‘z mahsulotlarini sotishda erkinlik berildi. Tadbirkorlarga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun turli imtiyozli kreditlar berilmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan tadbirlar o‘sib borayotgan talabni to‘liq qondira olmayapti. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan barcha turdagi islohotlami erkmlashtirish, ulami yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa kelajakda qishloq xo‘jaligining yuqori sur‘atlarda rivojlanishini, respublika iqtisodiyotining yuksalishini ta’minlaydi.




  1. Qishloq xo‘jaligining tarmoq sifatida o‘ziga xos xususiyatlari

Qishloq xo‘jaligi ASM dagi eng muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, mamlakat aholisi uchun oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati uchun xom- ashyo yetkazib beradi. Uning asosiy vazifasi mamlakat aholisining oziq- ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir (1.3-jadval).


Aholi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabining deyarli % qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobidan qondiriladi. Qishloq xo‘jaligi sanoatga xom-ashyo yetkazib beruvchi yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.
1.3-jadval
Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanish darajasi (2009 yil)




Mahsulotlar turi


O‘lchov
birligi


Ichki
iste’mol
talabi


Ishlab
chiqarish


Ta‘minlanish darajasi, %

1.

Sabzavot

ming.tn

3812,4

5704,7

149,6

2.

Kartoshka

ming.tn

1761,4

1524,5

86,5

3.

Poliz

ming.ta

578,0

1071,0

185,3

4.

Meva

ming.ta

2417,0

1542,9

63,8

5.

Uzum

ming.tn

617,2

899,6

145,7

6.

Go‘sht (so‘yilgan vaznda sub mahsulot bilan)

xning.tn


1318,7

916,4

69,5

7.

Sut

ming.tn

4118,6

5779,0

140,3

8.

Tuxum

ming.dona

8214,4

2715,9

33,1

9.

Un

ming.tn

2747,4

3675,0

133,8

10.

0‘simlikyog‘i


ming.tn

222,7

236,1

106,0

11.

Meva-sabzavot
konservalari

mln sh.b.


360,8

454,3

125,9

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 50 % dm ko‘prog‘i xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Bu soha sanoatnig yengil, oziq-ovqat, omuxta em va boshqa tamioqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi.
0‘z navbatida qishloq xo‘jaligi sanoat tovarlarining yirik iste’molchisi hamdir. Sanoat qishloqni traktorlar, avtomobillar, mashinalar, asbob- uskunalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, omuxta em va boshqalar bilan ta’minlaydi. Sanoatda qilinadigan xarajatlamig qariyb 40 foizi qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga sarflanadi. Shunday ekan, sanoatning ayrim tarmoqlari rivoji qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liq va ayni vaqtda qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarining maqsadga muvofiq faohyat ko‘rsatishi ham sanoatning qay darajada rivojlanganligida namoyon bo‘ladi.
Xalq xo‘jaligining har bir tarmog‘ida ishlab chiqarish vositalaridan foydalaniladi, turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishchi-xiz- matchilardan yetarlicha malaka talab qilinadi. Xuddi shunday qishloq xo'jaligining ham o‘ziga xos xususiyatlari borki, bu tarmoqda tad- birkorlik faoliyatini olib borishda ushbu xususiyatlami hisobga olish zarur.

  1. Tarmoqda yer eng asosiy, almashtirib bo‘lmaydigan ishlab chiqarish vositasi sifotida namoyon bo‘ladi. Boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqli o‘laroq yerdan foydalanilganda u eskirmaydi, balki o‘z sifatini saqlab qoladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer resurslari o‘zining unumdorligi va joylashish o‘rniga qarab farqlanadi. Bu esa differentsial renta I mavjudligini taqozo etadi: mahsulot bozorlariga yaqin joylarda joylashgan yer maydonlari egalari qo‘shimcha daromad (foyda) olish ixnkoniyatiga ega.


  2. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish turli tuproq-iqlim sharoitlarida olib borilib, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, kimyolash- tirish va tarmoq melioratsiyasi, qishloq xo‘jalik ekinlavining navini tanlash hamda naslchilikda ham ushbu xususiyatni e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega.


  3. Bu tarmoqda olinadigan natijalar ham tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lib, ushbu omilning sanoat ishlab chiqarishiga ta’siri yo‘q.


Bundan tashqari, tabiiy-iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining joylashuvi va ixtisoslashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsaiadi. Ayrim qishloq xo‘jahgi ekinlarini faqatgina muayyan sharoitlarda yetishtirish mumkin. Ob-havoning qulay yoki noqulay kelishi ham qishloq xo‘jaligida muhim ahaxniyat kasb etadi.


Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xarakterga ega. Bunda ayniqsa, kuzgi g‘alla yetishtirishda ishlab chiqarish davri bilan ish vaqti o‘rtasidagi sezilarH farqni ko‘rish mumkin. Kuzgi g‘allani tayyorlash va ekish davri avgust, sentyabr oylaridan boshlanib, hosil kelasi yilning iyul oyidayig‘ishtirib olinadi.
Ushbu davr oralig‘ida ish vaqtida bir necha marta uzilishlar bo‘ladi: ekin maydonlarini tayyorlash, ekish, ekinlar parvarishi, hosilni yig‘ishtirib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish davri esa ekinlaming tabiiy o‘sishi va rivojlanishi sababli uzluksiz davom etadi. Mavsumiylik ishlab chiqarishni tashkil etishga, mehnat resurslari va texnikadan foydalanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining mavsumiylikxarakteri qayta ishlash sanoatida ham aks etadi. Chunki, qishloq xo‘jaligi xom- ashyosiyil davomida notekis taqsimlanadi.
  1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keyinchalik ishlab chiqarish jarayoni- da ishlab chiqarish vositasi (urug‘lik, em, organik o‘g‘itlar, yosh chorva mollariga ozuqa va boshqalar) sifatida ishlatiladi. Sanoatda esa xom- ashyo boshqa tarmoq korxonalaridan keltiriladi. Qishloq xo‘jaligida


texnologik jarayon biologik omillar va tirik organizmlarga tayansa, sanoatda kimyoviy, fizik va mexanik jarayonlar asosida amalga oshiriladi.


  1. Tannoq yuqori fond sig‘imiga ega bo‘lib, aylanma kapital sekin aylanadi, investorlar uchun ushbu holat unchalik foydali bo‘lmaganligi sababli bu tarmoqni rivojlashtirishda asosan davlatning roli muhim ahamiyat kasb etadi.


  2. Maiumki, qishloq xo‘jaligi texnikalari (traktorlar, mashinalar, kombaynlar va boshqalar) bir joy dan ikkinchi joyga ко‘chib yuradi, mehnat predmetlari (o‘simliklar) esa ma’lum bir joyda joylashgan bo‘ladi. Sanoatda aksincha, mehnat predmetlari (xom-ashyo) ko‘chib yursa, asbob-uskuna, mashina va stanoklar bir joyga o‘mafflgan.


  3. Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradi. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aynan bitta xo‘jalikda yetishtiriladi. Chunki, dehqonchilik chorva mollarini ozuqa bilan ta‘minlasa, chorvadan olingan go‘ng organik o‘g‘it sifatida xizmat qiladi.


  4. Ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bozorda raqobat muhitini shakllantiradi. Birgina tovar ishlab chiqamvchining o‘zi bozor bahosiga ta’sir ko‘rsata olmaganligi sababli, tarmoqda yakka hukmronlik kuzatilmaydi.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling