Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”
- “Inson qadri uchun”
Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
BMTning 2006 yil 8 sentyabrda qabul qilingan Global aksilterror strategiyasining to‘rtta asosiy qismidan bittasi inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan. Ushbu bo‘lim “Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligini terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi sifatida ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” deb nomlanganini qayd etish lozim. Global aksilterror strategiyasida e’tirof etilganidek, terrorizmga qarshi kurashish va inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshiriladigan ta’sirchan chora-tadbirlarning biri boshqasini aslo inkor etmaydi. Aksincha, ular o‘zaro bir-birini to‘ldirib, terrorizm jabrdiydalarining huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi oltinchi ustuvor yo‘nalish “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” deb nomlangani bejiz emas. Ayniqsa, ushbu ustuvor yo‘nalishning “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmalarini shakllantirish” sarlavhali 82-maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda Taraqqiyot strategiyasi doirasida, jumladan: ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish va bunday ta’sirga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf etish; aholi, ayniqsa yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish; ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish; diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash; xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish; faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish; Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish; Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish; dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish kabi muhim masalalar doirasida izchil ishlar boshlab yuborilgan. Xalqaro konferensiyada inson huquqlari masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani, ta’bir joiz bo‘lsa, Prezident Shavkat Mirziyoevning Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyili bilan o‘zaro uyg‘un va hamohangdir. Buni anjuman doirasida “Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligi ta’minlanishi – terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi” mavzusi alohida sessiya majlisida muhokama qilinishi ko‘zda tutilayotgani ham yaqqol tasdiqlaydi. Mamlakatimiz BMTning Global aksilterror strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya hamda protokolni ratifikatsiya qilgan. Bundan tashqari, bu borada mamlakatimizda “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling