Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
3-reja bayoni. Shanxay hamkorlik tashkiloti va mintaqaviy antiterror tuzulmasi faoliyatining ahamiyati.
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor. Toshkent shahrida 2018-yil 5-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Majlisda ShHTga a’zo davlatlarning 2019-2021-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT MATT Kengashining ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashiga ShHT MATTning 2017-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti loyihalari ma’qullandi. ShHTga a’zo davlatlarning 2016-2018-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT MATT qarorlarining 2017-yildagi ijrosi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining ShHTga a’zo davlatlar hududidagi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslarni terroristik va ekstremistik tashkilotlarga jalb etishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi. Terrorizm, separatizm va ekstremizm maqsadlarida internet tarmog‘idan foydalanishni aniqlash hamda unga chek qo‘yish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining “Syamin – 2017” qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘uloti yakunlari ma’qullandi. 2018 yilda ShHTga a’zo davlatlarning qo‘shma chegara operatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. ShHTga a’zo davlatlarga xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan tahdidlar muhokama qilindi. ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ShHT MATT hamda BMT Xavfsizlik Kengashi Terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi ijrochi direktori va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar loyihalari ma’qullandi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling