Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet56/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

3-reja bayoni. Islom huquqi manbalari. Qur'on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf.
Islom huquqining manbalarini asosan shariat, urf-odatlar va qonunlar tashkil etadi. «Shariat» so'zi arabcha «sharia», «shar'» so'zlaridan olinib, uning lug'aviy ma'nosi «suvga olib boradigan yo'l» deganidir. Shunga asosan, shariat to'g'ri yo'l, ilohiy yo'l, qonunchilik degan ma'nolarni anglatuvchi islom diniy huquq tizimidir. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qur'on asosida olib borilgan. Feodalizm rivojlanishi bilan musulmonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug'ilgan. Islom ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonunlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga asos qilinib Qur'on va sunna, keyinchalik ijm'o va qiyos olingan. Ular fiqhda shariat manbalari (usul al-fiqh) deb e'tirof etilgan. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida VI-VII asrlarda tugal shakllangan.
Qur'oni Karim Islom dinining asosiy muqaddas kitobi va shariatning eng asosiy manbayidir.
Qur'oni Karim 30 pora, 114 sura (tizma, qator), 6236 oyat (modda) dan iborat bo'lib, oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya'ni, Qur'on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo'lib, makkiy suralar deb ataladi. Ularning 19 tasi esa 622-yili yuz bergan hijratdan keyin 10 yil davomida Madinada nozil bo'lib, madiniy suralar deb qabul qilingan. Bu ikki turkum suralarning farqi shundaki, makkiy suralar asosan e'tiqod, ibodat masalalarini, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlik, ilmu tafakkurni targ'ib qilishga qaratilgan bo'lsa, madiniy suralar fiqhiy ahkom-muomalot, jinoyat va jazo, ommaviy munosabatlar, sulhu tinchlik bitimlari va musulmonlararo boshqa aloqalarga tegishlidir.
Shariatning ikkinchi manbayi - sunna (arabcha lug'aviy ifodasi -odat, an'ana, xatti-harakat tarzi) yo'1-yo'riq degan ma'noni bildiradi. Sunna Rasululloh (S.A.V.)ning so'zlari, qilmishlari, xatti-harakatlari, fe'llari (amallari), tasdiqlari, shuningdek, sahobalarning so'zlari va amallari majmuyidan iborat. Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan. Hadislar to'plamiga sunna deyiladi. Hadis arabcha rivoyat degan so'zdan olinib, islom dinida Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Hadislar Muhammad (SAV)ning hayoti, faoliyati va ko'rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Qur'on musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalarini qamrab ololmaganligi sababli VII asr oxiri – VIII asr boshida hadislar yozila boshlandi va asta-sekin tizimga solindi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida obro'li deb tanilgan hadislarning 6 ta to'plami vujudga kelgan. Bular: Muhammad Al-Buxoriyning «al-Jome' as-Sahih» kitobi, Muslim An-Nishopuriym'ng «as-Sahih» to'plami, Ibn Mojaning «Sunan» to'plami, Abu Dovud As-Sijistoniyning hadislar to'plami, Muhammad At-Termiziyning «al-Jome' al-Kabir» kitobi, An-Nisoniyning «Sunan» kitobidir. Ulardan «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko'proq e'zozlanadi. Surma va Payg'ambar hadislarini to'plab, ularni ja'liy (to'qima) hadislardan ajratib olishda vatandosh allomamiz Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-892-yillar) ulkan va unutilmas hissa qo'shib, o'zidan abadiy va barhayot asarlar qoldirgan. Ko'pgina hadislar Qur'onning turli qoidalarini tushuntirib beradi va to'ldiradi. Ular ko'plab amaliy masalalarni hal etishda muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, ular haqida Qur'onda hech narsa aytilmagan hollarda esa hadislarning ahamiyati yanada ortadi. Lekin hadislar Qur'onga zid kelib qolgan taqdirda ular manba kuchiga ega bo'lmaydi.
Vaqt o'tishi bilan musulmonlar jamoasi - ummada vujudga kelgan vaziyat va muammolarni Qur'on va sunna to'liq qamrab ololmagan. Ular musulmonlar jamoasi - ummada ro'y bergan barcha muammolar va vaziyatlarga to'liq javob bera olmay qolgan.
Shu tariqa shariatning yangi manbayiga zarurat tug'iladi va ijm'o islom huquqi (shariat)ning asosiy manbalaridan biri sifatida tasdiqlanadi. Ijm'o (arabcha - yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror, ijm'o al-umma - «diniy jamoaning yagona fikri») - Qur'on va hadislarda aniq ko'rsatma berilmagan huquqiy masalani hal etishda faqih va mujtahidlarning to'planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi)dir. Shariatda shunday yo'l bilan chiqarilgan hukm shar'iy (qonuniy) deb qabul qilingan.
Mujtahid tomonidan aytilgan fikrgina hal qiluvchi fikr hisoblanadi. Oddiy musulmonlar fikrining esa ijm'oga hech qanday aloqasi yo'q. Mujtahid deb diniy olimga aytiladi. Mujtahid (arabcha - intiluvchi, g'ayrat qiluvchi) - o'rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo'lgan, ya'ni mustaqil ravishda diniy aqidaviy masalalar bo'yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs.
Qiyos - fiqhning to'rtinchi manbayi. Qiyos arabcha so'zdan olingan bo'lib, «taqqoslash», «solishtirish» degan ma'noni anglatadi. Bunga ko'ra, biror huquqiy masala o'ziga o'xshash ikkinchi huquqiy masala bilan taqqoslanadi, solishtiriladi va ular bir-biriga tenglashtiriladi. Demak, bunga binoan Qur'on va Sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga o'xshash masala bo'yicha berilgan ko'rsat-maga taqqoslash yo'li bilan sharhlanadi. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatning turli huquqiy masalalarga tadbiq etilishiga imkon yaratadi.
Qiyosning fiqhning to'rtinchi klassik manbayi sifatida e'tirof etilishi hadisga borib taqaladi. Unda hikoya qilinishicha, Rasululloh (S.A.V.) bir kuni o'z sahobalaridan biri Muoz ibni Jabal raziyallohu anhuni Yamanga dindan ta'lim berishga yuborayotganida uning odil sudlovni amalga oshirishida nimalarga tayanishini so'raydi. U quyidagicha javob beradi: «Allohning kitobi bilan. Agar undan topmasam, Alloh rasulining sunnati bilan. Agar undan ham topmasam, ijtihod qilaman va ijtihodda nuqsonga yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman»'. Rasululloh (S.A.V.) bunday fikrni ma'qullagan ekanlar. Ijtihod arabcha «intilish», «g'ayrat qilish» so'zlaridan olingan bo'lib, diniy va huquqiy masalalar bo'yicha mustaqil fikr yuritish prinsipidir. O'rta asrlarda faqat yirik musulmon faqihlari va ilohiyotchilari - mujtahidlar ijtihod huquqiga ega edilar.
Shariat musulmon huquqining asosiy manbayi bo'lsa, Islom huquqining qo‘shimcha manbalari bu – urf-odat, istehson, masolihul mursalalar islom huquqi birlamchi manbalarining hosilasi, ularni to‘ldiruvchi manbalar bo‘lib, ularga birlamchi manbalarda masalaning echimiga oid qoida bo‘lmaganda ehtiyoj tug‘iladi. Qo‘shimcha manbalar yordamida masalani hal etish echimi qoidasi birlamchi manbalar echimiga zid bo‘lmasligi, ularning umumiy qoidalari, printsiplari doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Aks holda bunday echim, masalani hal etish yo‘li noqonuniy bo‘lib, yuridik kuchga ega emas. Ko‘shimcha manbalardan huquq manbai sifatida to‘liq hammasidan foydalanishda huquq mazhablari o‘rtasida yakdillik yo‘q. Birlamchi manbalarda masalani hal etish qoidasi bo‘lmaganda uni hal etishning yo‘llaridan biri sifatida istehsondan foydalaniladi. Fiqhiy masalalarni istehsondan foydalanish yo‘li bilan hal etish ilk bor Abu Hanifa tomonidan qo‘llanilgan. Istehson hanafiylar mazhabi vakillari tomonidan qiyosdan foydalanish yo‘li bilan qabul qilingan qaror maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki musulmon jamoasi manfaatiga zid bo‘lsa, masalani hal etishning bir yo‘li sifatida qaralgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling