Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet57/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

Istehson so‘zi arab tilida bir narsani boshqasidan yaxshi deb bilish, yaxshilash, ma’qullash ma’nolarini anglatadi. Fiqhda istehson “Usuliylar istilohida esa, dalil asosida xafiy qiyosni, jaliy qiyosdan ustun qo‘yish yoki juziy hukmni kulliy asldan yohud umumiy qoidadan ushbuni taqozo qilgan xos dalilga asosan istisno qilishdir”1. Oddiyroq tushuntiriladigan bo‘lsa, istehson – bu masalani hal qilishning ikki yo‘lidan qaysi biri musulmon jamoasi manfaatiga foydaliroq bo‘lsa o‘shanisini tanlab masalani hal etish. Masalan: islom huquqi bo‘yicha go‘shti harom bo‘lgan jonzotlarning so‘lagi tekkan narsa harom. Lekin bu umumiy qoidadan go‘shti harom qushlar (qirg‘iy, kalxat va boshqa) istisno qilingan. Chunki ular narsalarga tili bilan emas, balki tumshug‘i bilan tegadi, suvni tumshug‘i bilan ichadi. Ushbu qushlarning tumshug‘i suyakdan iborat, unda so‘lak yo‘q. Shuning uchun mazkur qushlarning tumshug‘i tekkan narsalar – suv, meva-cheva, va boshqalar halol hisoblanadi. Yana boshqa bir misol, umumiy qoida bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi uni tuzish paytida mavjud bo‘lgan tovar, mahsulot borasida tuzilishi mumkin. Lekin ayrim hollarda hali mavjud bo‘lmagan dehqonchilik mahsulotlari, zargarlik va duradgorlik buyumlari bo‘yicha shartnoma tuzib, buyum, yoki tovar yohud mahsulotning pulini oldindan to‘lashga ruxsat etiladi. Istehsondan huquqiy masalalarni hal etishda foydalanish borasida huquq mazhablari vakillarining fikri bir xil emas. Hanafiy mazhabi vakillari istehsondan foydalanishni ma’qullaydi. Shofe’iy mazhabi vakillari istehsondan foydalanishga qarshi.
Islom huquqining qo‘shimcha manbalaridan biri Maslahatul mursaladir. “Maslahat” arab tilidagi so‘z bo‘lib, ”Manfaat”, ”Foyda”, “Naf” ma’nolarini anglatadi. “Mursala” so‘zi “qo‘yib yuborilgan” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni “qilish yoki qilinmaslik xaqida qayd kelmagan”, “tek qo‘yilgan” degan ma’no bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, “Maslahatul mursala”ning lug‘aviy ma’nosi “qaydlanmagan”, “erkin manfaat” degani ekanini bilib olamiz2. “Maslahatul mursala” usul ulamolari nazdida, shunday bir maslahatki, shori’ unga asosan hukm ham mashru’ qilmagan, biror shar’iy dalil kelib, uni e’tiborga olganini ham, e’tiborga olishni bekor qilganini ham isbotlamagan3. Fiqh ulamolarining fikricha, “Maslahatul mursala” shariatning tasarrufotlari va maqsadlariga muvofiq kelgan bir sifat bo‘lib, uni qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida shariatda muayyan bir dalil kelmagan narsadir4. Yuqoridagilardan kelib chiqib – bu fiqhning birlamchi manbalarida amalga oshirish mumkin yoki mumkin emasligi aniq belgilangan harakat yoki harakatsizlikni sodir etish, faoliyatni amalga oshirish, shuni qilish haqida kelishish, qarorga kelishdir. Bu fiqh manbalari qoidalariga zid bo‘lmasligi, undan musulmon jamoasi manfaatdor bo‘lishi kerak. Masalan Qur’oni karimni kitob holatiga keltirish haqida uning o‘zida hech nima deyilmagan, bu haqda Muhammad (s.a.v) payg‘ambarimiz hech nima demaganlar, uni kitob holatiga keltirish taqiqlanmagan ham. Payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v) vafotlaridan so‘ng sahobalar Qur’oni karimni kitob holatiga keltirish maqsadga muvofiqligini yoqlab chiqishgan. Bu taklif inobatga olinib, Qur’oni karim xalifa Abu Bakr ko‘rsatmasiga binoan kitob holatiga keltirilgan. Shuningdek qamoqxonalar va (alohida sohalarni boshqaruvchi organlar)ni tashkil qilish va ularning vazifalarni, faoliyatini amalga oshirish yo‘llari va tartibi, oltin va kumush tangalar zarb etish, bosib olingan dehqonchilikka yaroqli erlarni egasida qoldirib, ulardan soliq undirish haqida islom huquqi manbalarida hech qanday qoida yo‘q edi, bunday ishlarni amalga oshirish taqiqlanmagan ham edi, keyinchalik hayot taqazosi tufayli mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar ishlab chiqildi. “Maslahatul mursala”ni fiqhning manbai sifatida e’tirof etish uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. “Maslahatul mursala” yo‘li bilan qabul qilingan qarorning bekor qilinmaganligi haqida aniq dalil bo‘lishi;

  2. Echim jamiyat uchun foydali bo‘lishi;

  3. “Maslahatul mursala” yo‘li bilan qabul qilingan qaror nufuzli, soha bilimdonlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;

  4. Qur’oni karim oyatlariga, hadislarga va qat’iy dalillarga zid bo‘lmasligi shart.

Urf – bu an’ana sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib - qoida; odat, rasm, tamoyil. Islom ulamolari fikriga ko‘ra, “urf” deb kishilar o‘rganib, odatlanib qolgan ishlarga, so‘zlarga aytiladi. Urf odat deb ham yuritiladi. Boshqa bir fikr bo‘yicha, “urf” odamlar o‘rganib qolgan ya’ni odamlarga tanish bo‘lib qolgan ish yoki so‘z bo‘lib jamiyatda mashhur bo‘lgan narsadir. Shariatda urfning ikki turi bor: sahih urf va fosid urf. Sahih urf – bu fiqhning asosiy manbalariga zid bo‘lmagan musulmon jamoasi uchun foydali bo‘lgan, yaxshilikka olib keluvchi, haromni halol, halolni harom qilmaydigan urfdir. Masalan mahrning bir qismini olmagan ayolning erining uyiga bormasligi mumkinligi, unashtirilgan kelinga hayitlik berish. Fosid urf – bu shariatga zid, musulmon jamoasi manfaatlariga mos kelmaydigan halolni harom, haromni halol qiladigan, oqibati yaxshilik bilan tugamaydigan urf. Masalan, dabdabali to‘ylar qilish. Umumiy qoidaga ko‘ra urf o‘zi mustaqil manba hisoblanmaydi. Odatda urf maslahatul mursala yordamida masalani hal etishda yordamchi manba sifatida xizmat qiladi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling